O‘zbekiston zamini /2019 Tahrir hayʼati


Tadqiqot metodi va uslublari



Download 16,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/165
Sana21.04.2022
Hajmi16,18 Mb.
#570093
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   165
Bog'liq
QkpYhJ08PPUGEBGSyzeejz5Djsujhi4K0atZIk0i

Tadqiqot metodi va uslublari.
Qishloq 
xo‘jaligi aylanmasidan u yoki bu sabab bilan 
chiqib ketgan yer maydonlarini aniqlash, ekin 
yerlarining holatini buzilish sabablarini o‘rganish, 
bunday ishlarni bajarishga imkon beruvchi yer 
tuzish tadbirlarini, xususan, yerlarni yoppasiga 
inventarizatsiyalash ishlarini o‘tkazib turish 
muhim masalalardan hisoblanadi. Bu tadbir, 
odatda bir vaqtda o‘tkaziladigan tadbir bo‘lib, 
unda yerldarning miqdori va foydalanish holati 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish maqsadida 
qishloq xo‘jaligi va boshqa yer turlari bilan band 
maydonlar joyda o‘rganiladi [6]. Shunday ekan, 
holati buzilgan qishloq xo‘jaligi yerlarini qaytarish 
va qayta tiklash maqsadlarida bunday maydonlarni 
joylarda aniqlash bo‘yicha olib boriladigan 
tadqiqotlarda qiyosiy tahlil va monografik 
izlanishlar, usullaridan keng foydalanish maqsadga 
muvofiq bo‘ladi.
Tadqiqot natijalari va ularning 
muhokamasi. 
Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, 
2020 yilda qishloq xo‘jaligida 20761,6 ming 
gektar, shu jumladan 3259,2 ming gektar 
sug‘oriladigan ekin maydonlaridan foydalanib 
[2], aholi uchun oziq˗ovqat mahsulotlari, sanoat 
uchun xom˗ashyo yetishtiriladi. Sug‘oriladigan 
maydonlarning unumdorligini oshirish, meliorativ 
holati va suv ta’minotini yaxshilash maqsadida 
davlat dasturlari doirasida katta hajmlardagi 
irrigatsiya va melioratsiya tadbirlari amalga 
oshirilmoqda. Xususan, 2008˗2017 yillar 
davomida 1,7 mln gektardan ortiq sug‘oriladigan 
maydonlarning suv ta’minoti hamda 2,5 mln gektar 
maydonlarning meliorativ holati yaxshilandi 
[1]. Ammo global iqlim o‘zgarishi natijasida 
so‘nggi yillarda davriy ravishda kuzatilayotgan 
suv tanqisligi va ichki irrigatsiya tarmoqlarining 
asosiy qismi yaroqsiz holga kelganligi, meliorativ 
tarmoqlardagi nosozliklar natijasida respublika 
bo‘yicha 2019 yilga kelib deyarli 268,0 ming 
gektar sug‘oriladigan ekin yerlarining holati 
buzilib, qishloq xo‘jalik aylanmasidan chiqib 
ketgan [1]. Tadqiqotga tortilgan bitta, Bo‘ka 
tumanida ham 2020 yilga kelib shunday 
maydonlarning miqdori 3452,0 gektarni tashkil 
etgan [3]. Butun respublika kabi Bo‘ka tumanida 
ham yillar davomida irrigatsiya va melioratsiya 
holati yomonlashuvi natijasida foydalanishdan 
chiqib ketgan yerlarni bosqichma˗bosqich 
qayta foydalanishga kiritish, yer osti suv 
zaxiralaridan samarali foydalanish, suv tejamkor 
texnologiyalarni joriy etish hamda ichki irrigatsiya 
tarmoqlarini qayta qurish orqali sug‘orish suvini 
yo‘qotilishini kamaytirish maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17˗iyundagi 
PF˗5742˗sonli “Qishloq xo‘jaligida yer va suv 
resurslaridan samarali foydalanish chora˗tadbirlari 
to‘g‘risida”gi Farmoniga binoan qabul qilingan 
“Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan 
samarali foydalanish Konsepsiyasi”ga binoan 
maxsus “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi va unga 
binoan tegishli tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
Shuningdek, “Konsepsiya”ni tumanda amalga 
oshirish 
doirasida 
irrigatsiya˗melioratsiya 
tarmoqlarini tiklash, qayta qurish, suv tejamkor
texnologiyalarni joriy etish hamda suvsizlikka 
chidamli ekinlarni ekish orqali ekin yerlarini 
foydalanishga kiritish uchun investitsiyaviy 
shartnoma asosida 50 yilgacha bo‘lgan muddatga 
qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqib ketgan 
1800,0 gektar sug‘oriladigan yerlarni O‘zbekiston 
Respublikasi fuqarolari va qishloq xo‘jaligi 
korxonalariga berilishi belgilandi. Ularga qishloq 
xo‘jaligi ekinlarini mustaqil joylashtirish, yerga 
ishlov bermasdan ekin ekish va yerlarni ikkilamchi 

Download 16,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish