1
Robert D.Lee Jr., Ronald W.Johnson, Philip G. Joyce. Public Budgeting Systems.
Jones & Bartlett Learning; 9 edition. USA, 2012.
10
1-BOB. “DAVLAT BYUDJETI” FANIGA KIRISH
1.1. “Davlat byudjeti” fanining predmeti, tarkibiy tuzilishi,
maqsadi va vazifalari
O‗zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni modernizatsiya-
lash va yangilash, iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirish va
liberallashtirish sharoitida davlat moliyasi va uning muhim
tarkibiy qismi bo‗lgan davlat byudjeti alohida o‗rin egallaydi.
Davlat byudjeti davlatning qator ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy,
ekologik va boshqa funksiyalarini amalga oshirishning moddiy-
moliyaviy asosini tashkil etadi va mamlakat moliya tizimining
barcha bo‗g‗inlari bilan byudjet-moliya qonunchiligi bilan
tartibga solinadigan muayyan munosabatlarga kirishadi.
O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor
vazifalarini bajarish, iqtisodiyotni barqaror va mutanosib
rivojlantirish, jahon bozorlarida mustahkam o‗rin egallash,
shular asosida izchil iqtisodiy o‗sishni ta‘minlash, xalqimizning
hayot darajasi va farovonligini yanada oshirish borasidagi
vazifalarni to‗liq va samarali amalga oshirish sharoitida davlat
byudjetining amal qilish mexanizmlarini puxta o‗rganish har
qachongidan ham dolzarbdir. Davlat moliyasini boshqarish
tizimida
faoliyat
yurituvchi
mutaxassislardan
byudjet
munosabatlarini
to‗g‗ri
va
samarali
tashkil
etish
mexanizmlarini puxta bilish va ularni amaliyotda to‗g‗ri qo‗llay
olish talab etiladi. Shu sababli bakalavriatning bir qator ta‘lim
yo‗nalishlari o‗quv rejasiga ―Davlat byudjeti‖ nomli fan
kiritilgan bo‗lib, ushbu fan dasturida davlat byudjetining
iqtisodiy kategoriya sifatidagi mohiyati, iqtisodiyotni tartibga
solish va davlat ijtimoiy siyosatini amalga oshirishdagi
ahamiyati, byudjet tizimi va byudjetlararo munosabatlar
tamoyillari, byudjet daromadlari va xarajatlari tizimining amal
qilish mexanizmlari, byudjet jarayoni va byudjet nazoratini
11
tashkil qilish, xorijiy davlatlar byudjet tizimi va byudjet
jarayonini tashkil etish masalalari qamrab olingan.
Davlat byudjeti davlat moliya tizimining muhim tarkibiy
qismini tashkil etadi, uning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati bevosita
davlatning ijtimoiy-iqtisodiy funksiya va majburiyatlaridan
kelib chiqadi. Davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosati doirasida
amalga oshiriladigan tadbirlarni, ijtimoiy sohalar va tarmoqlar
faoliyatini moliyaviy mablag‗lar bilan ta‘minlashda davlat
byudjeti asosiy moliyaviy manba bo‗lib xizmat qiladi. Davlat
byudjetini boshqarish va taribga solishda, mamlakatdagi
ijtimoiy barqarorlikni ta‘minlashda, har bir davrning ustuvor
taraqqiyot vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishda davlatning
boshqa iqtisodiy dastaklari qatori davlat byudjeti ham muhim
ahamiyat kasb etadi, bu vazifalarning samarali ijrosi davlat
byudjeti amal qilishining tegishli mexanizmlarini ishlab
chiqish va amalda qo‗llash bilan ta‘minlanadi.
―Davlat byudjeti‖ fanini o‗zlashtirish uchun o‗qitishning
ilg‗or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi axborot-
pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim ahamiyatga
ega. Fanni o‗zlashtirishda darslik, o‗quv va uslubiy
qo‗llanmalar, ma‘ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron
materiallar, amaliy topshiriqlar va keyslardan foydalaniladi.
Ma‘ruza va amaliy mashg‗ulotlarda o‗qitishning interaktiv
usullari(vizual, muammoli, mualliflik ma‘ruzalari, ikki
tomonlama tahlil, insert, klaster, ―Venn diagrammasi‖ va
boshqalar)dan
foydalanish
mumkin.
Fan
o‗qituvchisi
tomonidan pedagogik va modulli texnologiya tamoyillari
asosida ―Davlat byudjeti‖ fani o‗quv mashg‗ulotlarining
loyihalari ishlab chiqiladi. Amaliy mashg‗ulotlarda muammoni
jamoaviy tarzda hal etishning usullari va vositalari: aqliy
hujum, bahs, muzokaralar, pinbord texnikasi, keys-stadi
(muammoli vaziyat hosil qilib, uni yechishni o‗rganish) kabi
usullar qo‗llaniladi, amaliy topshiriqlar, mashqlar, masalalar
yechiladi, tahliliy ishlar bajariladi.
12
―Davlat byudjeti‖ fanining o‗rganish predmetini davlatning
markazlashgan pul fondi bo‗lgan davlat byudjetining
shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishi bilan bog‗liq bo‗lgan
tashkiliy, huquqiy, iqtisodiy va moliyaviy munosabatlar tashkil
qiladi. Bu munosabatlar kopqirraliligi, davlat boshqaruvining
turli darajalarida (mamlakat miqyosida, hududiy va mahalliy
darajada) sodir bo‗lishi, subyektlarning ko‗pligi hamda barcha
jamiyat a‘zolari va aholining turli ijtimoiy qatlamlari
manfaatlari bilan kesishishi bilan xarakterlanadi.
Fanni
o‗qitishdan
maqsad
–
talabalarda
davlat
byudjetining shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishi
yuzasidan nazariy va amaliy bilimlarni, uquv va ko‗nikmalarni
shakllantirish va chuqurlashtirishdan iborat.
Fanning asosiy vazifasi
– talabalarning davlat byudjeti
borasida nazariy bilimlar, amaliy ko‗nikmalar, moliyaviy-
iqtisodiy va ijtimoiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuvi
hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirishdan iborat.
Fan
bo‗yicha
talabalarning
bilim,
ko‗nikma
va
malakalariga quyidagi talablar qo‗yiladi.
Talaba:
davlat byudjetining mohiyati, zarurligi va funksiyalari,
byudjet tizimi, byudjet tuzilishi, byudjet siyosatining mazmuni,
vazifalari, rivojlanish bosqichlari, byudjet tizimini boshqarish
va tartibga solish asoslari, xorijiy mamlakatlar byudjet tizimi va
byudjet jarayoni, byudjet daromadlari va xarajatlari tarkibi va
tuzilishi, byudjet daromadlarining shakllanish manbalari,
byudjet xarajatlarining tarkibi va tuzilishi, respublika byudjeti
va mahalliy byudjetlar o‗rtasidagi byudjetlararo munosabat-
larning shakllari, byudjet munosabatlarini tashkil etish
shakllari haqida
tasavvurga ega bo‗lishi;
davlat byudjeti rivojlanishining qonuniyatlarini, davlat
byudjeti holatini baholash va tahlil qilishni, byudjet istiqbolini
belgilash asoslarini, byudjet jarayonining tashkil etilishi va
o‗ziga xos xususiyatlarini, O‗zbekiston Respublikasining
moliya-byudjet qonunchiligi asoslarini, byudjetning g‗azna
13
ijrosini tashkil etish nazariyasi va amaliyotini, byudjet tizimini
tashkil etish tamoyillarini
bilishi va ulardan foydalana olishi;
byudjet ko‗rsatkichlarining prognoz hisob-kitobini
tuzish, byudjet ijrosi yakunlarini tahlil etish, byudjet tizimi va
byudjet tuzilishi, byudjet nazorati, byudjet mablag‗lari
oluvchilar va byudjet tashkilotlari majburiyatlarini bajarish,
byudjet tizimi byudjetlari faoliyatini tartibga solish, byudjet
ijrosi va byudjet tashkilotlari smetalari ijrosi bo‗yicha
hisobotlarni tuzish va tahlil etish bo‗yicha
ko‗nikmalarga ega
bo‗lishi;
davlat byudjeti ijrosi bo‗yicha hisobotlarni tuzish va
tahlil etish, ijro natijalarini hisob-kitob qilish, byudjet
munosabatlarini
tashkil
qilishda
axborot
tizimlaridan
foydalanish,
byudjet
amaliyotiga
oid
huquqiy-me‘yoriy
hujjatlardan
maqsadga
muvofiq
foydalanish,
davlat
byudjetining rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash maqsadida
ilmiy tadqiqotlarni o‗tkazish bo‗yicha
malakalarga ega bo‗lishi
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |