bet.
54
54
Standartlashtirish qanday ustunlik beradi ?
- ommaviy avtomobil ishlab chiqarishda standartlashtirish – hamjihat ishlab
chiqarish darajasini doimiy ravishda oshirib boradi.
- standartlashtirish sifat, xavfsizlik va ishlab chiqarish samaradorligini
oshishiga olib keladi.
- standartlashtirish va doimiy takomillashtirish orasidagi bog‗liqlik aniqlanadi.
- ish tartibini va vizual boshqaruvlarni standartlashtirish ish joyini madaniy
tashkil etishga olib keladi.
Biriktirilgan sifat - nima?
Ko‗zlangan sifat darajasiga erishishda, har bir jarayonni bajarishda
birinchisidayoq qo‗yilgan talablarni to‗g‗ri bajarish, nuqson bo‗lmasligini
ta‘minlash va keyingi jarayon sifat ko‗rsatkichiga salbiy ta‘sir ko‗rsatmaslikka
yo‗naltirilgan metod.
SHior: Barcha ishni sifatli bajaraman!
Sifatli tayyorlayman!
O‗z iste‘molchimni qanoatlantiraman!
Har qanday muammoni o‗zaro birgalikda hal etaman!
Nuqson - qo‗yilgan talabga nomuvofiqlik !
Nuqson – standartda o‗rnatilgan sifat talablariga muvofiq bo‗lmagan alohida
ajratilgan mahsulot.
Mahsulot sifatni past bo‗lishi - sotuv, xavfsizlik va atrof-muhitlardagi
yo‗qotishlarga olib keladi!
Qisqa vaqtda yetkazish prinsipini joriy etish qanday ustunlik beradi?
- iste‘molchi buyurtmasini qisqa vaqtda bajarishni ta‘minlash;
- buyurtmani qisqa vaqtda yetkazish orqali ishlab chiqarishdagi yo‗qotishlarni
kamaytirish;
- xom-ashyo va mahsulotni qabul qilish va chiqarishda dastlabkini kiritish-
dastlabkini chiqarish prinsipidan foydalanish;
- ish joylariga oz miqdordagi partiyalarda yetkazishni rejalashtirish;
- buyurtma bo‗yicha ta‘minlash bilan materiallarni boshqarish;
bet.
55
55
- materiallarni tejamli yetkazish orqali natijaviylikka erishish.
Buyurtma yetkazilishiga qadar qilinadigan ishlar:
- o‗z vaqtida aniq buyurtmani olish;
- aniq ishlab chiqarish grafik-rejasini tuzish;
- ishlab chiqirish grafik- rejasiga muvofiqlikni ta‘minlash;
- nuqsonsiz va qayta ishlovsiz yuqori sifatni ta‘minlash;
- iste‘molchiga tez yetkazishni ta‘minlash;
- to‗lovni olish.
Buyurtmani o‗z vaqtida yetkazish nima uchun ahamiyatli?
Ideal mijoz: qancha kerak bo‗lsa, shuncha kutishga tayyor!
Real mijoz: kutishni hohlamaydi, u boshqani o‗ylab qolishi mumkin?
Yetkazuvchi va iste‘molchini material yoki ma‘lumotlar bilan: - kerakli
miqdorda; - o‗z vaqtda; - kerakli joyda; - muvofiq jihozda; - qisqa vaqtda; -
sifat talabida, minimal sarf-harajatda ta‘minlash.
Doimiy takomillashtirish prinsipini maqsadi:
- atrof muhitni o‗rganish;
- asosiy muammoni ajratish, muhokama o‗tkazish, tub sababni topish, to‗g‗ri
qaror chiqarish va tez bartaraf qilish uchun chora tadbirlar ishlab chiqish;
- darajalardagi munosabatlar o‗rtasidagi tusiqlarni olib tashlash;
- muammo darajasini aniqlashda kaskad usulidan foydalanish;
- yo‗qotishlarni kamaytirishda ishlab chiqarish madaniyati tizimi (5S) rivojla-
nishini qullab quvvatlash;
- yetakchilik bilan namuna bulish.
OLTI ASOSIY MAQSAD
XAVFSIZLIK
Do'stlaringiz bilan baham: