144
Issiqlik izolyasiya materiallar tuzilishining bosh xususiyati bu ularning yuqori
g‘ovakligidir. Material g‘ovakligi deb, material tarkibidagi barcha g‘ovaklarning umumiy
hajmining materialning umumiy hajmiga nisbati aytiladi. G‘ovaklik materialning
g‘ovaklar bilan to‘liqlik darajasini ko‘rsatadi va odatda hajm bo‘yicha foizlarda
ifodalanadi. Materialning g‘ovak va zichlik qiymatlari o‘zaro bir-birlarini 100% gacha
to‘ldiradilar. G‘ovak qancha ko‘p bo‘lsa, zichlik shuncha kam bo‘ladi, va aksincha.
G‘ovaklar deb, materialdagi mayda bo‘shliqlarga aytiladi, ular
odatda havo yoki suv bilan
to‘ldiriladi. Qurilish materiallarining makrog‘ovak va mikrog‘ovak tushunchalari
farqlanadi. Materialning makrog‘ovak tuzilishi ko‘z bilan ko‘rinuvchi nisbatan yirik
g‘ovaklar mavjudligi bilan harakterlanadi. Materialning mikrog‘ovak tuzilishi faqatgina
mikroskopda ko‘rinuvchi juda mayda g‘ovaklar mavjudligi bilan farqlanadi. Issiqlik
izolyasiya materiallar ikki xil g‘ovaklarga ega. Amalda bu materiallar xususiyatiga
asosan ularning makrog‘ovakgi ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun, qayerda issiqlik izolyasiya
materiallar g‘ovagi
haqida fikr yuritilsa, o‘sha yerda ularning makrog‘ovak tuzilishi
nazarda tutiladi.
Issiqlik izolyasiya materiallarning makrog‘ovak tuzilishi g‘ovaksimon, donador,
tolasimon, plastinkasimon yoki aralash bo‘lishi mumkin. G‘ovaksimon tuzilish g‘ovaklar bir
xilligi va ularning materialda bir tekis taqsimlanishi bilan farqlanadi. G‘ovaklar odatda
sferaga yaqin bo‘lgan shaklga ega. Bunday tuzilish g‘ovak beton, ko‘pik Shisha, gazlangan
plastmassalar va ayrim boshqa materiallarga mos. Donador tuzilishga sochiluvchan
materiallar ega bo‘ladilar. Bunday materiallar g‘ovak miqdorini, ularning granulometrik
tarkibi bilan aniqlanadi. Granulalar shakli va o‘lchamlari bo‘yicha
qanchalik bir jinsli
bo‘lsa, shunchalik materialning g‘ovagi yuqori bo‘ladi.
Tolasimon tuzilish mineral yoki organik tolali materiallar uchun harakterlidir: asbest,
mineral va shishali paxtalar, o‘simlik tolalari. Plastinkasimon tuzilish faqat tarkibida
slyuda bargchalari bo‘lgan vermikulitda uchraydi. Aralash tuzilish masalan, tola va
donador kukunli materiallarda uchrashi mumkin: asbestodiatomit, sovelitli va boshqa
mahsulotlar. Materialdagi g‘ovaklar yopiq, ya’ni umumlashmagan,
yoki ochiq, o‘zaro
bog‘langan bo‘lishi mumkin. Odatda issiqlik izolyasiya materiallar ham yopiq, ham
ochiq g‘ovaklarga ega bo‘ladilar. Ayrim hollardagina materialda faqat yopiq yoki faqat
ochiq g‘ovaklar bo‘ladi. Materialning umumiy g‘ovagi R
ob
yopiq R
3
va ochiq R
0
g‘ovaklar yig‘indisiga teng:
R
ob
= R
3
+ R
0
Umumiy g‘ovakni, ya’ni barcha yopiq va ochiq g‘ovaklar yig‘indisini ko‘pincha haqiqiy
yoki mavjud g‘ovak deyiladi. Umumiy (haqiqiy) g‘ovak kattaligi R
ob
ni hisoblash uchun
materialning solishtirma γ
u
va hajmiy γ
0
og‘irligini bilish kerak:
Ochiq g‘ovakni ayrim xollarda tahminiy g’ovak deb ham ataladi,
chunki materialni
suv shimdirish yo‘li bilan g’ovakni aniqlashda, materialdagi barcha haqiqiy
g‘ovaklarning haqiqiy hajmi emas, bu hajmning faqat o‘zaro birlashgan g‘ovaklardan
tashkil topgan qismi o‘rnatiladi. Xuddi Shu g‘ovaklar materialga namlik kiruvchi
kapillyarlarni tashkil qiladi. Ochiq g’ovak R
0
ni suv bilan to‘ydirilgan σ
v
va
quritilgan holatdagi σ
s
material namunasi og‘irliklari farqini uning hajmi V ga bo‘lib
aniqlanadi:
145
Ayrim issiqlik izolyasiya materiallar uchun haqiqiy g’ovakning o‘rtacha
qiymati boshqa qurilish materiallari g‘ovagi bilan taqqoslanishi jadvalda ko‘rsatilgan.
Turli materiallarning haqiqiy g‘ovagi qiymati
11-jadval.
Material
G’ovak % da
Material
G’ovak % da
Po’lat
0
Issiqlik
izolyasiyalovchi
trepel g’isht
60-75
Granit, mramor
1,2-0,8
Ko’pik
shisha
85-90
Og’ir beton
9-17
Yog’och tolali g’ovak plitalar
82-87
Gilli g’isht
24-33
G’ovak plastmassalar
90-98
Yog’och
67-73
Issiqlik
izolyasiyalovchi
g’ovak betonlar
50-90
Turli issiqlik izolyasiya materiallarining g‘ovagi katta chegaralarda tebranadi. G‘ovak
issiqlik izolyasiya materiallarida g‘ovaklar o‘lchamlari odatda 3-5 mm dan oshmaydi.
ko‘pikbeton g‘ovaklarining o‘rtacha diametri 0,4-2 mm ga, gazobetonniki 0,2-0,4 mm ga
teng. Samaradorligi yuqori bo‘lgan issiqlik izolyasiyalovchi materiallar qatoriga
quyidagilar kiradi: g‘ovak plastmassa, mineral momiq,
Shisha momiq, mineral-momiqli
to‘shamalar, ko‘pchitilgan perlit va boshqalar. Plitalar tayyorlash uchun qo‘llaniluvchi
penopolistirol tarkibidagi havo 98% ni tashkil qiladi. Bu esa uning yuqori issiqlik
izolyasiyalovchi xususiyatlarga ega bo‘lishini ta’minlaydi. Ushbu material issiqqa
chidamliligi, biochidamliligi, suvga chidamliligi, sizot suvlarini ifloslantirmasligi bilan
ajralib turadi. Penopolistirol suv qo‘shilgan
kislotalar, konsentratsiyalangan, suvsiz ba’zi
kislotalar, tuzlar va ishqorlarning eritmalari, ba’zi organik erituvchilar ta’siriga turg‘un.
Alanga ta’sir qilganda polistirol yonuvchi tomchilar hosil qilmaydi, shu bilan birga u
yonganda ajralib chiquvchi gazsimon mahsulotlarning ta’siri yog’och yonganda ajralib
chiquvchi mahsulotlar zaharli ta’siridan kamroq.
Rossiya korxonalarida ishlab chiqariluvchi issiqlik izolyasiyalovchi plitalar PSB-S-15,
PSB-S-25, PSB-S-35 markali o‘zi o‘chib qoluvchi penopolistiroldan tayyorlanadi.
Plitalarning o‘lchamlari: 1000 x 1000 mm i 1400 x 1000 mm qalinligi: 20, 30, 40, 50, 60, 70,
80, 90, 100 mm va 2000 x 1000 mm o‘shanday qalinlikda va 500 mm
Do'stlaringiz bilan baham: