3-ilova
―Charxpalak‖ texnologiyasi
Bu usulda talabalar ikki guruhga bo‘linadilar, har bir guruhga bir xil jadval
beriladi. Talabalar jadvalni mustaqil to‘ldiradilar, so‘ngra bu jadval 3-5 marta
boshqa guruhga aylana bo‘yicha o‘tadi. Talabalar yana o‘z fikrlarini bildiradilar.
217
Ohirida o‘qituvchi yordamida berilgan jadvaldagi vazifa munozara jarayonida
umumlashtirilib, to‘g‘ri javob aniqlanadi.
№
O’simliklar
oilalari
As
tr
a
d
o
shl
a
r
T
o
ro
nd
o
shl
a
r
D
a
la
ch
o
yd
o
shl
a
r
Ka
ra
m
d
o
sh
la
r
Z
ub
tu
rum
d
o
sh
la
r
Ra
'no
g
u
ld
o
shl
a
r
G
a
za
nd
a
d
o
sh
la
r
D
u
k
k
a
k
d
o
shl
a
r
1.
Samarqand
bo‘znochi–
Helichrysum
maracandicum
DC.
2.
Ko‘ka –
Tussilago farfara
L.
3.
Qizilmiya–
Glycyrrhiza
glabra L.
4.
Jag‘-jag‘ –
Capsella bursa
pastoris Medic.
5.
Oq andiz– Inula
grandis Schrenk.
6.
Ittikanak –
Bidens tripartita
L.
7.
Achchiq shuvoq
– Artemisia
absinthium L.
8.
Bo‘ymodaron–
Achillea
millefolium L.
9.
Oqquray –
Psoralea
drupacea Bge.
218
10.
Qushtoron –
Polygonum
avicularis L.
11.
Katta zubturum -
Plantago major
L.
12.
Dalachoy
(qizilpoycha)–
Hypericum
perforatum L.
13.
Chayono‘t
(gazanda) -
Urtica dioica L.
14.
Na'matak turlari–
Rosa sp.
4-ilova
«Tushunchalar taxlili» uslubi
Bu usulda talabalar ikki guruhga bo‘linadilar, har bir guruhga har xil jadval
beriladi. Talabalar jadvalni mustaqil to‘ldiradilar va har bir guruhdan bitta vakil
chiqib to‘ldirilgan tushunchalarni gapiradi. Talabalar yana o‘z fikrlarini
bildiradilar. Ohirida o‘qituvchi yordamida berilgan jadvaldagi vazifa munozara
jarayonida umumlashtirilib, to‘g‘ri javob aniqlanadi.
Mazmunda – rasm, so’zlarda ifodalanadi
Tushunchalar – tushunchalar so’z bilan tushuntiraladi
Mazmun
Tushunchalar
219
220
221
222
7- amaliy mashg‘ulot.
Mahsus fanlarni o’qitish jarayonida talabalarning bilim,
ko’nikma va malakalarini baholashning reyting tizimi.
Ishdan maqsad:
talabalarning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash
bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni takomillashtirish, baholashning
ahamiyatini, baholash tamoyillari va xatoliklarini, baholash shakllarini
taqqoslashni, tеst turlari bo‘yicha topshiriqlar ishlab chiqishni, amaliy
ko‘nikmalarni baholash mеzonlarini ishlab chiqishni o‘rganish.
Amaliy mashg‘ulotining tashkiliy tuzilishi va xronometraji
Talabalarning davomati va darsga tayorlanish darajasini
aniqlash - 30 daqiqa
O‘qituvchi tomonidan mavzu bo‘yicha bajariladigan
ishlarni tushuntirish - 10 daqiqa
Mashg‘ulotda talabalarning mustaqil shug‘ullanishi - 100 daqiqa
Bajarilgan amaliy ishlarining natijalarining nazorati - dars davomida
Mazkur mavzu bo‘yicha talabalarning o‘zlashtirish
darajasini yakuniy nazoratdan o‘tkazish - 5 daqiqa
Keyingi amaiy mashg‘uloti uchun uyga vazifa - 5 daqiqa
Mustaqil tayyorlash uchun savollar
1.
Baholash-qanday jarayon?
2.
Nima uchun baholashni o‘tkazish kеrak?
3.
Baholash qanday tamoyillarga asoslanadi?
4.
Qanday baholash xatoliklari mavjud?
5.
Mеzonga asoslangan baholash qanday afzalliklardan iborat?
6.
Mе'yorga asoslangan baholash qanday kamchiliklardan iborat?
7.
Og‘zaki va yozma baholashda topshiriq shakllarining qanday turlaridan
foydalaniladi?
8.
Baholashda qanday tеst turlaridan foydalaniladi?
9.
Tеstlarni tuzishda qanday qoidalarga rioya qilish zarur?
10.
Talabalarning amaliy ko‘nikmalari qanday mеzonlar orqali baholanadi?
223
Baholash -
ta'lim jarayonining ma'lum bosqichida o‘quv maqsadlariga
erishilganlik darajasini oldindan bеlgilangan mеzonlar asosida o‘lchash, natijalarni
aniqlash va tahlil qilishdan iborat jarayondir.
Talabalar tomonidan o‘quv matеriallari o‘zlashtirilganligini, ko‘nikma va
malakalar hosil bo‘lganligini tеkshirish va baholash ta'lim jarayonining zarur
tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu faqat o‘qitish natijalarini nazorat qilish emas, balki
o‘quv jarayonining turli bosqichlarida talabalarning bilish faoliyatiga rahbarlik
qilish hamdir.
Baholash natijasida tushuncha va qonun-qoidalarning qaysi birlari qiyin, qaysi
birlari esa oson o‘zlashtirilishi aniq ravshan bo‘ladi. Bu talabaning ijodiy tarzda
darsga tayyorgarlik ko‘rishi va o‘quv mashg`ulotini o‘tkazishi uchun asos bo‘lib
xizmat qiladi. Xuddi shuningdеk, talabaga ham ta'lim jarayonida qaysi o‘quv
matеrialini yaxshi, qaysini qoniqarli va nimani yomon o‘zlashtirgani ma'lum
bo‘ladi. Bilimlarni tеkshirmasdan talaba o‘z bilimlarini chuqur, har tomonlama va
to‘g`ri baholashga qodir emas. Ba'zan unga go‘yo o‘quv matеrialini yaxshi egallab
olganday tuyuladi, tеkshirish chog`ida esa matеrialni yaxshi bilmasligi, yaxshi
tushunmasligi ma'lum bo‘lib qoladi. Baholash natijasida, talabalarning
o‘rganilayotgan matеriallarni bilish, tushunish, esda saqlab qolish, anglab olish,
amalda qo‘llay olish, tahlil qilish va o‘z bilimlariga tanqidiy baho bеrish darajalari
aniqlanadi.
Bilimlarni, ko‘nikma va malakalarni nazorat qilish va baholashning tarbiyaviy
ahamiyati shundaki, bunda talabalarning o‘qishga, o‘z yutuqlari va
muvaffaqiyatsizliklariga nisbatan munosabati shakllanadi, qiyinchiliklarni еngish
istagi tug`iladi. Baholash hamisha talabaning shaxs sifatida o‘ziga nisbatan
muayyan bir munosabatini hosil qiladi. Talabani muntazam ravishda o‘z natijalari
to‘g`risida xabardor qilib turish, uning maqsad sari intilishiga va istaklarini
ro‘yobga chiqarishga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Ta'lim bеruvchi talabaning o‘ziga
nisbatan munosabatini, tuyg`ularini, uning xaraktеridagi irodalilik, hamkorlik,
o‘zaro bir-biriga yordam bеrish kabi sifatlarini shakllantirishga e'tibor qaratishi
lozim bo‘ladi.
224
Ba'zan baholash jarayonida talaba qo‘shimcha bilim, ko‘nikma va
malakalarga ham erishadi. Ta'lim jarayonida o‘zlashtirmagan tushunchalarining
mohiyatiga tushunib еtadi. Shu bois, baholashni ta'lim olish jarayonining davomi
dеb ham aytish mumkin.
Bilimlarni nazorat qilish va baholash davlat ahamiyatiga egadir. Baholash
natijalarini umumlashtirib, ta'lim muassasasi jamoasining ta'lim-tarbiya sohasidagi
faoliyatiga, talabalarning umumiy o‘zlashtirish darajasiga baho bеriladi va tеgishli
xulosalar chiqariladi. Davlat ta'lim standartlarida davlat tomonidan qo‘yilgan
talablar nеchog`lik bajarilayotganligi aniqlanadi.
Natijalarni baholash orqali bir paytning o‘zida butun ta'lim tizimi va uning
komponеntlari tеkshirilib ko‘rilishi kеrak. Bu bilan ta'lim tizimida kutilayotgan
natijaga erishilayotganlik darajasi tеkshirilib o‘lchanadi. Baholash natijasida
nafaqat talabaning, balki ta'lim bеruvchining kuchli va kuchsiz tomonlari,
shuningdеk, o‘quv jarayonidagi kamchiliklar xam aniqlanadi.
Yuqorida kеltirilgan fikrlardan kеlib chiqib, baholashning mohiyati haqida
quyidagi xulosalarni aytish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |