Аnnotatsiya
Dastur 5А310901 – Mahsulotlar havfsizligi va ularning sertifikatsiyasi
(kimyo va oziq-ovqat), 5А310902 – Metrologiya standartlashtirish va sifatni
boshqarish (kimyo va oziq-ovqat) magistratura mutaxassisliklariga kiruvchilar
uchun 5310900 – Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti
(kimyo va oziq-ovqat) taʼlim yoʼnalishining 2017/2018 oʼquv yilida tasdiqlangan
oʼquv rejasidagi asosiy fanlar negizida tuzilgan.
TUZUVCHILAR:
Alimbayev S.A. ─ «Sifat menejmenti va mahsulotlar xavfsizligi» kafedrasi
mudiri, yu.f.n.
Raximov D.A. ─ «Sifat menejmenti va mahsulotlar xavfsizligi» kafedrasi
professori, k.f.d.
Axundjanov K.A. ─ «Sifat menejmenti va mahsulotlar xavfsizligi» kafedrasi
dotsenti, k.f.n.
Dastur Toshkent kimyo-texnologiya institutining 2021 yil 1-iyuldagi
10-sonli Kengash yig‘ilishida muxokama qilingan va tasdiqlangan.
KIRISH
5321900 – Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti
(kimyo va oziq-ovqat) bakalavriat yo’nalishi ishlab chiqarih texnik bilim
soxasidagi mahsulotlar sifati va xavfsizligi, halq ho‘jaligining barcha mahsulotlari
uchun standartlar ishlab chiqish, mahsulot va xizmatlarni xavfsizligini ta’minlash
va ularni sertifikatlash, sertifikatlangan mahsulotlar ustidan inspeksiya nazoratini
o‘tkazish, korxonalarda metrologik ta’minotni ta’minlash, korxonalarga ISO 9001,
ISO 22000, ISO 14000, ISO 18000 va boshqa xalqaro standartlarni qo‘llash,
xavfsizlik menejment tizimlarini, sifat menejment tizimlarini yaratish, auditlar
o‘tkazish, akkreditatsiya jarayonlari, sifat va xavfsizlikni nazorat qilish,
muvofiqlikni baholash kabi masalalari keng yoritilgan.
Ushbu mutaxassislik fanlarida tashish usullari, tez buziladigan tovarlarga
qo‘yiladigan talablar, uzoq muddatga saqlanadigan tovarlar, tovarlarni
konservalash usullari va metodlari; qayta ishlangan va takror qayta ishlangan
tovarlar va ularni sifat ko‘rsatkichlariga qo‘yiladigan talablar; kimyo va oziq-ovqat
sanoati hom-ashyolari turlari. xom-ashyo siniflanishi, noorganik, organik va oziq-
ovqat sanoatidagi yarim mahsulot holidagi hom-ashyolar va ulardan foydalanish
yo‘llari, kimyo sanoati uchun hom-ashyo, xom-ashyoning zahiralari va
xarakteristikasi, xom-ashyoni boyitish prinsiplari, xom-ashyodan kompleks
foydalanish va korxonalarni kombinatsiyalash, assortiment, o‘lchashlar birligini
ta’minlash, Davlat tizimini strukturasi va me’yoriy bazasi. Xalqaro metrologiya
tashkilotlari faoliyati va tartib qoidalar, o‘lchov jarayoni va o‘lchash ob’ektlari,
kattaliklar, ularning sifat va miqdor tavsiflari, kattalikning o‘lchamligi texnik
o‘lchov vositalari, xalqaro birliklar tizimi, o‘lchash amalini bajarish usullari,
o‘lchash xatoliklari, xatoliklarni tasniflanishi, muntazam xatoliklar va ularning
turlari, muntazam xatoliklarni kamaytirish va bartaraf etish yo‘llari; tasodifiy
xatoliklar, tasodifiy xatoliklarning xarakteristikalari, o‘lchash xatoliklarining
o‘rtacha kvadratik og‘ishi;
O‘zbekiston Respublikasining «Sertifikatlashtirish» to‘g‘risidagi qonuni,
O‘zbekiston Milliy sertifikatlashtirish tizimi, majburiy va ihtiyoriy sertifikatlash;
sertifikatlash ob’ektlari, sertifikatlashning huquqiy asoslari, sertifikatlashni
tayyorlash va o‘tkazishning asosiy jarayonlari, sifatni ta’minlash asoslari,
sertifikatlashtirish sxemalari, omillari; sertifikatlashtirishni rasmiylashtirish, chet el
sertifikatlash asoslari; namuna olish tartibi, muvofiqlik sertifikati, uni o‘tkazish
tartibi, sinov turlari; sanitar-gigienik guvohnoma, fitosanitar sertifikati, kelib
chiqish sertifikati, ekologik sertifikat, sertifikatlashtirish tizimida qatnashuvchi
idoralar; bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlash tizimlari;
O‘zbekiston Respublikasining iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish
to‘g‘risida qonuni. Oziq-ovqat tovarlariga qo‘yiladigan gigienik talablar va ularga
gigienik xulosalar berish, polimer va boshqa qadoqlash mahsulotlarining toksik
ta’sirini aniqlash usullari, tovarlarni gigienik sertifikatlashtirish tartibi, oziq-ovqat
mahsulotlari bilan kontaktda bo‘ladigan idishlarning toksik ta’sirini o‘rganish,
oziq-ovqat mahsulotlarida toksik komponentlarning sinflanishi va xarakteristikasi,
oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash va mikroorganizmlar faoliyati
o‘rganishni bilish va ko’nikma xosil qilishdir.
5A310901 – Mahsulotlar xavfsizligi va ularning sertifikatsiyasi hamda
5А310902 – Metrologiya standartlashtirish va sifatni boshqarish magistratura
mutaxassisliklariga kiruvchilar 5310900 – Metrologiya, standartlashtirish va
mahsulot sifati menejmenti (kimyo va oziq-ovqat) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi
negizida bakalavriatda o‘qish davomida magistraturada ta’lim olish uchun asos
bo‘ladigan quyidagi maxsus (ixtisoslik) fanlarini o‘zlashtirishgan. Shuni inobatga
olgan holda imtihonda fanlarning salmog‘i quyidagicha baholanadi:
1.
Metrologiya, standartlashtirish, serfikatlashtirish va sifat (60%).
2.
Kimyo va oziq-ovqat mahsulotlari sifat ekspertizasi (40%).
Maxsus (ixtisoslik) fanlari bo‘yicha imtihon test shaklida o‘tkaziladi. Test
jarayonida abituriyentga yuqorida keltirilgan taqsimot bo‘yicha jami 50 ta savol
beriladi. Har bir savolga ikki ball ajratiladi. Test natijalari bo‘yicha 55 va undan
yuqori ball to‘plagan abituriyent imtihondan o‘tgan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |