O’zbеkiston Rеspublikasi Soqliqni Saqlash Vazirligi Toshkеnt farmatsеvtika instituti Farmakognoziya kafеdrasi



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/192
Sana23.04.2022
Hajmi3,11 Mb.
#575408
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   192
Bog'liq
mfo\'m

Tarixiylik va zamonaviylik. 
Dasturda fan rivojlanishining xususiyatlari, hissa 
qo‘shgan olimlar, tarixiy shaxslar faoliyati ham aks ettirilishi, hozirgi rivojlanishi 
darajasiga muvofiq bilim berishni ko‘zlagan bo‘lishi zarur. 
Gumanitarizm va milliylik. 
Dastur insonparvarlik, xalqparvarlik, ezgulik 
g‘oyalarini ustun qo‘yib, milliy g‘urur, milliy qadriyatlarni hisobga olish, ularga 
amal qilishni tartib qilish, mamlakatning rivojlanishini ilmiy asoslangan holda 
bayon qilishni ko‘zda tutishi kerak. 
Izchillik va nazariya bilan amaliyot birligini ta'minlash. 
Dastur aniq mazmun 
va mantiqiy qoidalarni o‘zida aks ettirishi, umumiy o‘rta ta'lim va oliy ta'limga 
taalluqli 
mutanosib 
fan 
dasturlari 
bilan 
muvofiqlashtiiish, qo‘yilgan 
mavzularning mantiqiy izchilligini ta'minlash, fanni hayot bilan, nazariyani 
amaliyot bilan uzviy bog‘laydigan uslubiyotga rioya qilishi zarur. 
Xalqaro standart va raqobatbardoshlik. 
Rivojlangan xorijiy davlatlarda 
o‘rganilayotgan ana shu fan bo‘yicha amalda bo‘lgan o‘quv dasturlari bilan 
taqqoslash, munozara qilish, tajriba almashish asosida, rivojlanayotgan 
mamlakatlarga nisbatan ilg‘orlikni ta'minlashga qaratilishi zarur. 
Dasturda fanning nomi.
Mohiyatidan kelib chiqqan holda hamda davlat ta'lim stan-dartlariga, mehnat 
bozori talabiga muvofiq ravishda fanni o‘qitishdan asosiy maqsad, shu fan 
o‘quvchi, talabalarda qanday bilim va ko‘nikma shakllantirishi ko‘rsatiladi. 
Dasturlar ikki: namunaviy va ishchi o‘quv dasturlariga ajratiladi. 
Namunaviy o‘quv
dasturi fanni o‘rganishdan qo‘yilgan maqsad, fanning 
asosiy mazmuni, bajaradigan vazifalarini ifodalaydi. Namunaviy o‘quv dasturi 
tarkibiy jihatdan o‘z ichiga: kirish, asosiy qism: ma'ruza, seminar, tajriba darslari va 
mustaqil ish uchun ko‘rsatmalar, kurs ishlari bo‘yicha ko‘rsatmalar, tavsiya etiladigan 
adabiyotlar ro‘yxatini oladi. 


47 
Namunaviy dastur davlat ta'lim standartlariga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda 
yoki o‘zga hollarda 3 yilda bir marta qayta ishlab chiqilishi va qabul qilingan tartibga 
asosan qayta ekspertiza va tas-diqdan o‘tishi zarur. 
Namunaviy o‘quv dasturi tasdiqlangan va ro‘yxatga olingan kundan boshlab 
amalga kiritiladi. 
Namunaviy dastur asosida ishchi o‘quv dasturi ishlab chiqiladi. 
Ishchi o‘quv dasturida namunaviy dasturdan farqli ravishda fan bo‘yicha 
mavzular rejasi qismida mavzular nomi, ajratilgan jami soatlar, darso‘tish, 
mashg‘ulot turlari: ma'ruza (nazariy), seminar (amaliy mashg‘ulot), mustaqil ishga 
ajratilgan soatlar jadval tarzida keltiriladi. 
Ma'ruza mashg‘uloti hamda seminar mashg‘uloti mavzularida har bir mavzuda 
o‘rganilishi zarur bo‘lgan mavzuning o‘quv maqsadidan kelib chiqib, qisqacha 
mazmuni beriladi. Mavzuni o‘'rganish va o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan 
adabiyotlar ro‘yxati raqamlarda ifodalanadi. 
Shu fanni o‘qitish bo‘yicha lozim bo‘lgan o‘quv vositalari, ko‘rgazmali 
namoyish materiallari, o‘quv filmlari va boshqa didaktik materiallar ro‘yxati 
keltiriladi. 
Dasturning «o‘zlashtirishni nazorat qilish» qismida, fanni o‘zlashtirish 
bo‘yicha baholash metodlari va shakllari ko‘rsatiladi. 
«Foydalanilgan adabiyotlar» qismida o‘quvchi-talabalar tomonidan fanni 
o‘iganish va o‘zlashtirish uchun lozim bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxati beriladi. 
Ishchi o‘quv dasturiga muvofiq ravishda mashg‘ulot(seminar darslari) rejasi, 
mustaqil ishlar va o‘quv kompleksi tarkibiga kiruv-chi boshqa ishlar ishlab chiqiladi. 
Fanning har bir mavzusi bo‘yicha qo‘yilgan maqsad, mavzuning xususiyatidan 
kelib chiqqan holda dars o‘tish metodini o‘qituvchining o‘zi tanlaydi. 
Shunday qilib, har bir fan bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua ishlab chiqiladi. 

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish