Yengil vaznli qurilish g‘ishti.
Bunday g‘ishtlarni yonuvchan qo‘shilmalar
aralashtirib qoliplanadi. Yonuvchan qo‘shilmalar sifatida yog’och qirindisi, tuyilgan
toshko‘mir maydasi va tuyilgan tosh ishlatiladi. Yuqori haroratda loydagi yonuvchan
qo‘shilmalar (maydalangan g‘o‘zapoya) yonib o‘rnida g‘ovaklar hosil bo‘ladi va g‘isht
vazni yengillashadi. Hajm og‘irligi , bo‘yicha yengil vaznli g‘isht uch sinfga
bo‘linadi, ya’ni A sinf – 700 dan 1000 kg/m
3
gacha, B – 1000 dan 1300 kg/m
3
gacha,
V – 1300 dan 1450 g/m
3
gacha. Siqilishdagi mustahkamligi bo‘yicha A sinfi – 75, 50,
35, B sinfi – 75, 50 va V sinfdagi g‘ishtlar esa 100, 75, 50 markalarga bo‘linadi.
Qurilishlarda ko‘p teshikli yoki yengil vaznli g‘ishtlarni ishlatish natijasida
ishlab chiqarish va g‘ishtni tashishga sarflanadigan harajatlar kamayadi. Shu bilan
birga bunday g‘ishtlardan terilgan devor yengil bo‘ladi va o‘zidan issiqlikni kam
o‘tkazadi hamda zilzila xududlari uchun qulay.
Oddiy sopol g‘isht o‘lchamlari. RST 530-95
250x120x65 mm
250x120x88 mm
Ro=1600-1900 kg m
3
Λ=0,7-0,82
Markalari: M 75, 100, 125, 250, 200, 250, 300,
Suv shimuvchanligi 8 % kam bulmasligi kerak. Markasi m 150 dan Yuqori g‘ishtlar
uchun 6 % dan kam bulmasligi kerak. Sovuqqa chidamliligi
15, 25, 35, 50. Xom ashyo-o‘rtacha plastik, tez eriydigan gil tuproq.
Samarador sopol materiallari:
Oddiy g‘ishtdan tayyorlangan devorning qalinligi 2-2, 5 g‘isht yani 52-64 sm bo‘ladi,
devorning massasi juda og‘ir (800-1100 kg) bo’ladi. Chunki g‘isht mustahkam
bo‘lsada issiq-sovuqni ko‘p o‘tkazadi. G‘ishtning issiq o‘tkazuvchanligini kamaytirish
uchun uni ichi g‘ovak, yoki yengil g‘ovak qilib tayyorlanadi.
Bunday g‘ishtlarni ishlatganda devorning qalinligini kamaytirish mumkin,
devor uchun sarf bo‘ladigan materialni 20-30 % arzonlashtirish yo‘l harajatlarini
kamaytirish mumkin.
3.
Ichi kovak g‘isht.
Tez eriydigan gil tuproq va qo’shimchalardan tayyorlanadi.
O’lchamlari 250x120x65 mm, 520x120x103 mm. Markalari 75-150.
Ro=1000-1450 kg/m
3
, issiq o’tkazuvchanligi.
Λ=0,5-0,6 vt/m grad. Sovuqqa chidamliligi
Mrz 15. suvshimuvchanligi 6 %
Binoning yuqori va ichki qismlarida ishlatish mumkin.
4.
Yengil g‘isht.
Gil tuproqqa yonuvchan qo‘shimchalar qo‘shish yo‘li bilan, hamda diatomit, trepel
kabi tog’ jinslaridan tayyorlanadi.
Zichligi (xajmiy massasi) ga ko‘ra ular uch sinfga bo‘linadi:
63
A sinf Ro= 700-100 kg/m
3
B sinf Ro= 1001-1300 kg/m
3
V sinf Ro= 1300 kg/m
3
Issiq o‘tkazuvchanligi Λ=0,3-0,6 W/ m °C
Markasi 35, 50, 75, 100. bunday g‘ishtlarni nam joylarda ishlatish mumkin emas.
G‘ishtning o‘lchamlari kichik bo‘lgani uchun yirik sopol toshlar ishlab chiqariladi.
Bunday ichi kovak toshlar bo‘lib mustahkamligi katta, devorning qalinligi 20-25 %
gacha kamaytirtsh mumkin, og‘irligi 50 % ga kamayadi. O’lchamlari har xil bo‘lishi
mumkin.
Tosh materiallaridan olinadigan pardozbop buyumlarga plitalar, profili
elementlar, binolarning ichki va tashqi bezashda ishlatiladigan hamda yo’l uchun
ishlatiladigan toshlar kiradi. Bular magmatik, cho’kindi va metamorf tog’ jinslaridan
iborat.
Pardoz uchun ishlatiladigan toshlar talab qilingan darajada mustahkam, qattiq,
chiroyli, kurkam va chidamli bo’lishi kerak. Tosh materiallarining mustahkamligi
ularning tuzilishiga va ularni tashkil qilgan minerallarning zarralari orasidagi
bog’lanishga bog’liq. Mustahkamlik chegarasi (Pa) buzuvchi kuchning yuzaga bo’lgan
nisbati orqali ifodalanadi. Bunda mayda zarrali tog’ jinsining mustahkamlik chegarasi
yirik zarrali jinslarga nisbatan katta(tabl.). Tosh materiallarining chuzilishdagi
mustahkamlik chegarasi kichik 20MPa gacha, siqilishda esa bu ko’rsatgich 350 MPa
va undan yuqori.
Qattiqligi Maos shkalasi orqali aniqlanadi - bu 10 mineraldan iborat etalon
bo‘lib, eng yuqori ko’rsatgichi olmos, eng kichkina ko’rsatkichi talk. Tosh
materiallarining qattiqligi juda katta ahamiyat kasb etadi. Sklerometr yordamida
aniqlanadi.
Pardoz uchun ishlatiladigan toshlarning o’rtacha zichligi 800-900kg/m
3
(chig’anoqli ohaktosh)dan 2600-3300 kg/m
3
gacha (granit, marmar, gabbro va x.k.)
Eng kam g’ovakli toshlarga kvars (0,7%) va granit (13,3%) kiradi. Ko’p g’ovakli
toshlar (30% gacha) ohaktosh, vulqon tufi (65% gacha).
Suv shimuvchanlik, suvni o’ziga shimib olish, saqlab qolish xossasi. Granitning
suv
shimuvchanligi
0,1-0,8%,
tuf, ohaktosh, chig’anoq - 40% gacha.
Ishqalanuvchanlik-zinapoya, pol uchun ishlatiladigan materialda 2 sm
2
- harakat
soatiga 50 odam bo’lsa, 1,5 sm
2
- 50 - 100 odam soat, 0,5 sm
2
YUOdan ortiq odam
64
soni bo’ladi.Sovuqqa chidamliligi - eng kamida MrZ (M: chig’anoqli, ohaktosh, tuf.
Pardozbop tosh buyumlar toshni qayta ishlash korxonalarida tayyorlanadi. Bu
korxonalarning asosiy mahsuloti bino va qurilmalarni tashqi va ichki pardozlash uchun
ishlatiladigan pardozbop toshlar, plitalar. Chiqariladigan mahsulotning xossasiga ko’ra
toshlar qayta ishlaydigan korxonalarning quvvati unumdorligi quyidagicha bo’lishi
mumkin: mustahkam toshlar ishlab chiqaradigan korxonalar 25, 50, 100 ming m
3
.
Boshqa toshlar - 50, 100, 200, 300, 500 ming m
3
. Pardozbop plitalar tayyorlanish
usuliga ko’ra 3 turga bo’linadi: qoliplangan yoki presslangan, arralab olingan, tosh
bo’laklaridan kleylangan. Bularga bog’lovchi sifatida sement epoksid smolalar va x.k.
ishlatiladi. Plitalarning yuzasi mozaika yoki guldor ornamentli qilib chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |