165. Olim b. Sa’d r. r.
Bag‘doddin erdi. Va Abu Muhammad Juririy bila suhbat tutub erdi va vara’vu mujohadada komil erdi.
Aning vafotidii so‘ngra ani tush ko‘rub so‘rdilarki, Tengri sanga ne qildi? Dedi: manga rahmat qildi va
behishtqa kivurdi. So‘rdilarki, ul muomalatlar uchun? Dedikim, agar ul muomalatlarg‘a boqsam erdi,
ham anda qolib erdim.
166. G‘aylon Samarqandiy q. t.s,
Mashoyixiing kiboridindur. Junayd q. s. bila suhbat tutubdur. Va maorifda sohibi taqallum erdi. Ul
debdurki, orif Tengridan Tengrig‘a boqar va olim dalildin. Va sohibi vajd dalildin mustag‘niydurur.
167. G‘aylon Muvasvis r. t. r.
Ani G‘ayloni Majnun ham derlar erdi. Iroq mashoyixiing mutaqaddimlaridindur. Xarobalarda bo‘lur
erdi va elga omizishi yo‘q erdi. Va eldin nima qabul qilmas erdi. Va el ko‘rmas erdiki, ul ne yer.
Muhammad b. Samin dediki, G‘aylonni Kufaning harobalarida ko‘rdum. So‘rdumki, banda g‘aflat
xataridin qachon qutulur? Dedikim, ul vaqtiki, anga har ne buyurubdurlar, anga mashg‘ul bo‘lsa va
andinki nahy qilibdurlar, g‘ofil va o‘z nafsi hisobida oqil.
168. Abulabbos Ibn Ato q. t. r.
Ikkinchi tabaqadindur. Oti Muhammad b. Muhammad b. Sahl b. Ato Odamiy. Bag‘dodlikdur.
Mashoyixiing ulamosidin va so‘fiya zurafosidindur. Fasih til. bila yaxshi so‘zlari bor va Qur’ong‘a ahli
ishorat tili bilan tafsir bitibdur. Ibrohim Moristoniyning sho-girdidur va Junaydning yoronlaridindur.
Va Shayx Abu Said Xarroz ani ulug‘ tutar erdi. Va Shayx so‘zidurki, (tasavvuf xulqdir, inobat emas.
Tasavvuf ahlidan Junayddan va ibn Atodan boshqasini ko‘rmadim]
1
. Va Ibn Ato Husayn Mansur
Halloj jihatidin maqtul bo‘ldi, Zulqa’da oyi uch yuz to‘qsonda. [Ibn Atodan so‘radilar, toatlarning
afzali qaysidir? Aytdi: Har doim Haq Taoloni mulohaza qilmoq]
2
. Va ul debdurki, bu oyat
tafsiridakim, [u meni o‘ldirur, so‘ngra tirilturur, ya’ni mendan o‘ldiradi, o‘zi bilan tiriltiradi]
3
. Va ham
ul debdurkim, bu oyat tafsirida [albatta, «Parvardigorimiz Allohdir» deb, so‘ngra «ustuvor bo‘lgak
zotlar...», Ibn Ato bu oyatdagi «ustuvor turishlikni» qalbni yolg‘iz Allohga bog‘lash, deb izohlaydi]
4
.
Va u ham ul debdurkim, [adab –do‘st tutilgan narsalar (yaxshiliklar). bilan to‘xtashdir. Buning
ma’nosn nima?–deb so‘raganlarida, aytdi: Allohga pinhon va oshkor adab bilan muomala qilsang,
ajamiy bo‘lsang ham adabli hisoblanasan.
She’r:
So‘zlasa, so‘zining bari ma’noli
Va gar sukut qilsa, bari malohat]
5
.
Shayx ul-islom debdurki, adab uldurki, Haq s. t.g‘a ibodat qilurda suv va tufroq va nafs ruunatidin
qo‘pqaysen va demagaysenkim, men va kirdorim, degaysenki, ul va tavfiqu iyoyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |