61
MISSIONERLIK VA PROZELITIZMNING MA’NAVIY BARQARORLIKKA
TAHDIDI
Husniddin O’sarov
NavDPI katta o’qituvchisi
O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng barcha sohalarda
bo’lgani kabi shaxsning e’tiqod erkinligi sohasida ham bir qator huquqiy kafolatlar yaratildi.
Xususan, yurtimizda shaxsning bunday huquqi Konstitutsiya darajasida mustahkamlandi.
Binobarin, Konstitutsiyamizning 31-moddasida hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanishi,
har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga
egaligi va diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmasligi belgilab qo’yildi.
Xo’sh, missionerlik o’zi nima? Missionerlik lotin tilidan “missio”, ya’ni “jo’natish”,
“topshiriq” so’zidan olingan bo’lib, diniy tashkilot shakllaridan biridir. Uning maqsadi hech
qaysi dinga e’tiqod qilmaydiganlar yoki boshqa dinlarga mansub shaxslarni muayyan dinga
kiritishdir. Aslida esa missionerlar muayyan ijtimoiy guruhning siyosiy maqsadlarini amalga
oshirishni o’z oldilariga vazifa sifatida qo’yadilar.
Missionerlik faoliyati boshqa davlatlarda amalga oshirilishi bilan ta’riflanadigan “tashqi”
missiya hamda dinsiz va boshqa dinga mansub shaxslar orasida davlatning o’z hududida
amalga oshirilishini nazarda tutuvchi “ichki” missiyaga bo’linadi.
Tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak, missionerlik faoliyati turli dinlarga mansub guruh va
jamoalar faoliyatida kuzatilganligini ko’rish mumkin. Masalan, buddizmda missionerlik
ko’plab hollarda sayyor monaxlar tomonidan amalga oshirilib, miloddan avvalgi III asrdan
boshlab tarqalgan. Xristian missionerligi milodiy IV asrda paydo bo’lib, XIII-XIV asrlarda u
Hindiston, Xitoy va YAponiyagacha kirib kelgan.
Katoliklar cherkovining missionerligi ispan va portugal mustamlaka
imperiyalar vujudga
kelishidan keyin o’z faoliyatini kuchaytirgan (XV-XVI asrlar).
AQSHda missionerlik tashkilotlari XIX asr boshida paydo bo’lgan. Imperialistik davlatlar
jahonni bo’lib olish uchun kurash olib borgan davrni o’z ichiga olgan XIX asrning oxirgi
uchdan birida missionerlik faollashgan.
Missionerlik faoliyatining eng cho’qqisi bu prozelitizm. Prozelitizm – bu to’g’ridan-to’g’ri
biron bir dinga ishongan fuqaroni majburan o’z dinidan voz kechtirish va o’zga dinni qabul
qilishga majbur qilishdan iborat.
Prozelitizm illatining ba’zi bir noxush natijalarini keltirish mumkin: Misol uchun, bir
qancha vaqt islom dinida yurib, keyinchalik boshqa dinni qabul qilgan kishilar vafot etganda,
jasadlarini musulmon qabrlariga qo’yish muammo tug’diradi. Sababi, mayitning musulmon
ota-onalari o’z farzandlarini noislomiy din vakillarining mozoriga dafn etishni xohlamaydilar.
Musulmonlar esa, noislomiy din vakilining jasadini o’z musulmon birodarlari yotgan joyga
dafn etishni istamaydilar. Natijada kelishmovchiliklar kelib chiqadi.
Missionerlik faoliyati bir nechta maqsadni ko’zlab amalga oshirilishi mumkin. Masalan,
- boshqa xalq vakillarini o’z diniga kiritish. Ushbu g’oya orqali o’zga dinlarga e’tiqod
qiluvchi shaxslarni iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy jihatdan g’arb davlatlari ta’sir
doirasiga
tushirib olish;
- ma’lum xalqlar o’rtasida o’z e’tiqodiga nisbatan shubha paydo qilish va asta-sekin
ishonch – e’tiqodidan voz kechishga olib kelish va shu orqali o’zlarining saflarini yanada
kengaytirib borish va boshq.
Ushbu maqsadlariga erishish uchun missionerlar barcha uslub va metodlarni qo’llashga
tayyor bo’ladilar. Jumladan, ular ataylab ayrim jismoniy xastalik (nogironlik) oqibatida og’ir
62
ruhiy holatga tushib qolgan va hayotda biroz moddiy qiyinchiliklarga uchrab turgan
shaxslarni topib olib, ularga turli shakldagi moddiy yordamlar ko’rsatadilar. Ularning
ko’nglini har tomonlama olishga urinadilar. Bunday “sa’y-harakat”lari
bilan ular mahalliy
aholi o’rtasida o’zlari haqida ijobiy fikr uyg’otadilar.
SHuningdek, mahalliy xalq o’rtasida ularning ona tilida chop etilgan ancha chiroyli,
rangli-bezakli muqovadagi kitob va jurnallarni bepul tarqatib, ularda bosilgan maqola –
materiallarda tub aholiga mutlaqo yot bo’lgan o’zga dinlar g’oyalarini targ’ib qiladilar.
Missonerlar boshqa dinlarga kirishga chaqiruvchi lavhalar aks etgan video-audio kassetalarni
aholiga bepul tarqatadilar.
Bundan tashqari, ular turli san’at asarlari ko’rgazmalarini, sport o’yinlari musobaqalarini
tashkil etish va ushbu tadbirlar ishtirokchilariga qimmatbaho sovg’alar ulashish,
ayrim
tibbiyot va ta’lim-tarbiya muassasalariga malakali mutaxassis kadrlarni “ish”ga yuborish,
yakka-yolg’iz va o’zgalar yordamiga muhtoj bo’lgan shaxslarga ko’ngilochar maktublar
yo’llash, yoshlar tashkilotlari bilan o’zaro “hamkorlik” o’rnatish, kompyuter yoki chet
tillarini o’rgatish klublarini tashkil etish, o’z saflariga qo’shilganlarni tez-tez moddiy
rag’batlantirib turish va xorijiy mamlakatlarga o’qish yoki malaka oshirish safariga yuborish
hamda ishga joylashishga ko’maklashadilar.
Biroq, ularning bunday harakatlari milliy ma’naviy barqarorlikka tahdid soladi. Bordi-yu
missionerlar yuqorida ko’rsatib o’tilgan maqsadlariga erishadigan bo’lsalar,
mamlakatda
xalqning parokandalikka yuz tutishi va ma’naviy tanazzulning kelib chiqishi tayin.
Chunki, din – bu milliy ma’naviyatning tarkibiy qismi, millatni birlashtirib turuvchi
muhim omillardan biri hisoblanadi. Missionerlik aynan shunday diniy qarashlarga o’z
ta’sirini o’tkazib xalqning barqarorligini buzadi.
Missionerlik insonning konstitutsiyaviy huquqi bo’lmish fikrlash va vijdon erkinligiga
qarshi chiqar ekan, uning oldini olishga qaratilgan harakatlarni davlat tomonidan olib
borilishi taqozo etiladi. Bu borada Adliya vazirligi tomonidan quyidagi uch yo’nalishda ishlar
olib borilmoqda:
- adliya organlari tomonidan diniy tashkilot davlat ro’yxatidan o’tkazilayotganda,
uning
ustav (nizom)i qoidalari O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari talabiga
muvofiqligi nuqtai nazaridan ekspertiza qilinadi. Ekspertiza natijasi bo’yicha qonun
hujjatlariga zid, shu jumladan missionerlik va prozelitizmni targ’ib qiluvchi qoidalar
aniqlanganda, mazkur diniy tashkilotning ustavi ro’yxatga olinmaydi;
- adliya organlari diniy tashkilot xodimlari bilan tushuntirish ishlarini olib boradilar, ularga
amaldagi qonun hujjatlari talabini tushuntirib, uni buzganlik uchun javobgarlik haqida
rasman ogohlantiradilar. Bundan tashqari, missionerlik va prozelitizmga qarshi turli targ’ibot-
tashviqot tadbirlari o’tkazadilar;
- adliya organlari ro’yxatga oluvchi organ sifatida diniy tashkilotning faoliyati o’z ustaviga
va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqligini nazorat qiladilar. Ushbu holatda, diniy tashkilot
xodimlari tomonidan amaldagi qonunchilik va ustav talablari buzilganda
aybdor shaxslarni
javobgarlikka tortish hamda diniy tashkilotni tugatish choralari ko’riladi.
Ta’kidlash joizki, milliy qonunchiligimizda missionerlik va prozelitizmga qarshi normalar
hamda bunday harakatlar uchun jazo choralarining nazarda tutilishi bilan ushbu faoliyatga
butunlay chek qo’yib bo’lmaydi. Bunday holatlarning oldini olish uchun missionerlikning
mohiyatini to’g’ri va chuqurroq anglash, uni bartaraf etish yo’lida maqsadli, tizimli va
tadrijiy faoliyat olib borish zarur bo’ladi. Ayniqsa, yoshlarimizning axborot bo’shlig’ini turli
tashqi
tahdidlardan asrashimiz, buning uchun esa ularda mafkuraviy immunitetning
shakllanishiga sharoit yaratishimiz va ularni miliy-ma’naviy qadriyatlarga sodiqlik ruhida
tarbiyalashimiz lozim bo’ladi.