O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent temir yo‘l muhandislari instituti «Buxgalteriya hisobi va audit»



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana22.04.2022
Hajmi1,56 Mb.
#572724
1   2   3   4
Bog'liq
406-sonli ixtisoslashtirilgan qurilish-montaj poyezdi korxonasida ishlab ch

 
Dt 0500 Kt
9098,12
 
Dt
6710 Kt
1567597,81
Dt 6520 Kt
388260,94
Dt 4310,6010,6110 Kt
777841,74
3409507,84 3409507,84
2.1-rasm. 2014-yilda asosiy ishlab chiqarish xarajatlarining buxgalteriya o`tkazmalari 
2.2-jadval 
Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlariga doir operatsiyalar schyotlarda 
quyidagicha aks ettiriladi*: 
Operatsiyalar mazmuni 
Debet 
Kredit 
Summa, 
ming so`m 
1.Materiallar yordamchi ishlab chiqarishga sarflandi 
2.Yordamchi ishlab chiqarishlardagi ishchilarga ish 
haqi hisoblandi 
3.Ijtimoiy sug`urta organlariga ajratmalar 
4.Yordamchi ishlab chiqarishlardagi asosiy vositalarga 
amortizatsiya hisoblandi 
5.Yordamchi ishlab chiqarishga doir boshqa xarajatlar 
6.Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari schyotini 
bajarilgan ishlar va xizmatlar tannarxiga kiritish 


*Manba: 2013-2015-yillar 3-M ―Korxona sarf-xarajatlari to`g`risidagi hisobot‖ ma`lumotlari
2.2-jadvaldan ko`rinib turibdiki, bajarilgan ishlar va xizmatlar tannarxining 
863 624,16 ming so`mini yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari tashkil etgan. 
Dt 1000 Kt Dt 2320 Kt Dt 9130 Kt
145333,77
863624,16
Dt 0200 Kt
90060,96
 
Dt
6710 Kt
482951,62
Dt 6520 Kt
114472,81
Dt 4310,6010,6110 Kt
30805,00
863624,16 863624,16
2.2-rasm. 2014 –yilda yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarining buxgalteriya o`tkazmalari 
Ushbu schyotlarning barchasi aktiv, doimiy schyotlardir. Ularning debetida 
xarajatlarning ko‗payishi, kreditida esa xarajatlarning hisobdan chiqarilishi, ya‘ni 
kamayishi aks ettiriladi. Bu schyotlarning qoldig‗i mos ravishda asosiy, yordamchi 
ishlab chiqarishning tugallanmay qolgan qismini pulda ifodalaydi. 
2010 ―Asosiy ishlab chiqarish ― schyotining debetida to‗plangan summa (uning 
kreditida aks ettirilgan ayrim summalardan tashqari) ishlab chiqarilgan barcha 
mahsulotlarning (ishlarning, xizmatlarning) umumiy tannarxini pulda ifodalaydi. 
2010 ―Asosiy ishlab chiqarish ― schyotining debetida to‗plangan summa (uning 
kreditida aks ettirilgan ayrim summalardan tashqari) ishlab chiqarilgan barcha 
mahsulotlarning (ishlarning, xizmatlarning) umumiy tannarxini pulda ifodalaydi.


2.2. Korxonada ishlab chiqarish xarajatlarining ichki auditi
Ishlab chiqarish xarajatlari va tannarxni hisoblashni auditorlik tekshiruvidan 
o‗tkazishdan maqsad xarajatlar moddasi sodir bo‗lgan xo‗jalik muomalalarini 
hisobga olish va soliqqa tortishda qo‗llanilayotgan tartibning O‗zbekiston 
Respublikasi me‘yoriy xujjatlari talablariga muvofiqligini aniqlashdan iborat. 
Buning uchun korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlari va soliqqa tortish hisobini 
tartibga soluvchi quyidagi asosiy xujjatlardan foydalaniladi:
O`zbekiston Respublikasi ―Buxgalteriya hisobi to`g`risida‖ va ―Audit 
faoliyati to`g`risida‖gi qonunlari;

O`zbekiston Respublikasi auditorlik faoliyati milliy standartlari;

O`zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi;

O`zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standartlari;

O`zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi bo`yicha ―Nizom‖ va 
―Tartib‖ lari;

O`zbekiston 
Respublikasi 
Moliyaviy 
hisobotlari 
Soliq 
hisobotlari 
shakllarini to`ldirish bo`yicha me`yoriy xujjatlar;

406-IQMP Ustavi va boshqa ichki lokal aktlari va buyruqlari.
Korxonada ishlab chiqarish xarajatlari hisobining to‘g‘riligini va ish hamda 
xizmatlar tannarxi to‘g‘risidagi hisobotni tuzishning to‘g‘riligini nazorat qilish 
uchun quyidagilarni tekshirish lozim: 

hisobot davridagi haqiqiy xarajatlarning ishlab chiqarish xarajatlari 
schyotlarida o‘z vaqtida, to‘liq va ishonarli aks ettirilishi;

ishlab chiqarishga xarajat qilingan xom ashyolar, materiallar, yoqilg‘ilar, 
ehtiyot qismlar va yoqilg‘i-moylash materiallarini baholashning to‘g‘riligi;

belgilangan xarajat smetalari, lavozim maoshlari, tarif stavkalari, ishlab 
chiqarish xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va mukofatlash haqidagi Nizomga 
rioya qilish ustidan nazoratning ta‘minlanganligi;



noishlab chiqarish sarflari va yo‘qotishlarning paydo bo‘lish sabablari 
hamda hisobdan o‘chirilishning asoslanganligi;

ularni kamaytirish bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlar; asosiy 
vositalar va nomoddiy aktivlarga eskirish hisoblashning to‘g‘riligi;

tovarlar va boshqa qiymatliklar tabiiy kamayishini hisobdan o‘chirishning 
to‘g‘riligi;

quyidagi xarajatlarni mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga qo‘shishning 
to‘g‘riligi va asoslanganligi:
1.
xizmat safarida va yo‘lda bo‘lgan vaqt, turar joy ijarasi, xizmat safari 
joyiga borib qaytish yo‘l xarajatlari uchun tasdiqlangan me‘yorlar doirasida, 
ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq chet el xizmat safari xarajatlari. 
Auditor shuni yaxshi bilishi zarurki, bajarilgan ish va xizmatlar tannarxi 
buxgalteriya hisobida oddiy faoliyat turlari bo‘yicha hisobot davrida ish bajarish, 
xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq sarflar yig‘indisi kabi aniqlanadi. Tannarx soliqqa 
tortish maqsadlarida hisob elementi sifatida, ya`ni soliqqa tortiladigan bazani 
kamaytiradigan miqdor bo‘lib hisoblanadi. Soliqqa tortish maqsadida 
hisoblanadigan tannarxga odatdagi faoliyat turlariga doir sarflar belgilangan 
me‘yorlar va cheklashlarni hisobga olgan holda qo‘shiladi. Mahsulot ishlab 
chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) xarajatlari to‘langan vaqtidan qat‘iy 
nazar (oldin yoki keyinchalik to‘langan), qaysi hisobot davriga taalluqli bo‘lsa, 
shu davr tannarxiga qo‘shiladi. Xo‘jalik faoliyatidagi faktlarning vaqtinchalik 
aniqlik tamoyili tannarxni to‘g‘ri shakllantirish uchun tovar-moddiy zaxira (ish, 
xizmat)lar qiymatining to‘langanlik fakti emas, balki ularni ishlatish(sarflash) 
fakti ahamiyatli ekanini bildiradi. O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi 
to‘g‘risida»gi qonunining 9-moddasiga muvofiq korxonada sodir etilgan barcha 
xo‘jalik muomalalari amalga oshirilayotgan vaqtda yoki amalga oshirilib 
bo‘lingandan so‘ng tegishli dastlabki xujjatlar bilan rasmiylashtirilishi lozim. 
Xarajatlarni xujjatlashtirish tamoyili auditorning xarajatlarni asoslash uchun 
isbotlovchi xujjatlarning mavjudligi, hamda ushbu muomalalarni buxgalteriya 


hisobida aks ettirishning to‘g‘riligini tasdiqlash vazifasini belgilab beradi. 
Shuning uchun auditor har bir xarajat elementi tarkibining «Nizom»ga 
muvofiqligiga ishonch hosil qilishi lozim. ―Ishlab chiqarish moddiy xarajatlari‖ 
bo`yicha auditor qaytarib olinadigan chiqindilar qiymati va idish hamda o‘rash 
materiallari qiymati ularni sotish, foydalanish yoki omborga kirim qilish mumkin 
bo‘lgan narxda baholanib, mahsulot tannarxiga kiritiladigan moddiy resurslar 
xarajatlaridan chegirib tashlanganligini aniqlashi zarur. Shuningdek, mazkur 
element bo‘yicha aks ettiriladigan moddiy resurslar qiymati ularni sotib olish 
narxidan, shu jumladan barter kelishuvlarida, qo‘shimcha narx(ustama)dan, 
ta‘minlovchi, 
tashqi 
iqtisodiy 
tashkilotlarga 
to‘lanadigan 
vositachilik 
taqdirlashlaridan, tovar birjalari xizmatlari qiymatidan, shu jumladan brokerlik 
xizmatlari bilan birga, bojlar va yig‘imlardan, yuklash-tushirish hamda tashishga 
haq to‘lashdan, tashqi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan saqlash va 
yetkazib berishga haq to‘lashdan kelib chiqib shakllanishini ham nazarda tutishi 
zarur. Bulardan tashqari auditor mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxiga olib borilgan 
moddiy resurslarni baholashning to‘g‘riligini ham tekshirishi kerak. №4-«Tovar-
moddiy zahiralar»nomli BHMSga muvofiq har bir xo‘jalik yurituvchi sub‘yekt 
materiallarni baholash usullaridan (FIFO, AVECO) birini tanlaydi va hisob yuritish 
siyosatida aks ettiradi 
Auditor xarajatlarning sarf-xarajat moddalari bo‗yicha ularning maqsadi va 
vujudga kelish joylariga qarab guruhlanishini hamda bevosita yoki bilvosita yo‗l 
bilan mahsulot (ish, xizmat)larning har bir turiga olib borilishini bilishi zarur. 
Mahsulot 
(ish, 
xizmat)lar 
tannarxini 
hisoblashni 
tekshirishda 
auditor 
quyidagilarning to‗g‗riligini aniqlaydi: 

mahsulot ishlab chiqarish (ish, xizmat) uchun qilinadigan xarajatlarning 
turkumlanishini; 

xarajatlarni kalkulyatsiya moddalari bo‗yicha hisobga olish va hisobdan 
chiqarish (taqsimlash); 

tugallanmagan ishlab chiqarishni aniqlash; 



bilvosita sarflarni taqsimlash; 

xarajatlarni hisobga olish va mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxini 
hisoblash usullarini qo‗llash; 

ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishga doir schyotlarning o‗zaro 
bog‗lanishini tuzish; 

ishlab chiqarish xarajatlarining yig‗ma, analitik va sintetik hisobini 
yuritishni; 

xarajat schyotlari bo‗yicha analitik va sintetik hisob yozuvlarining bosh 
daftar hamda balansdagi yozuvlarga mos kelishi. 
Auditorning vazifasi korxona hisob siyosatida qabul qilingan va amalda 
qo‗llanilayotgan 
bilvosita 
sarflarni 
taqsimlash 
usulining 
to‗g‗riligini 
tasdiqlashdan iborat. 
Korxonada barcha ishlab chiqarish xo`jalik muomalalari turlari bo`yicha 
buxgalteriya yozuvlari – O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 23.10.2002 
yilda № 1181-1 bilan ro`yxatga olingan Buxgalteriya hisobi milliy standarti № 21 
―Xo`jalik yurituvchi subyektlar moliya xo`jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi 
schyotlari rejasi va uni qo`llash bo`yicha yo`riqnoma‖ talablariga mos ravishda 
qayd etilgan. 
Balans schyoti 2000 ―Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari‖ ning ―Korxona 
xarajatlari to`g`risida‖ gi 3-M shakl hisoboti 011-satrida hamda balans schyoti 9100 
―Sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi‖ da qaydlari audit tekshiruvidan 
o`tkazilganda farqlar aniqlanmadi. Moliyaviy va statistik hisobotlarda bajarilgan 
ishlar tannarxi xarajatlari 3 103 032 ming so`m ko`rsatilgan.


2.3-jadval 
Korxona xarajatlarining auditorlik tekshiruvi natijalari* 
Xarajatlar guruhlari 
O`z kuchi
BQMI
tannarxi 
3-М skakl 
Statistik 
hisobot 
Audit tahlili Farq 
Xom ashyo va materiallar xarajati 
YoMM xarajati 
Elektr energiya xarajati 
Ish haqi xarajatlari 
Ijtimoiy sug`urta ajratmalari 
Asosiy vosita va nomoddiy aktivlar 
amortizatsiya ajratmalari 
Boshqa xarajatlar 
Ishlab chiqarish tannarxi-jami 
 
Davr xarajatlari 
Jami xarajatlar 
*Manba: 406-IQMP UK ning 2013-yil ―Auditorlik hisoboti‖
406-IQMP UK asosiy faoliyati ―O`zbekiston temir yo`llari‖ AJ tizimida 
signalizatsiya, markazlashgan va avtomatlashgan blokirovkali boshqaruv nazorat 
bo`yicha qurilish-montaj ishlarini bajarishdan hamda xar hil xizmatlar ko`rsatishdan 
daromad olgan. 
Korxonaning asosiy faoliyatidan tashqari boshqa daromad va xarajatlari 
mavjud bo`lib, bu foydalinmayotgan asosiy vosita va binolarni ijaraga berish ishlari 
bilan shug`ullangan. Shu davrda amalga oshirilgan daromadlari bo`yicha O`zbekiston 
Respublikasi BHMS larida belgilangan talablar asosida ish yuritib kelgan. 
Korxonada barcha ishlab chiqarish xo`jalik muomalalari turlari bo`yicha 
buxgalteriya yozuvlari – O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 23.10.2002 
yilda № 1181-1 bilan ro`yxatga olingan Buxgalteriya hisobi milliy standarti № 21 
―Xo`jalik yurituvchi subyektlar moliya xo`jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi 
schyotlari rejasi va uni qo`llash bo`yicha yo`riqnoma‖ talablariga mos ravishda 
qayd etilgan. 


III Bob. Korxonada ishlab chiqarish xarajatlarini optimallashtirish yo`llari 
3.1. Ishlab chiqarish xarajatlari hajmiga ta`sir etuvchi omillar 
Xarajatlar har qanday korxonaning moliyaviy natijalari holatiga ta‘sir etuvchi 
asosiy omillardan biri hisoblanadi. Shunday ekan, korxonaning moliyaviy natijasi 
ijobiy ko‘rsatkichga ega bo‘lishi uchun, korxona xarajatlarini kamaytirish lozim. 
Buning uchun avvalo, xarajatlarning umumiy hajmiga ta‘sir etuvchi omilarni 
o‘rganib chiqish maqsadga muvofiqdir. Avvalo, shuni aytib o‘tish kerakki, har bir 
temir yo`l tarmoq korxonasining moliyaviy ko‘rsatkichi ―O‘TY‖ AJ yakuniy 
moliyaviy natijasiga ta‘sir qiladi. 
Ishlab chiqarish xarajatlari hajmiga va uning o‘zgarishiga ta‘sir etuvchi 
omillarni xarajatlar kalkulyatsion moddalarining har bir turi bo‘yicha quyidagicha 
tarkiblash mumkin: 
1. Ishlab chiqarishga doir moddiy xarajatlar : 
Xom-ashyo va materiallar; 
Chet tashkilotlar bajargan ishlab chiqarish tarzidagi ishlar va xizmatlar; 
Yoqilg`ilar; 
Yoqilg`i moylash materiallari; 
Ehtiyot qismlar; 
Qurilish materiallari; 
Idish va idishbop materiallar; 
Inventar va xo`jalik jihozlari; 
Boshqa materiallar;
Barcha turdagi energiya. 
2. Ishlab chiqarish tarzidagi ish haqi to`lash xarajatlari (sutkaliksiz): 
2.1. Korxonada qo‗llaniladigan mehnatga haq to‗lash shakllari va tizimlariga muvofiq 
ishbay narxlar; 
2.2. Tarif stavka, tarif razryad va okladlar; 
2.3. Me‘yordan ortiqcha va dam olishda ishlagan kunlari va vaqtlari miqdori; 


2.4. Miqdor ko‗rinishida to‗lanadigan mahsulot qiymati; 
2.5. Amaldagi qonunlarga muvofiq, rag`batlantirish xarakteridagi to‗lovlar: 
mukofotlar, kasb mahorati uchun tarif stavkalari, har chorakda hisoblanadigan oylik 
maoshga qo‗shimchalar miqdori; 
2.6. Tungi smenada, dam olish kunlari, mehnat sharoiti og`ir va zararli bo‗lganligi 
uchun to‗lanadigan to‗lovlar miqdori. 
3. Ishlab chiqarishga tegishli bo‗lgan ijtimoiy sug‗urtaga : 
3.1. Amaldagi qonunlar bo‗yicha xodimlar mehnatiga haq to‗lash xarajatlaridan 
majburiy ajratmalar stavkalari – ijtimoiy sug`urta organlariga, nafaqa fondiga, davlat 
bandlik xizmatiga va tibbiy sug`urta organlariga; 
3.2. Davlatga qarashli bo‗lmagan nafaqa fondlariga, ixtiyoriy tibbiy sug`urtaga va 
boshqa ixtiyoriy sug`urta turlariga ajratmalar stavkalari va miqdorlari. 
4. Ishlab chiqarishga doir asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning 
amortizatsiyasi:
4.1. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar boshlang`ich qiymati, tugatish qiymati va 
foydalilik muddati; 
4.2. Amortizatsiyasi hisoblash usullari.
5. Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar: 
5.1. Ishlab chiqarish hodimlarini va aktivlarini majburiy va ixtiyoriy sug`urta qilish 
summasi; 
5.2. Ishchi xodimlar xizmat safariga to`lanadigan haq miqdori; 
5.3. Idoradan tashqari, yong`inga qarshi va soqchilik qo`riqlash xizmati ; 
5.4. Ta`mirlash ishlari zaxirasiga ajratmalar miqdori; 
5.5. Operativ ijara bo`yicha yillik stavka miqdori; 
5.6. Ishlab chiqarish xodimlarining vaqtincha mehnatga layoqatsizligi bo`yicha 
nafaqalar miqdori; 
5.7. Ishlab chiqarish jarayoniga oid boshqa ta‘sir etuvchi omillar. 
Quyidagi 3.1-jadvalda asosiy ishlab chiqarish xarajatlariga omillar ta‘sirini 
aniqlashda har bir ta‘sir birligining ulushdagi ko`rsatkichlari keltirilgan.


3.1-jadval 
Asosiy ishlab chiqarish xarajatlariga ta`sir etuvchi omillar ulushi*
Ko`rsatkichlar nomi 
2013-yil 
2014-yil 
2015-yil 
ming.so`m 
Ulush
i,% 
ming.so`m 
jami 

ming.so`m 
jami 

1.Asosiy ishlab chiqarish 
xarajatlari-jami 
1.1.Ish haqi xarajatlari 
1.2.Ijtimoiy sug`urtaga 
ajratmalar 
1.3.Moddiy xarajatlar 
1.4.Asosiy vositalar va 
nomoddiy aktivlar 
amortizatsiyasi 
1.5.Boshqa xarajatlar 
*Manba: Korxona hisobot ma`lumotlari 2013-2015-yillar 
Yuqoridagi jadvaldan ko`rinib turibdiki, 3 yillik kuzatuv natijasida ham asosiy 
ishlab chiqarish xarajatlarining katta qismini ish haqi va moddiy xarajatlar tashkil 
etgan.
Quyidagi 3.2-jadvalda yordamchi ishlab chiqarish xarajatlariga omillar ta‘sirini 
aniqlashda har bir ta‘sir birligining ulushdagi ko`rsatkichlari keltirilgan. 
3.2-jadval 
Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlariga ta`sir etuvchi omillar ulushi*
Ko`rsatkichlar nomi 
2013-yil 
2014-yil 
2015-yil 
ming.so`m 
jami 

ming.so`m 
jami 

ming.so`m 
jami 

1.Yordamchi ishlab 
chiqarish xarajatlari-jami 
1.1.Ish haqi xarajatlari 
1.2.Ijtimoiy sug`urtaga 
ajratmalar 
1.3.Moddiy xarajatlar 
1.4.Asosiy vositalar va 
nomoddiy aktivlar 
amortizatsiyasi 
1.5.Boshqa xarajatlar 
*Manba: Korxona hisobot ma`lumotlari 2013-2015-yillar 


3.2-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarining
jami hajmidagi ulushini 2013-yilda moddiy xarajatlar, 2014-2015-yillarda ish haqi 
xarajatlari tashkil etgan. 
3.3-jadvalda jami xarajatlar ichida ish haqi xarajatlari qancha foizni tashkil 
etishi, hamda uning tarkibida asosiy va yordamchi ishlab chiqarishdagi ishchilarga 
to`langan ish haqi xarajatlarining ulushlari keltirilgan.
3.3-jadval 
Ish haqi xarajatlarining jami xarajatlar tarkibidagi ulushi*
Ko`rsatkich nomi 
2013 
2014 
2015 
2015-yilning O`zgarish 
2013-yilga 
nisbatan 
2014-yilga 
nisbatan 
(+;-) 
(%) 
(+;-) 
(%) 
1.Ish haqi xarajatlari, 
mln.so`m 
jami xarajatdagi 
ulushi(%) 
jumladan: 
1.1.Asosiy ishlab 
chiqarishdagi ishchilar 
ish haqi xarajatlari, 
mln.so`m 
ish haqi xarajatlaridagi 
ulushi(%) 
1.2.Yordamchi ishlab 
chiqarishdagi ishchilar 
ish haqi xarajatlari, 
mln.so`m 
ish haqi xarajatlaridagi 
ulushi(%) 
Jami xarajat, mln.so`m 
Jami xarajatlar foizi 
*Manba: Korxona xarajatlari to`g`risidagi hisoboti 
3.3-jadvaldan ko`rinib turibdiki, 2013-2015-yillarda jami xarajatlar tarkibida ish 
haqi xarajatlarining ulushi salkam 38 % ni tashkil etgan. Shundan o`rtacha 32% ini 


asosiy ishlab chiqarishdagi, 6,3% ini esa yordamchi ishlab chiqarishdagi ishchilarga 
to`langan ish haqi xarajatlari tashkil etgan. Ish haqi xarajatlari 2015-yilda 2013-yilga 
nisbatan 24,6% ga oshgan bo`lsa, 2014-yilga nisbatan 22,1% ga oshgan.
Bunga ta‘sir etuvchi quyidagi omillar miqdor jihatdan hisoblanadi. 
1. Ishlab chiqarish hajmini o‘zgarishi; 
2. Ishchilar sonini o‘zgarishi; 
3. Bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik ish haqini o‘zgarishi. 
Korxonaning jami xarajatlari tarkibida shuningdek moddiy xarajatlar kata 
ulushni tashkil etadi. Material xarajatlar mahsulot hajmining o‘zgarishiga ta‘sir 
qiluvchi o‘zgaruvchan xarajatlar hisoblanadi. Shu sababli ularning o‘zgarishini 
o‘rganishda, albatta, o‘zaro aloqadorlik darajasiga ham ahamiyat berish talab etiladi. 
Bunda har bir so‘mlik mahsulot hajmiga to‘g‘ri keladigan yoki ishlab chiqarish 
xarajatlarining material sig‘imi ko‘rsatkichlariga muhim e‘tibor berilishi lozim.
Quyida keltirilgan rasmlarda 2015-yilda korxona bo‘yicha jami moddiy 
xarajatlar tarkibi keltirilgan. 


3.4-rasm. Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari tarkibidagi moddiy xarajatlarning ulushi
3.5-rasm. Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari tarkibidagi moddiy xarajatlarning ulushi
Alohida olingan mahsulotlar ishlab chiqarish tannarxini aniqlashga hisob-
kitoblarning muhim ob‘ekti sifatida qaraladi. Bunda mahsulot tannarxining to‘g‘ri 


aniqlanishiga ahamiyat beriladi. Mahsulotlar tannarxini aniqlash va hisobga olish, 
moliyaviy natijaviylikni tarkibli o‘rganish bilan birga, foydaning shakllanish 
qatorlarini to‘g‘ri baholash imkonini beradi. Bir xildagi mahsulot turlarini ishlab 
chiqaradigan korxonalarda mahsulot tannarxini qiyosiy tahlili va uning natijalari 
iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirishga xizmat qiladi.


3.2. Ishlab chiqarish xarajatlarini optimallashtirish yo`llari 
Xarajatlarni doimiy ravishda pasaytirib borish korxona foydasini oshirishning 
asosiy vositasi bo`lib xizmat qiladi. Zero bajarilgan qurilish-montaj ishlarining 
tarkibini asosiy elementlari bu xarajat va foydadir. Binobarin, xarajatlar qanchalik 
qisqarib borsa, shunga mos foyda miqdori oshib boradi. Lekin, korxona xarajatlarini 
kamaytirish murakkab masala hisoblanadi. Chunki, har bir korxona yuqorida aytib 
o`tilganidek, qilgan bir so`mlik xarajatiga qarab foyda oladi. Bizning 
mamlakatimizda buxgalteriya hisobida ―xarajatlar‖ tushunchasini o`rniga ko`pincha 
―tannarx‖ tushunchasi ishlatilib kelinadi. Tannarx ishlab chiqarish xarajatlarini 
yig`indisidan iborat bo`ladi. Mahsulot tannarxi tarkibi har bir tarmoqda o`ziga xos 
xususiyatga ega.
Ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirishning asosiy yo`nalishlaridan biri bu 
fan-texnika taraqqiyotining yutuqlaridan oqilona foydalanishga erishishdir. Fan-
texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanish mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan, 
xom-ashyo materiallaridan yoqilg`i resurslaridan yanada to`laroq foydalanishga 
imkon beradi. Shuningdek, yangi unumdorligi yuqori bo`lgan, samarador mashina, 
dastgoh va yangi texnologik jarayonlar yaratilishi, uni ishlab chiqarishga joriy etish 
pirovard natijada korxonada ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga sharoit 
yaratadi. Fan-texnika taraqqiyotining XX asr ikkinchi yarmidagi o`ziga xos jihati 
prensipial yangi texnologik ishlab chiqarish usuliga o`tishi bilan xarakterlanadi. 
Uning mavjud texnologik ishlab chiqarish usullaridan ustunligi faqat nisbatan yuqori 
iqtisodiy samaradorligida emas, balki, sifat nuqtai nazaridan yangi moddiy ne`matlar 
va xizmatlarni ishlab chiqarish imkoniyatlaridadir. Qurilish tashkilotlarida maxsus 
mashina va uskunalar ish faoliyatini alohida hisobga olib borishning obyektiv va 
subyektiv sabablari mavjud. Ularning asosiylariga quyidagilarni kiritish mumkin:

Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish