35
hayvon maymun bo‘lib Rigvedada “Vrishakani (erkak maymun) timsolida
Xanumanning timsolini ko‘rishimiz mumkin”,-degan rivoyat keltirilgan. Maymun Ram
(Ramayana dostonidagi odam-xudo) ning ittifoqchisi maymun –xudo Xanumanning
vakili sifatida ulug‘lanadi.
Hinduiylikda Hindistonning har bir hayvoni xudo yoki xudoning hamrohi deb
e'tiqod qilinadi.
Hinduiylikning aqidaviy, marosimiy, ramziy sohalaridagi tizimi
murakkablashib ketadi. Xalq ommasi doirasida hozirda ham sodda, but va ruhlarga
sig‘inish davom etmoqda.
Hinduiylik eramizdan oldingi dinlar - braxmanizm va vedaizmning evolyutsiyasi
natijasida eramizning birinchi ming yilligi o‘rtalarnga kelib shakllangan. Shu davrdan
boshlab hinduizm hukmron dinga aylangan. Hinduizm sinkretik din bo‘lib, turli
e'tiqodlar,
urf-odat va marosimlar, mahalliy diniy e'tiqod va qarashlarning murakkab
kompleksi sifatida voke bo‘lib, urug‘-qabila dinlari elementlarini, braxmanizm,
buddizm va jaynizmning asosiy goyalarini qamrab algan. Hinduizm o‘zining yagona
tashkilotiga ega emas.
Hinduizm insonning tug‘ilganadan to vafot etishigacha bo‘lgan huquq va
vazifalarini belgalab va cheklab qo‘yadi. Shuning uchun unda marosimchilikka keng
o‘rin berilgan. Hinduizm kishilarning ijtimoiy tengsizligani oklaydi va abadiylashtiradi,
ruhning bo‘lmasligi va ko‘chib aylanib yurishi (sansara ta'limoti), qayta tug‘ilishi
(karma ta'limoti), gunoh ishlar uchun javob berishi, jannat va do‘zax kabi aqidalarni o‘z
ichiga oladi.
Hinduizm politeistik din bo‘lib, unda ko‘p xudolilik elementlari saqdangan.
Hinduizm ta'limotida xudoning uch xil ko‘rinishda tasavvur etilishi (trimurti) eng oliy,
ilohiy, yakka xudoning uch xususiyati, deb talqin qilinadi. Bu xristianlikdagi uch yuzli
xudoga o‘xshaydi.
Hinduizm ta'limoticha, olam paydo bo‘lib,
yemirilib, yo‘q bo‘lib turadi, ya'ni
olamning yashashi progressiv emas, aksincha, regressiv xarakterga ega; har bir davr
olamning yuksak rivojlangan cho‘qqisidan boshlanib, uning inqirozga uchrashi bilan
tugaydi, insonlar
gunohga botib ketgach, olam yo‘qoladi.
Hinduizm jamiyatning tabaqalarga bo‘linishini aks ettiruvchi savob va jazo
(karma) g‘oyasiga asosan, inson hayotida 4 ta asosiy maqsad bor, deb da'vo kilinadi: 1)
dxarma - oila va jamiyatda diniy talablarni bajarish: 2) artxa - foydali ishlar qilish, zarur
materiallarga ega bo‘lish; 3) kama - muhabbat tuyg‘ulariga erishish, his-tuyg‘ularni
qondirish; 4) moksha - o‘zgarish zanjiridan butunlay xalos bo‘lish.
Vishnuizm va shivaizm oqimlarining vakillari o‘z xudolariga bag‘ishlab minglab
katta-kichik ibodatxonalar kurganlar. Bu dinga e'tiqod kiluvchilar "muqaddas joylar",
daryolar va boshqa har xil narsalarga sig‘inadilar. Hind xalqi orasida yovuz ruhlarga
e'tiqod qilish keng tarqalgan. Ular turli hayvonlar - ho‘kiz, sigar, maymun va ilon
kabilarga ham sig‘inadilar, ularni muqaddaslashtiradilar. Masalan, hinduizm tarafdorlari
sigirni sahiylik manbai va go‘zal ayol timsoln deb hisoblaydilar. Ruhoniylar sigirlarni
so‘ymaslik va go‘shtini yemaslikni targ‘ib kiladilar. Аmmo hinduizm sigar sutini
ichishni va undan xo‘jalikda ish hayvoni sifatida foydalanishni ta'qiqlamaydi.
Hind xalqi uchun Gang daryosi muqaddas hisoblanadi. Hinduizm diniga e'tiqod
qiluvchilar Banoras shahrini ham mukaddaslashtirishgan. Rivoyatlarga ko‘ra, go‘yo
36
Gang daresi qirgog‘ida kishi hayotdan ko‘z yumsa, narigi
dunyodagi hayoti ancha
yengillashar, jannatga yo‘l olar degan diniy fikr bor.
Hinduizmning xarakterli xususiyatlari, yuqorida qayd kilingandek, jamiyatdagi
kishilarni tabaqalarga - kastalarga ajratishdir. Hozirgi paytda kishilarni tabaqalarga
bo‘lish taqiqlangan. Аmmo tabaqalarga bo‘linish minglab yillar davom etganligi va
kishilarning ongiga chuqur singib ketganligi uchun bu masalada muayyan qiyinchiliklar
yuz bermoqda. Hinduizmning "muqaddas" yozuvlariga Veda ,
Upanishadlar kiradi. Keyinchalik "Maxabxarata" va "Ramayana" dostoniga
o‘xshash, diniy marosimlar va urf-odatlar singdirilgan har xil afsona, rivoyat, hikmatli
so‘zlar, epik dostonlar paydo bo‘la boshladi.
XIX asrning boshlarida hinduizm milliy-ozodlik harakati g‘oyalariga katta ijobiy
ta'sir ko‘rsatdi. Shu bilan hinduizmda shovinistik diniy e'tiqodlarni targ‘ib
qilgan bir
qator oqimlar ham paydo bo‘lgan.
Hozirgi vaqtda hinduizm Hindistondan tashqari Nepal, Shri Lanka, Bangladesh,
Gavana va hindlar yashaydigan boshka hududlarda tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: