Sportda matematika


Sog‘lom avlod dasturi va uni targ‘ib qilish. Respublikamizda bolalar salomatligini saqlash



Download 15,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/422
Sana22.04.2022
Hajmi15,38 Mb.
#572468
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   422
Bog'liq
4 ANATOMIYA

Sog‘lom avlod dasturi va uni targ‘ib qilish. Respublikamizda bolalar salomatligini saqlash 
yo‘lida olib borilayotgan islohatlar
.
 
Mustaqil davlatimizning mustahkamligini saqlash, uni 
rivojlantirish, butun dunyoga tanitish — bo‘lar hammasi kelajak avlodning oldida turgan asosiy 
vazifalardandir. Shuning uchun yosh avlodni har tomonlama etuk, sog`lom va chiniqqan qilib 
tarbiyalash pedagog va tarbiyachilar, tibbiyot xodimlari, ota —onalar va keng jamoatchilik oldida 
turgan yuksak vazifalardan biridir. Xozirgi kunda respublikamiz rahbariyati yosh avlodni etuk 
inson darajasiga etkazish, salomatligini mustahkamlash uchun barcha imqoniyatlarni ishga 
solmoqda. Mamlakatimizda «Kadrlar tayyorlash», «Sog‘lom avlod" milliy dasturlari ishlab 
chiqilgan.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 3-dekabrdagi 589-sonli qarori bilan 
«YOsh avlodni sog‘lomlashtirish muammolarini majmuali hal etish»
ning kengaytirilgan dasturi 
tasdiqlangan. Maskur dasturda bolalarning sog‘ligini mustahkamlash va umrini uzaytirishda 
jamiyatimizning har bir a’zosi sog`lom turmush tarziga rioya qilishlari muhim ahamiyatga ega 
ekanligi qayd etilgan.
Ma’naviy va ahloqiy etuk, intellektual rivojlangan, jismoniy baquvvat, har tomonlama kamol 
topgan shaxsni shakllantirishga qaratilgan keng ko‘lamli tadbirlarni amalga oshirish maqsadida 
mamlakatimizda «2000-yil Sog‘lom avlod yili» deb e’lon qilindi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 15-fevraldagi 46-sonli qarori 
bilan 
«Sog‘lom avlod» Davlat dasturi
tasdiqlandi. Maskur dastur 2000-yildan boshlab ko‘p yillar davom 


75 
etadigan tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu davlat dasturi asosida O`zbekiston Respublikasi Xalq 
ta`limi va Sog‘liqni saqlash Vazirliklarining «Sog‘lom avlod» majmuali tadbirlari ishlab chiqilgan. 
Sog‘lom farzand sog‘lom oilada dunyoga keladi. SHu bois balog‘at yoshidagi yigit qizlardan to 
nikohgacha oilaviy hayotga jismoniy, tibbiy va ruhiy jihatdan tayyor bo‘lishlari talab etiladi.
Hukumatimiz tomonidan o‘sib kelayotgan avlodning salomatligini yaxshilash va himoya qilish 
bo`yicha qator tadbirlar o`tkazilmoqda. «Sog‘lom avlod» jamgarmasi tuzildi, va «Sog‘lom avlod» 
ordeni ta’sis etildi. Ona va bola salomatligiga alohjida e’tibor berilmoqda. SHuningdek, bolalar 
o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish ham davlat ahamiyatiga ega bo`lib qolmoqda. 
Atrof — muhitning ifloslanishi, tabiat va inson o‘rtasidagi muvozanatning buzilishi jamiyatning 
rivojlanishiga, insonlar sog‘ligiga salbiy ta’sir etib, umumbashar muammoga aylanib bormoqda. 
Ma’lumki, 2002 yil sentabr oyida Yoxannesburg shaxrida «Barkaror rivojlanish» mavzusi bo‘yicha 
o‘tkazilgan Xalqaro Sammitda ekologiya ta’limiga va aholining sog‘ligini saqlashga katta ahamiyat 
berildi. Unda insonlar sog`ligiini yaxshilash uchun profilaktik choralarga katta e’tibor berish, 
yoshlar o‘rtasida ta’lim — tarbiya ishlarini amalga oshirish zarurligi aytib o‘tildi. 
Darhaqiqat, bolalar va o‘smirlar asosiy vaqtini maktabda o`tkazar ekan, ularning jismoniy va aqliy 
rivojlanishiga, ularda kelib chiqayotgan kasalliklarni oldini olishga alohida e’tibor bermogimiz 
lozim. O‘qituvchi va tarbiyachilar jismonan sog‘lom va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash 
uchun bolalarning o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini puhta o‘rganishlari lozim. Maktab 
o‘quvchilari uchun kun tartibi va dars jadvallarini tuzish, bolalarga aqliy va jismoniy mehnatlarni 
tug`ri taqsimlagan xolda, ularning yoshi va fiziologik xolatini ham hisobga olish maqsadga muvofik 
bo‘ladi. Bolaning fiziologik xolatini, jismoniy va intellektual o‘sish va rivojlanish me’yorlarini 
bilgan xoldagina ularni turri tarbiyalash va o‘qitish mumkin. Xar bir ota —ona, pedagog va 
tarbiyachi bola sog‘lom, har tomonlama barkamol bo‘lib o‘sishi uchun gigienik talablarni va 
organizmning o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilishi zarur. O‘sib borayotgan organizm 
yoshiga muvofik xolda aqliy va jismoniy ish bilan ta’minlanadi. Pedagog va tarbiyachilar bolaning 
ana shu bajara olish imqoniyatini hisobga olishi kerak. SHuningdek, me’yoriy gigienik sharoit 
yaratib berish — o`quvchining kun tartibi, maktabda va uyda aqliy va jismoniy mehnat qilishi, 
ovqatlanishi, dam olishi hamda tashqi muhitning boshqa sharoitlari (havoning tozaligi va harorati, 
xonaning yoritilishi, mebellarning mos kelishi va boshqalar) nazardan chetda qolmasligi kerak. 

Download 15,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish