Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Fikr yuritishda mulohazalarni qurish va xulosa chiqarish bilan



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet238/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

5.Fikr yuritishda mulohazalarni qurish va xulosa chiqarish bilan 
bogʻliq xatolar. 
Mulohazalar bilan bogʻliq xatolar. 
Mulohazalarni tushunchalarning mantiqiy bogʻlanishi deb qarash 
mumkin. Mulohazalar tarkibidagi tushunchalarning aniq boʻlishi ularning 
toʻgʻri va chin boʻlishi uchun muhim ahamiyatga ega. Ma‘lumki, mantiqiy 
ega va mantiqiy kesim mulohazalarning tarkibiy qismlari boʻlib, ularning 
oʻzaro mantiqan toʻgʻri bogʻliqligi ham fikrning toʻgʻri va chin boʻlishini 
ta‘minlaydi. Quyidagi holatlarda mulohaza yolgʻon hisoblanadi: 
1. Mantiqiy kesimda mantiqiy egaga xos boʻlmagan xususiyat 
tasdiqlansa (masalan, uchburchak burchaklarining yigʻindisi 360
0
ga teng); 
2. Mantiqiy kesimda mantiqiy egaga xos boʻlgan xususiyat inkor 
qilinsa (masalan, mavali daraxtlar bahorda gullamaydi); 
3. Juz‘iy chin boʻlgan mulohaza ba‘zi holatlarda umumiy deb qabul 
qilinsa (masalan, 
―Ba‘zi oʻquvchilar ma‘suliyatsiz‖
mulohazasini 
―Hamma 
oʻquvchilar ma‘suliyatsiz‖
mulohazasi bilan almashtirilsa). 
Xulosa chiqarish bilan bogʻliq xatolar

Fikr yuritish jarayonida eng koʻp uchraydigan mantiqiy xatolar xulosa 
chiqarish bilan bogʻliq. Bunga sabab xulosa chiqarishning har bir turiga xos 
boʻlgan qoidalarni bilmaslikdir. SHunday xatolardan ba‘zilarini koʻrib 
chiqamiz.
Umumiy mulohazalarga asoslanib (sillogistik) xulosa chiqarishda keng 
tarqalgan xatolardan biri sillogizm I figurasining qoidasi buzilishining 
natijasida vujudga keladi. Bunga koʻra I figura boʻyicha kichik asos inkor 
mulohaza boʻlganda hosil qilingan xulosa noaniq (koʻpincha xato) boʻladi. 
Masalan: 
Hamma advokatlar yuristdir. 
Bu kishi advokat emas. 
Bu kishi yurist emas. 
Xulosaning noaniq boʻlishiga sabab, yuristlar faqat advokat emas, balki 
oʻqituvchi yoki olim boʻlishlari ham mumkin. 
YAna bir xato sillogizm II figurasi qoidasi buzilishining natijasida 
vujudga keladi. Masalan: 
Hamma okulistlar shifokordir. 
Bu ayol shifokor. 
Bu ayol okulistdir. 
SHifokorlar faqat okulist (koʻz shifokori) emas, balki stomatolog, 
kardiolog, xirurg boʻlishlari ham mumkin. 
YAkka mulohazalarni umumlashtirib (induktiv) xulosa chiqarishda 
eng koʻp uchraydigan mantiqiy xato ―undan keyin, demak, shu sababga 
koʻra‖, deb ataladi. Bu xato oldinma-ketin kelgan hodisalarning hammasida 


425 
avvalgisi sabab, keyingisi oqibat boʻladi degan fikrga asoslanish natijasida 
yuzaga keladi. 
Oʻxshatish 
(ana‘logiya)ga 
asoslanib 
xulosa 
chiqarilganda, 
taqqoslanayotgan hodisalarning nomuhim belgilari asos qilib olinsa, mantiqiy 
xatoga yoʻl qoʻyiladi. Masalan: 
Aziza va Robiya bir sinfda oʻqiydi, yoshlari va boʻylari teng. 
Aziza ingliz tilini yaxshi biladi. 
Demak, Robiya ham ingliz tilini yaxshi biladi. 
YUqorida koʻrsatilgan mantiqiy xatolarga yoʻl qoʻymaslik uchun 
quyidagi qoidalarga amal qilish zarur: 
1. Mantiqiy kesimda mantiqiy egaga xos boʻlgan xususiyat doimo 
tasdiqlanishi shart; 
2. Mantiqiy kesimda mantiqiy egaga xos boʻlmagan xususiyat doimo 
inkor qilinishi shart. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish