Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Substansiya 
(lot. substantia – mohiyat, birinchi asos), narsalarning 
yagona asosga egaligi, ularning kelib chiqishi bilan belgilangan umumiy va 
uzviy xossalari esa – 
atributlar
(lot. attributum –xos boʻlgan, qoʻshib 
olingan) degan gʻoyaga asoslanadi.
SHunday qilib, biron-bir obyektning 
borligʻi deganda substansial borliq, ya‘ni obyektning substansiyadan vujudga 
kelishi bilan belgilangan borliq tushunilsa, bu obyektni mavjud deb hisoblash 
orqali biz unda muayyan atributlarning mavjudligini taxmin qilamiz (holbuki 
«sof borliq»dan bunday borliqning tabiati haqida biron-bir taxmin kelib 
chiqmaydi).
Masalaga bunday yondasxilganda borliq nima, degan savol substansiya 
nima, uning atributlari qanday, degan savolga aylanadi. Falsafa tarixida bu 
masala yechimining turli variantlarini aks ettiruvchi ontologik konsepsiyalar 
taklif qilingan. 
Materialistik ontologiyaborliqning asosi moddiy narsalar degan 
ta‘limot boʻlib, uni antik faylasuflar yaratgan. Fales butun borliqning 
birinchi asosi deb suvni, Anaksimen – havoni, Geraklit – olovni e‘tirof etgan.
Qadimgi ta‘limotlar orasida Anaksimandr ontologiyasi alohida oʻrin 
egallaydi. Uning fikricha birinchi asos Cheksiz va sifat jihatidan nomuayyan 
boʻlishi kerak, chunki unda narsalarning barcha konkret sifatlari (issiq va 
sovuq, namlik va quruqlik, achchiq va shirin va h.k.) aralash boʻlishi lozim. 
Atomlar, efir, modda – bularning barchasi materiya‘ni barcha narsalarning 
substansiyasi sifatida tushunishning turli variantlaridir.


161 
Idealistik ontologiya substansial borliqni «narsalar dunyosi» zamirida 
yotuvchi «gʻoyalar dunyosi» sifatida tasavvur qilingan bu gʻoya Platon 
falsafasida rivojlantirilgan. 
Din ontologiyasida Xudoning substansial borligʻi tasdiqlanadi. 
Ekzistensializm ontologiyasidasubstansiya gʻoyasi insonga bevosita berilgan 
borliq 

ekzistensiya kategoriyasi bilan bogʻliq
. Bunda umid, qoʻrquv, 
gʻamxoʻrlik, vijdon va shu kabilar borliqning atributlari («ekzistensiallari») 
hisoblanadi.
Dualistik xususiyatga ega boʻlgan ontologik konsepsiyalarda
ikki xil 
borliq va tegishli ravishda ikki substansiya farqlanadi (Dekart). Leybnits 
ontologiyasi koʻp sonli substansial shakllar (monadalar)ning mavjudligini 
nazarda tutadi. 
Empirik yoʻnalish vakillari substansiya gʻoyasini tajribadan keltirib 
chiqarish mumkin emas,
deb hisoblaydi. Berkli bizning sezgilarimiz 
ruhimizdan tashqa‘rida «idrok etilmagan narsalar» mavjudligidan da‘lolat 
berishi mumkin emas, deb, 
moddiy
substansiya‘ni rad etgan. Yum Berklining 
ayni shu fikrini 
ma‘naviy
substansiyaga nisbatan ham tatbiq etgan. Uning 
fikricha, substansiya‘ning umumiy (moddiy substansiya ham, ma‘naviy 
substansiya ham) gʻoyasi hayolot mahsulidan boshqa narsa emas. Biz ayrim 
narsalarni idrok eta‘miz, lekin hech qachon ularning oʻrtasidagi sababiy 
aloqani idrok etmaymiz. Substansiya shunday bir nomki, uning ostida biz 
oʻzaro bogʻlanmagan roʻyolarni birlashtiramiz. D.Yum substansiya‘ni 
umuman borliq tushunchasiga tatbiq etadi. Yum,―Bizning sezgilarimizdan 
tashqa‘rida biron-bir narsa mavjud yoki mavjud emasligini soʻrash 
befoydadir. Biz tashqi dunyo mavjud, ya‘ni bizga bogʻliq boʻlmagan va 
uzluksiz borliqqa ega ekanligiga ishonishimiz mumkin, lekin u mavjud 
ekanligini isbotlay olmaymiz. Mavjud boʻlgan narsa mavjud boʻlmasligi ham 
mumkin... Butun mavjudlikning mavjud emasligi uning mavjudligi kabi aniq 
va ravsha‘n gʻoyadir»
1
, deb yozadi. Ammo Berkli va Yum mohiyat e‘tibori 
bilan shunday bir ontologik konsepsiya‘ni rivojlantirganki, unda substansiya 
rolini uning «surrogati» – subyektda tugʻilgan sezgilar oqimi oʻynaydi.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish