Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Konfutsiy va Lao-Szi ta’limoti. 
Qadimgi Xitoy fan va madaniyati
falsafiy fikrlarning vujudga kelish qonuniyati Sharqning boshqa hududlaridan 
farq qiladi. Eramizdan avvalgi ikki minginchi yilning oʻrtalariga kelib, Shan-
in davlatida muayyan xoʻjalik shakli yuzaga kelgan. Eramizdan avvalgi XII 
asrda esa, urushlar natijasida davlat Chjou qabilasining qoʻliga oʻtgan. Bu 
hokimiyat eramizdan avvalgi III asrgacha davom etgan. Bu vaqtda diniy 
mifologik dunyoqarash hukmronlik qilgan. U olam va tabiatning paydo 
boʻlishini oʻziga xos tarzda tushuntirgan va dunyoviy bilimlar rivojiga oʻz 
ta‘sirini oʻtkazgan. 
Bunday ruhdagi falsafiy gʻoyalar ayniqsa qadimgi Xitoy donishmandi 
Konfutsiy ijodida yaqqol aks etgan. Konfutsiychilik axloqiy qoidalar va 
ijtimoiy boshqaruv masalalariga diqqat-e‘tiborni qaratdi. Konfutsiychilik 
uchun eng mukammal namuna oʻtmish edi. Konfutsiy (mil. av. 551–449 yy.) 
oʻzi haqida shunday degan edi: «Eskini bayon qilaman va yangini 
yaratmayman». U va uning izdoshlari jamiyatning parchalanib ketishidan 
bezovta boʻlganliklari sababli asosiy e‘tiborni insonni oʻz atrofdagilarga va 
jamiyatga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalashga qaratdilar. Shaxs oʻzi uchun 
emas, balki jamiyat uchun shaxsdir. Konfutsiychilik axloqi insonni uning 


70 
ijtimoiy vazifasi bilan bogʻliq ravishda tushunadi, ta‘lim va tarbiya‘ni esa, 
insonni ana shu vazifasini bajarishga olib keladigan narsa sifatida idrok 
qiladi. Konfutsiychilik Sharq xalqlari ongida shunday axloqiy me‘yorlarni 
shakllantirdiki, bu – insonparvarlik, burchga sodiqlik, tavfiqlilik, aqlga 
muvofiqlik, haqiqatgoʻylikdir. Shuningdek, konfutsiychilik besh 
aloqa 
qoidasi
ni, ya‘ni jamiyatdagi munosabatlar tizimini ham ishlab chiqdi - bular 
davlat bilan fuqarolar oʻrtasidagi, ota-onalar bilan bolalar, er va xotin, 
kattalar bilan kichiklar va doʻstlar oʻrtasidagi munosabatlardir. Xoʻjayinga 
sodiqlik va vafodorlik eng muhim va ustun sanalar edi. Konfutsiychilikning 
asosiy axloqiy-siyosiy qoidalari quyidagilardan iborat edi: «xalqni shafqat 
bilan boshqarish va xalq ichiga xulq-atvor qoidalari yordamida tartibni joriy 
qilish», «osmon irodasidan qoʻrqish» va «oʻlganlar ruhini hurmat bilan yodga 
olish», «tugʻma bilimlarga ega boʻlganlar» (mukammal donishmandlar) va 
«oʻqish-oʻrganish natijasida bilimga ega boʻlganlar» mavjudligini tan olish
ya‘ni oʻqish-oʻrganish tufayli bilimlarni kasb etish imkoniyati borligi va 
ta‘lim-tarbiyaning buyuk rolini qayd etish, «Oltin oʻrtamiyonalik yoʻli», 
«ikki qarama-qarshi qirrani qoʻlda ushlab, ammo xalq uchun oʻrtachasidan 
foydalanish» qoidasini qoʻllash, ya‘ni qarama-qarhiliklarni yumshatish va 
murosasozlik nazariyasiga rioya etish. 
Konfutsiy tomonidan birinchi marta «oltin qoida» deb nom olgan va 
keyinchalik koʻpchilik mutafakkirlar tomonidan qolipga solingan, - 
«oʻzingga ravo koʻrmagan narsani, boshqa odamlarga ham ravo koʻrma» 
qoidasi shakllantirildi. Konfutsiychilikning yana bir muhim jihati «ismlarni 
tuzatish» talabi ediki, unga binoan agar jamiyatda «hukmdor hukmdor 
boʻlmasa, xizmatkor xizmatkorlik qilmasa, oʻgʻil oʻgʻilligini qilmasa», ya‘ni 
shunday vaziyat vujudga kelsaki, u «besh aloqa» talab etgan ta‘limot 
tashqarisiga chiqsa, voqeylikni tuzatish, jumladan, kuch ishlatib boʻlsa ham 
tartibni joriy etish zaruriyatini tan olish lozim. Shundagina jamiyatdagi 
tabaqalar oʻrtasidagi munosabatlarni qat‘iy ravishda tiklash mumkin boʻladi. 
Daosizm
ning diqqat markazida tabiat, koinot va inson turadi. Ammo bu 
ibtidolar mantiqiy – aqliy yoʻl bilan emas, balki mavjudlik tabiatiga 
toʻgʻridan-toʻgʻri kirib borish yordamida bilib olinadi. Dunyo hech qanday 
sabablarsiz doimiy harakat va oʻzgarishda boʻlib, rivojlanadi, yashaydi va 
sirtqi ta‘sir natijasida emas, balki ichki sabab natijasida vujudga kelgan. 
Borliq haqidagi ta‘limotda yoʻl tushunchasi dao - markaziy maqomdadir. 
Daosizm aqidasiga koʻra, tafakkurning maqsadi, insonni tabiat bilan 
«qoʻshilib ketishi» dadir, negaki, u uning tarkibiy qismidir. 
Jamiyat hayotidagi tartibga qattiq amal qilish talab etiladi. Tartib, 
Konfutsiy nuqtayi nazariga koʻra, ilohiy mazmunga ega va uning mohiyatini 
―Li‖ tushunchasi belgilaydi. U, ya‘ni tartib dunyoning mohiyatini aks ettiradi. 
Binobarin, jamiyatdagi barcha harakatlar unga binoan amalga oshishi lozim. 
Tartib-insoniyat jamoasining eng oliy hayotiy qadriyatlaridan biridir. 


71 
Konfutsiyning ta‘kidlashicha, shaxs faqat oʻzi uchun emas balki jamiyat 
uchun ham yashashi kerak. Konfutsiy ta‘limotida insonning hayotdagi 
ijtimoiy oʻrni nihoyatda ulugʻ, u oʻziga ravo koʻrmagan narsani boshqalarga 
ham ravo koʻrmasligi, oʻziga ravo koʻrgan narsani boshqalariga ham ravo 
koʻrishi lozim. 
Konfutsiyning qarashlari keyinchalik jahon falsafasida axloqiy 
tamoyillar rivojida, adolat, birodarlik, erkinlik gʻoyalari takomilida muhim 
oʻrin tutgan. Bu ta‘limot Xitoyda ikki ming yil davomida davlat dini 
darajasiga koʻtarilgan va xalq hayotida muhim ahamiyat kasb etgan. 
Qadimgi Xitoyning koʻzga koʻringan faylasuflaridan biri Lao-Szidir 
(VI–V asrlar). Uning ta‘limotiga koʻra, olam, jamiyat va inson hayoti Dao 
qonuniga boʻysunmogʻi lozim. Daosizm ta‘limoti ana shu tariqa shakllangan. 
Dao qonuni-tabiatning yashash qonunidir, undagi rang-baranglik kurashi va 
uygʻunligi abadiyligining e‘tirof etilishidir. Bu qonunga koʻra, olamning 
asosini tashkil etuvchi ―Si‖, ya‘ni beshta unsur – olov, suv, havo, Yer va 
yogʻoch yoki metall olamdagi barcha jismlar asosini tashkil etadi hamda 
ularning yuzaga kelishini ta‘minlaydi. Lao-Szining ta‘kidlashicha, olamda 
hech bir narsa doimiy va oʻzgarmas, harakatsiz holda boʻlishi mumkin emas.
Daosizmga binoan, dunyodagi hamma narsa bir holatdan ikkinchi 
holatga oʻtib turadi. Qarama-qarshi kuchlar oʻrtasidagi kurash, ya‘ni In va 
Yan orasidagi munosabat-bizni oʻrab turgan olamni harakatga keltiruvchi 
kuchlar manbaidir. In va Yan oʻrtasidagi kurash daoni anglatadi. Odamzod 
bu kurash jarayonida doimo yaxshilik tomonidan turishi, oʻzini qurshab 
turgan tabiat va atrofdagi olamga mehr koʻrsatishi lozim. Boʻlmasa, Dao 
qonuni buziladi va bunday joyda baxtsizlik, fojia yuz beradi. Lao-Szi bu 
oʻrinda ekologik falokati nazarda tutgan. ―Kishilar Dao qonunini 
buzmasliklari kerak, aks holda tabiat ulardan albatta oʻch oladi‖, degan edi 
Lao-Szi. Buni ekologik falokatlar avj olib borayotgan bugungi kun voqeligi 
ham tasdiqlaydi. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish