Mil. avv. 329-yil
da yunon-
makedon qo‘shinlari Maroqandani egalladilar. Ularga
qarshi qo‘zg‘olonga Spitaman boshchilik qildi. Ancha qo‘shin to‘plagan Spitamаn
Maroqandani qamal qildi. Aleksandr qamalda qolganlarga yordamga uch mingga
yaqin
jangchidan ibora
t qo‘shin jo‘natadi. Qadimda «Politimet»
deb atalgan Zarafshon
daryosi
bo‘yida
makedonlarga pistirma
qo‘ygan
Spitaman dushman guruhini tamomila qirib
tashlaydi. Shunda Aleksandrning
o‘zi
qo‘zg‘olonni
bostirishga otlanadi.
Yunonlarning kata kuchlari yaqinlashib kelayotganidan xabar topgan Spitaman
qamalni
to‘xtatadi va
o‘z
qo‘shinlarini
sahro sari boshlab ketadi.
2.
Ma’buda
Artemida ibodatxonasi haqida
ma’lumot
bering
Ma’buda
Artemida ibodatxonasi.
Ma’buda
Artemida
sharafiga Efes
shahrida (bu shahar hozir Turkiya hududida joylashgan)
ko‘rganlarni
lol
qoldiradigan ibodatxona qurilgan. Afsonalarga
ko‘ra,
Artemida Zevsning qizi
bo‘lgan.
U hosildorlik, ov, Oy ma’budasi edi. Ayni paytda hayvonlar homiysi,
shuningdek, ayollar madadkori ham bo‘lgan. Artemida iboda
txonasinmg
tomini
qoyatoshlardan ishlangan 18 metrli ustunlar suyab turgan. Ibodatxona ichida yunon
rassom- larining ajoyib asarlari joylash-
tirilgan. Bu mo‘jizaviy ibodatxona 100 yil
saqlanib turgan.
3.
Abu Ali ibn Sino hayoti va faoliyati.
Abu Ali ibn Sino
olim, faylasuf. 980-yilning 18-iyunida Buxoro yaqinidagi Afshona
qishlog‘ida
tug‘ilgan
va 1037-yilning 16-avgustida Hamadonda vafot etgan.
G‘arbda
Avitsenna (ingl. Avicenna) ismi bilan mashhur.
Ibn Sinoning tib ilmida yuksak mahoratga erishishida buxorolik boshqa bir
tabib Abu Mansur alhasan ibn Nuh al-
Qumriyning xizmati katta bo‘ldi. Ibn Sino
undan tabobat ilmini olib, bu ilmning ko‘p sirlarini o‘rgangan. Qumriy bu davrda
ancha keksayib qolgan
bo‘lib,
999 yilda vafot etdi.
Ibn Sino 17 yoshdayoq, Buxoro xalqi orasida mohir tabib sifatida tanildi.
O‘sha
kezlarda hukmdor
Nuh ibn Mansur betob
bo‘lib,
saroy tabiblari uni
davolashdan ojiz edilar. Dovrug‘i butun shaharga yoyilgan yosh tabibni amirni
davolash uchun saroyga taklif qiladilar. Uning muolajasidan bemor tezda sog‘ayib,
oyoqqa turadi. Evaziga Ibn Sino saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatiga ega
bo‘1adi.
Somoniylarning kutubxonasi
o‘sha
davrda butun
O‘rta
va Yaqin Sharqdagi
eng katta va boy kutubxonalardan sanalardi. Ibn Sino bir necha yil davomida shu
kutubxonada kechayu kunduz mutolaa bilan mashg‘ul bo‘lib, o‘z
davrining eng
o‘qimishli, bilim doirasi keng kis
hilaridan biriga aylandi va shu paytdan boshlab
o‘rta
asr falsafasini musta-qil
o‘rganishga
kirishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: