Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti shahrisabz filiali



Download 7,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/141
Sana21.04.2022
Hajmi7,43 Mb.
#570810
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   141
Bog'liq
fayl 1040 20210522

Yahudiylik (Iudaizm)
- eng qadimgi dinlardan bo‘lib, eramizdan oldingi XIII 
asrda yahudiylarning milliy dini sifatida vujudga kelgan. Bu din o‘zining asosiy 
aqidalarini bevosita o‘sha davrda mavjud bo‘lgan politeistik dinlardan olgan. Uning 
paydo bo‘lishi va mustaqil monoteistik din sifatida maydonga chiqishi markazlashgan 
yahudiy davlatining tashkil topishi bilan uzviy bog‘liqdir. 
Hozirgi Falastin hududida qadimgi zamonlarda dehqonchilik va chorvachnlik 
bilan shug‘ullangan ko‘chmanchi yahudiy qabilalari yashagan. Bu qabilalarda din 
sifatida aiimizm, magiya, fetishizm, sehrgarlik va turli o‘simlik hamda hayvonlarga 
sig‘inish hukmronlik qilgan. Yahudiy qabilalari o‘zlarini muayyan hayvonlarning 
nomlari bilan ataganlar. Iudaizmning "muqaddas'' kitoblar to‘plamida hayvonlarni va 


47 
o‘simliklarni, tabiatdagi dahshatli, stixiyali kuchlarni, arvoxlarni va boshqalarni 
e'zozlash izlari bor. 
Ruhoniylar iudaizmning obro‘sini ko‘tarish maqsadida yahudiylar "mumtoz 
xalq.", unga dinni xudoning o‘zi ato etgan, degan fikrni ilgari surardilar; hozir ham 
qisman shunday. Buning isboti sifatida ular asrlar davomida jamiyatda sodir bo‘lgan 
ulkan ijtimoiy o‘zgarishlar iudaizm ta'limotiga hech qanday ta'sir ko‘rsatmadi, u yagona 
milliy dinligacha qoldi, shuning uchun uning ijtimoiy va gnoseologak ildizlari ham 
yo‘q, deb jar solmoqdalar. Аslida esa yahudiy xalqining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitiga 
muvofiq iudaizm, boshka dinlar kabi, shakl va mazmunini bir necha bor o‘zgartirgan. 
Iudaizm politeizmdan monoteizmga o‘tguncha bir qancha tarixiy jarayonni 
boshdan kechirgan. Bu jarayon ibtidoiy jamoa tuzumidan quldorlik jamiyatiga 
o‘tguncha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Mana shu tarixiy davrda yahudiy qabilalarn 
ko‘p xudolarga e'tiqod qilganlar. Har bir qabilaning, har bir urug‘, hatto shaharning o‘z 
xudosi bo‘lgan, shuningdek moddiy olam hodisalarining har bir guruhi alohida 
xudoning nomi bilan bog‘langan. "Sening shaharlaring qancha bo‘lsa, xudolarning 
shahri ham shunchadir", deyiladi Tavrot yozuvlarida. Iudaizmda mahalliy avliyolar 
xisoblanmish Iso (Iisus), Ravin, Ibrohim (Аvraam), Ishoq (Isaak) Yoqub (Iakov), Yusuf 
(Iosif) va boshqalar. Bular boshqa dinlarda ham payg‘ambar deb tan olingan. 
Eramizdan avvalgi X asrda iudaizm yahudiy qabilalari o‘rtasida sinfiy 
tabaqalanish ro‘y berishi va quldorlik munosabatlarining vujudga kelishi jarayonida 
mavjud qabilaviy dinlar asosida shakllangan. 
Аmmo tarixiy fenomen sifatida iudaizmning rivojlanishi qabilalar o‘rtasidagi 
munosabatlar taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liq edi. Chunki qabilaviy xudolar 
evolyutsiyasi natijasida yagona xudo yuzaga kela boshlagan edi. Bu jarayon o‘sha 
davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga asoslanishi muqarrar edi. Rivojlanishning 
muayyan davrida eng kuchli qabilalar xudosi boshqa qabila xudolaridan yuqori turuvchi 
bosh xudo hisoblana boshlagandi. Falastindagi Ruvim, Simon, Levin va Iuda singari 
eng mashhur qabilalar obro‘si ko‘tarila boshlagan. Bularning orasida Iuda qabilasi 
kuchli hisoblanib, obro‘si juda oshib ketgan, uning xudosi Yahve esa barcha xudolardan 
yukori turuvchi yakka hukmron xudo sifatida qabul qilingan. Bunga qadar politeizmda 
Yahve tog‘-tosh, chaqmoq, momaqaldiroq va suv xudosi sifatida tasvirlangan. quldorlik 
davlatining barpo etilishi va rivojlanishi yahudiy qabilalarini yaqinlashishi va 
birlashishiga olib kelgan. Yahudiy davlati vujudga kelishi bilan yahudiy qabilalari 
o‘zlarini yerda hukmdor deyish bilan cheklanmasdan, yagona xudoni ham osmon 
hukmdori sifatida tan olishgan. 
Shu tariqa Yahvedan boshqa xudolarga e'tiqod qilishga barham berilgan. Ilgarigi 
qabila xudolaridan biri bo‘lgan Yahve yakka deb e'tirof etilgan. qudus (Ierusalim) 
shahrida markaziy ibodatxona qurilgan va yahudiy milliy-davlat dini vujudga kelgan. 
Yahudiylik monoteizm sinfiy munosabatlar bilan bevosita bog‘liq ravishda yuzaga 
kelganligi uchun jamiyat hayotidagi tengsizlikni oqlagan. 
Iudaizm milliy-davlat dini sifatida podsho himoyasidagi ruhoniylar mavqeini 
mustaqkamlagan, hamda podshoning g‘oyaviy himoyachisiga aylanganlar. Yahudiy 
ruhoniylari, kohinlar politeistik dinlardagi aqida, rivoyat, mifologik qarashlarni, urf-
odat, marosimlarni hukmron sinf manfaatlarini ko‘zlab, yangi monoteistik din 


48 
talablariga moslab qayta ishlash orqali iudaizmning asosiy aqidaviy ta'limotlarini o‘zida 
aks ettiruvchi muqaddas kitoblarni yaratdilar. 
Shunday qilib, iudaizmning rivojlanishi va bu din ta'limotining vujudga kelishi 
uzoq davrlarni o‘z ichiga olgan. Shulardan dastlabkisi Bibliya davri, deyiladi. Bibliya 
tekstlari bir necha yuz yillar davomida yuzaga kelgan. U ikki qismdan - qadimiy 
axdnoma (Vetxiy zavet) va Yangi axdnoma (Novьy zavet) dan iborat. Iudaizm 
ruhoniylari Yangi axdnoma tannax deb ataydilar. Iudaizm tarafdorlarining fikricha, 
tannaxni xudo - Yahve "muqaddas yozuvlar" sifatida yahudiylarga yuborgan. Аslida esa 
Yangi axdning mualliflari uni yozishda qadimgi Sharq xalqlarining turli diniy e'tiqod va 
tasavvurlari, tarixiy hikoyalar va afsonalar, mif va diniy-falsafiy qarashlar, muhabbat 
kissalari va boshqa shunga o‘xshash manbalardan foydalanganlar. 
Quldorlik tuzumi davrida iudaistlar davlati Аssiriya, Vaviloniya va yunonlar 
tomonidan bir necha bor bosib olinishi tufayli yahudiylar Falastinni tashlab ketishga 
majbur bo‘ldilar. Eramizning 70-yillarida rimliklar yahudiylarning diniy markazi 
Quddus sharif ibodatxonasini buzib tashladilar. O‘z ibodatxonasidan mahrum bo‘lgan 
yahudiylar turli joylarda mahalliy yig‘ilishlar - sinagoglar tashkil etdilar. 
Yahudiy diniy yozuvlari asosan 2 qismdan: Tavrot va Talmuddan iborat. Yahudiy 
dinida muqaddas hisoblangan Tavrot eramizdan ilgarigi ming yillik ichida shakllangan 
5 ta kitobdan iborat. Tavrotni sharxlash natijasida avvalo Mishna, so‘ng Gemara paydo 
bo‘lgan. Ularni qo‘shishdan vujudga kelgan risolalar to‘plami Talmud deb atalgan. U 
yaxudiy jamoalarida diniy urf-odat, marosim me'yorlari, ijozatlar, taqiqlar, fukarolik 
munosabatlari, oilaviy hayot va boshqalarga oid ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olgan. 
Yahudiy dinidagi asosiy aqida yakka xudo - Yahvega e'tiqod qilishdir. Diniy 
aqidalardan birida zamona oxir bo‘lgach, Yahve o‘z elchisi Mahdiy (Messiya) ni 
yuborib, "mumtoz xalq"ni dunyoga hukmron qilarmish. Iudaizmda mahdiylik 
g‘oyalariga keng o‘rin berilgan. Muso xudoning amrini yerga yetkazib turuvchi 
payg‘ambar tariqasidagina emas, balki insonlarni yovuzlikdan, gunohdan saqlash 
maqsadida xudo yerga yuborgan vakil sifatida ham tasvirlangan. 
Iudaizmda murakkab urf-odat va marosimlar bo‘lib, uni ta'limotining muhim 
aqidalaridan biri kishilarni azob-uqubatlardan qutqarish bilan yurtda adolat o‘rnatib, 
olamni yangilovchi Maxdiyning kelishini kutishdir. Iudaizm ta'limoti inson hayotini 600 
turdan zied toat-ibodat, urf-odat bilan bog‘laydi. 
Iudaizm tarixi davomida uning bir qancha mazhab va yo‘nalishari paydo bo‘lgan. 
Iudaizmda XX asrda vujudga kelib, faoliyatini hozirgacha davom ettirayotgan 
islohotchilar dinni zamonaviylashtirishga intildilar va Turli tangliklar iudaizmni o‘z 
sistemasiga ba'zi tuzatishlar kiritishga majbur etdi. 
Iudanizmning asosiy aqidalari orasidagi eng muhimlari -monoteizm - yagona 
xudo bo‘lmish Yahvega e'tiqod; xaloskorlik - xudo tomonidan yuboriladigan xaloskor 
Mahdiga ishonch; bu xaloskor dunyoni qayta qurar va butun yahudiylarni Falastindan 
Sinion (Quddus yaqinidagi tepalik) atrofiga to‘plashi va ularning dushmanlarini 
jazolashi, narigi dunyoga ishonch, oxiratda har kimning o‘z qilmishiga yarasha ajrini 
topishi, jannat va do‘zaxlarning mavjudligiga, dunyoning oxiri borligiga, muqaddas 
kitoblarning benuqsonligiga ishonishdir. 
Ilohiyotchilar fikriga binoan, Bibliya ning birinchi besh kitobi bo‘lmish Tavrot 
(aynan tarjimasi qonun, Musoning besh kitobi) yahudiylarga yetkazish uchun Muso 


49 
payg‘ambarga xudo Yahvening shaxsan o‘zi Sinion tepaligida bergan. Bibliyaning 
boshqa qismlari esa (Qadimgi ahdga taalluqlisi) xudoning bevosita pand-nasihatlari 
ta'siri natijasida yahudiylarning boshqa turli payg‘ambarlariga yuborilgan deb 
tushuniladi. Shunday qilib Bibliyani shakllanishi uzoq davrni o‘z ichiga oladi. 
Odatda iudaizm shartli ravishda ikki davrga bo‘linadi. Birinchisi, qadimiy 
(quldorlik davri bo‘lib, u milodning II asrigacha bo‘lgan bu davrda Bibliyaning qadimiy 
ahd qismi yuzaga kelgan. Ikkinchisi, XIX asrgacha davom etgan O‘rta asr feodal, 
ravvin, talmud, an'anaviy davrlarga bo‘linadi. Shu davrlarda diasporalarda (yun. tarqoq 
falastindan tashqaridagi yahudiy masqanlarining nomi) Tavrotni talqin etish natijasida 
iudaizmning yangi bir mukaddas kitobi Talmud (qadimgi yahudiy tilida o‘rganish) 
shakllangan. Unda iudaizmning aqida va marosimlari batafsil yoritilgan. XVIII asrning 
oxiri va XIX asrning boshlarvda iudaizmda yangi bosqich- isloh qilingan iudaizm 
vujudga kelgan. Bu davrlarda yangi burjua sharoitiga moslashish maqsadida aqidalarni 
yangilash va Talmudda belgilangan bir qator yo‘l-yo‘riqlardan, ibodatlardan voz 
kechishlar ro‘y bergan. 
Hozirgi zamon iudaizmida isloh qilingan iudaizm bilan bir qatorda ortodoksal 
(sof) fundamental iudaizm ham mavjuddir. Ortodoksal iudaizm Isroilda alohida 
mavqega ega bo‘lib, rasmiy davlat dini hisoblanadi. Bunga XX asrda vujudga kelgan 
muhofazakor yo‘nalishdagi iudaizm, uning mafkurachilari iudaizm va sionizm 
ittifoqining tarafdorlaridir. Utgan asrning 20-30-yillarida g‘arbda rekonstruk-tsionizm 
deb nom olgan, go‘yoki shaxsiy milliy mansubligini belgilaydigan iudaizm "yahudiylar 
revolyutsiyasidir" deb e'lon qilgan yangi yo‘nalishlar ham kiradi. 
Markaziy Osiyoda yashayotgan yahudiy dindorlari orasida asosan ortodoksal 
shakldagi iudaizm mavjud va ular shartli ravishda etnik ko‘rinishlar tartibiga muvofiq 
to‘rt xil, bo‘lib ular yevropalik, buxoro, gruzin, tog‘li yoki tat yahudiylariga bo‘linadi. 
Bu joylardagi yahudiylarning asosiy qismi, keyinchalik ular Buxoro yahudiylari 
nomini olgan, chamasi, sosoniylar davrida Mavr va Eron orqali kirib kelgan bo‘lsalar 
kerak. Bunga ularning qadimgi Fors lahjalarining tojik shevasidan biri bo‘lmish tili, 
shuningdek, ayrim eroniy odatlari va hozirgi kungacha saqlanib qolgan elatlar 
madaniyatining birgina obidasi - yahudiylarning lug‘ati 1327 yil Urganchda yozib 
tugatilgani bundan dalolat beradi. Buxoro yahudiylari o‘zlarining etnik xislatlarini 
hammadan ko‘proq anik saklab qolgan yahudiylardir. Bularga Bibliya iudaizmining 
asoslari oilaviy-maishiy tartibdagi patriarxal odatlar bo‘lmish "xalitso"-"to‘rt tirsak", 
"ketuba", "kadish" o‘n kishidan kam bo‘lmagan dindoshlar ishtirokida vafot etgan ota-
onaga bag‘ishlangan xotira ibodatlari kiradi. Ehtimol, ko‘p asrlar mobaynida ular 
yo‘qotgan asosiy narsa, faqatgina diniy ibodatlarda saqlanib qolgan va juda oz, tor 
darajadagi kishilar -ravvinlargina biladigan, qadimgi yahudiy tili bo‘lsa kerak. Tat 
yahudiylari yoki ular, ilgari aytilganidek, Dog‘iston, Shimoliy Kavkazda yashovchi 
"tog‘lik yahudiylar" Eron lahjalari shevasidan biri bo‘lgan tat tilida so‘zlashganliklari 
uchun ham eroniy tilda so‘zlashuvchi xalq hisoblanadi. Chamasi, ular V-VI asrlarda 
Darbantga Erondan ko‘chib kelgan bo‘lib, avval zardushtiylikni, keyin esa (VIII 
asrlardan boshlab) ikki asrlik Hazar kogonlarining hukmronlik davrida iudaizm ta'siriga 
o‘tganlar. Iudaizmda markaziy diniy tashkilot yo‘q, Moskvadagi xoral sinagogi va 
shibatda (o‘quv yurti) ruhoniy xodimlar; ravvinlar, kantorlar va boshqalar tayyorlanadi. 


50 

Download 7,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish