4-§. Fuqarolik huquqining metodi va vazifalari
Huquqni tartibga solish metodi, m a’lumki, muayyan huquq sohasi-
ning predmetini tashkil qiluvchi ijtimoiy munosabatlarga ta ’sir ko‘r-
satishga yo‘naltirilgan huquqiy vosita va usullarning majmuasini ang-
latadi. Bunday ta ’sir ko‘rsatishning samarali b o ‘lishi va bunda ijobiy
natijaga erishish uchun qo‘llaniladigan vositalar tartibga solinadigan
munosabatlarning asl mohiyatiga, ularning tabiatiga muvofiq kelishi
muhim ahamiyatga ega. Boshqacha aytganda, huquqni tartibga solish
metodining mazmuni uning predmeti, tabiatini belgilab berishi lozim.
Fuqarolik huquqida bir-biriga bo‘ysunmaydigan mustaqil subyekt-
Iarning tengligi, erkin xohish irodasi asosida shakllanadigan xususiy
(mulkiy va nomulkiy) munosabatlar haqida so‘z borganligi bois, uning
metodi ommaviy huquq tizimi doirasida foydalaniladigan vosita va
usullardan farq qiladi. Agar ommaviy huquqning tabiatiga ko‘ra, unda
aksariyat m a’muriy tusdagi ko‘rsatma, farmoyish va taqiq metodlari
amal qilsa, xususiy huquq (fuqarolik huquqi) uchun esa, subyektlarga
o ‘z ehtiyojlarini va manfaatlarini qondirishga xizmat qiladigan huquqiy
vositalardan mustaqil foydalanish ham da tashabbus ko‘rsatish imko-
niyatlarini yaratuvchi dispozitiv (belgilab beruvchi) vositalar va usullar
xosdir.
Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish metodining sohasi xususiy
huquqqa taalluqliligini, uning muayyan turdagi munosabatlarga samarali
ta ’sir ko‘rsatish uchun muvofiqligini belgilovchi to ‘rtta asosiy belgilari
mavjud:
— tartibga solinadigan munosabatlar subyektlari (ishtirokchilari)
ning huquqiy holati;
— subyektlar o ‘rtasidagi huquqiy aloqalar (m unosabatlar)ning
vujudga kelish xususiyatlari;
— nizolarni hal etishning o ‘ziga hosligi;
— huquqbuzarlarga nisbatan q o ‘llaniladigan majburlov ta ’sir
choralarining xususiyatlari.
Xususiy huquqni tartibga solishning xususiyatlarini hisobga olgan
holda, ushbu belgilarni fuqarolik huquqi m etodida quyidagicha talqin
qilish mumkin:
1.
Fuqarolik huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining yuridik
jihatdan tengligini tan olish yo‘li bilan ularning iqtisodiy mustaqilligi
va bir-biriga qaram emasligi e ’tirof etiladi. Fuqarolik huquqi m eto-
dining asosiy tavsifini belgilovchi subyektlarning yuridik tengligi ularning
qonunga zid b o ‘lmagan erkin xatti-harakatlari uchun huquqiy asos
yaratish bilan birga, har qanday m a’muriy tusdagi majburlov, aler
burish kabi vosita va usullarga chek q o ‘yadi.
2. Umumiy qoidaga ko‘ra, ishtirokchilarning iqtisodiy mustaqilligi
va bir-biriga qaram boim asligi ularning o‘zaro kelishuv, o ‘z erklariga
muvofiq harakat qilishlariga imkon beradi. Shuning uchun fuqarolik
muomalasi oqibatida subyektlar m uom alasi subyektlarning o ‘zaro
munosabatlarini tartibga solishda huquq va majburiyatlar vujudga
kelishiga asos bo‘ladigan vositalardan biri sifatidagi shartnom a (keli-
shuv)dan foydalanadi.
3. Fuqarolar m uom alasida taraflar o‘zaro aloqalari va ulam ing
m azm unini bevosita o ‘zlari belgilashlarini t a ’minlovchi dispozitiv
fuqarolik-huquqiy tusdagi norm alarga asoslanadi. Bu qoida ularga
qonun bilan taqiqlanm agan, m aqsadga muvofiq b o ‘lgan keng ko‘-
lamdagi harakatlarni o ‘z xohishlari b o ‘yicha amalga oshirish uchun
shart-sharoit yaratadi. D em ak, dispozitiv norm alarda belgilangan
hollarga muvofiq taraflar o ‘zaro kelishib harakat qilishlari yoki
ularni q o ‘llashdan voz kechishlari va boshqa shartlarni (qonunga
zid b o ‘lm agan) o ‘z x a tti-h a ra k a tla ri u ch u n asos qilib olishlari
mumkin.
4. Fuqarolik huquqiy m unosabatlar ishtirokchilari manfaatlarini
himoya qilish vositalaridan foydalanish yoxud foydalanmaslikni o ‘z
xohishlariga ko‘ra hal qilishda erkindirlar. Bu o ‘z navbatida, ularning
o ‘zaro aloqalarini tashabbus ko‘rsatish orqali amalga oshishidan dalolat
beradi. Binobarin, subyektlarga tashabbus ko‘rsatishga va o ‘z munosa-
batlarini tashkillashtirishga intilish bo‘lmas ekan, yaxshi natijaga erishish
qiyin bo‘ladi.
5. Ishtirokchilarning bir-biriga qaram bo‘lmasligi va mustaqilligi,
tengligi ular o ‘rtasidagi yuzaga kelishi mumkin b o ‘lgan nizolarni
tashkiliy-ma’muriy, mulkiy, shaxsiy vaboshqajihatdan mustaqil hamda
betaraf organ tom onidan hal etilishini taqozo etadi. Bunday organ
vazifasini um um iy sudlar, xo‘jalik sudlari, xolis sudlar bajaradilar.
Demak, fuqarolik huquqlarini himoya qilish va hal etishning sud tartibi
fuqarolik huquqida qoilaniladigan usullardan biri deb hisoblanadi.
6. Huquqbuzarlarga nisbatan qoilaniladigan fuqarolik-huquqiy
javobgarlik asosan m ulkiy xarakterda b o ia d i. F u qaro lik huquqi
predmetining asosiy qismini tashkil etgan mulkiy, shuningdek, mulk
bilan b o g iiq b o ig a n nom ulkiy munosabatlar, tabiiyki, fuqarolik-
huquqiy choralarni, xususan fuqarolik-huquqiy javobgarlikning ham
mulkiy (moddiy) ko‘rinishda b o ‘lishini shart qilib qo‘yadi. Boshqacha
qilib aytganda, mulkiy zarar ko‘rgan taraf ushbu zararning o ‘rnini
mulk bilan yoki unga teng b o ig a n qiymatda pul bilan qoplashni
talab qilishga haqli. T a’kidlash joizki, fuqarolik huquqi bo‘yicha hatto
m a’naviy zarar ham pul (mulkiy) shaklida undirilishi nazarda tutilgan.
Yagona huquq tizimining tarkibiy qismi sohasi sifatida fuqarolik
huquqi o‘ziga taalluqli vazifalarni amalga oshiradi. U shbu o ‘ziga xos
vazifalar fuqarolik huquqining tizimdagi o ‘rnini belgilashda ahamiyat
kasb etadi. Chunki har qaysi huquq sohasi bajaradigan vazifalar o ‘zining
tabiati va mazmuniga ko‘ra farq qiladi.
Shu nuqtayi nazardan qaraganda, fuqarolik huquqida tartibga
soluvchi va muhofazalovchi vazifalar asosiy o ‘rin tutadi. Zero, fuqa-
rolik huquqi, avvalam bor, jam iyatdagi iqtisodiy m unosabatlarni
tartibga soladi. U huquq buzilishlaridan ko‘ra, ko‘proq oddiy mulkiy
munosabatlarni shakllashtirish bilan bogiiq. Aynan shuning uchun
ham ushbu soha juda oz miqdordagi taqiqlovchi va keng doiradagi
imkoniyatlar yaratuvchi normalarni o ‘z ichiga oladi. Bunga asoslanib,
mulkiy munosabatlar ishtirokchilari turli fuqarolik-huquqiy vositalar
yordamida o ‘z faoliyatlarini mustaqil, hech bir tazyiqsiz amalga oshi-
radilar. Demak, fuqarolik huquqining tartibga soluvchi vazifasi subyekt-
larning erkin tarzda o ‘z faoliyatlarini tashabbus asosida o ‘zlari tashkil
qilishlariga, o ‘zlari tartibga solishlariga imkoniyat yaratishdan iborat.
U shbu vazifaning ana shunday maqsadda yo‘nalishi va mazmuni,
aytish mumkinki, fuqaroliq huquqining predmeti tarkibiga kiruvchi
munosabatlarning xususiy tabiatidan kelib chiqadi. Bu u n i ommaviy
huquqning q at’iy belgilangan tusdagi tartibga soluvchi vazifalaridan
farqini ko‘rsatadi.
Fuqarolik huquqining muhofazalovchi vazifasi, birinchi navbatda,
fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining mulkiy manfaatlarini himoya
qilishga qaratilgan bo‘lib, buzilgan huquqlarni tiklash yoki yetkazilgan
zarar o ‘rnini qoplash yo‘llari bilan amalga oshiriladi. Ushbu vazifaning
maqsadiy yo‘nalishi ham mulkiy tovar-pul munosabatlarining bevosita
ekvivalent — haq evaziga amalga oshirilishi bilan belgilanadi
Muhofazalovchi vazifalarning yana bir muhim jihatlaridan biri,
uning ayni paytda ishtirokchilami nojo‘ya xatti-harakatlardan o ‘zlarini
tiyishga, kelgusida yuz berishi mum kin bo‘lgan huquqbuzarlikning
oldini olishga xizmat qiluvchi ogohlantiruv-tarbiyaviy yo‘nalishga ega-
ligidir. Uning bu jihati, ayniqsa, shartnom adan tashqari kelib chiqa-
digan majburiyatlarni, shuningdek, shaxsiy nomulkiy m unosabatlarni
tartibga solishda yaqqol namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |