Microsoft Word navoiy nasoyimul-muhabbat lotin ziyouz com doc


Abu Abdulloh Xoqots So‘fiy q. s



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/369
Sana21.04.2022
Hajmi0,9 Mb.
#569706
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   369
Bog'liq
0969 Nevayi Nasayimul Muhebbet Latin-267s

 121. Abu Abdulloh Xoqots So‘fiy q. s.
Bag‘dod so‘fiyasining akobiridin erdi. Shayx Ja’far Xazzo debdurkim, ul sohib karomot erdi va ibn 
Qassob Roziydin naql qilibdurkim, debdurkim, Otamning Bag‘dod bozorida bir do‘koni bor erdi. Men 
do‘kon eshigida o‘lturub erdim. Nogoh birav o‘tti. Menga gumon bo‘ldikim, Bag‘dodning fuqarosidin 
bulg‘oy. Va men hanuz bulug‘ haddig‘a yetmaydur erdim. Xotirim oning sori tortti. Qo‘pub, anga 
salom berdim va bir diramim bor erdi, onga tutaberdim. Oldi va manga iltifot qilmay o‘tti. Men oning 
so‘nggicha bordim. To Shuniziya masjidig‘a yetdi. Onda fuqarodin uch kishi o‘lturub erdilar. Ul 
diramin alarg‘a berdi va o‘zi namozga turdi. Alardin biri ul diramg‘a bozordin borib yemak kelturdi. 
Yedilar va ul darvesh namozg‘a mashgul erdi. Chun alar taomdin forig‘ bo‘ldilar. Darvesh alarg‘a 
boqib, dedikim, bildingizmukim, mani na ish sizning muvaffaqiyatingnzdin mone’ bo‘ldi? Dedilar, 
yo‘q, ey ustod. Dedikim, bir kichik yoshlig‘ ul diramin manga berdi va men emdigacha haq subhonahu 
va taolodin tilaydur erdimkim, oni dunyo bandalig‘idin ozod qilg‘ay va ozod qildi. Ibn Qassob 
debdurki, men bexost oning ollida o‘lturub dedimkim, rost aytursan, ey ustod. Va ul Shayx xoqon 
So‘fiy erdi. Ikki yuz yetmish to‘qquzda dunyodin o‘tubdur. 
 122. Abu Ubaydulloh Busriy r. t.
Oti Muhammad b. Hassondur, Abu Turob Naxshabiy bila suhbat tutubdur. Ibn ul-Jallo r. t. debdurki, 
[olti yuzta shayx bilan uchrashdim, ulardan to‘rttasining o‘xshashini ko‘rmadim]
1
. Zunnun Mnsriy va 
Abu Turob Naxshabny va Abu Ubayd Busriy va Abulabbos b. Ato. Debdurlarki, Ramazon oyi 
bo‘lg‘ach, Abu Ubayd bir uyga kirar erdi va buyurur erdikim, eshikni savob berkiturlar erdi va bir 
to‘shuk qo‘yarlar erdi va har kecha bir tah o‘tmak ul to‘shukdin solurlar erdi. Iyd bo‘lgochkim, eshikni 
ocharlar erdi, o‘ttuz o‘tmak uyining go‘shasida erdikim, bir oyda ne taom yeb erdi va ne suv ichib erdi. 
Va o‘ttiz kecha-kunduz bir tahorat bila namoz qilib erdi. Ul debdurki, [Ne’matlar Haqdin 
yiroqlashishga sabab bo‘ladi. Qimki, Haqqa ne’matlari uchun shukr qilsa, ne’matlarsiz qolganida ham 
shukr qiladi. Balo Haqqa yaqinlashishga sabab bo‘ladi. Agar kimniki, balo yomon yo‘lga boshlagan 
bo‘lsa, u Haqdan yiroqlashadi)
2
. Bir kun o‘lturub erdi. Bir otlig‘ o‘tub borur erdi. Keynicha bir qul 
qo‘ngranib, g‘oshiya egnida, yugurur erdi. Chun anga va ashobig‘a yetishti dedikim, [Allohim, meni 
ozod et va uning dastidan xalos qil]
3
. Abu Ubayd ham dedikim, [Allohim, uni do‘zax olovidan va 
qullikdan qutqar]
4
. Filhol ul otlig‘ni ot yiqti. Otlig‘ ul qulg‘a boqib dedi: seni ozod qildim. U qul 
dedikim: meni sen ozod qilmadingki, bu jamoat ozod qildilar, deb Abu Ubayd va ashobig‘a boq-ti. Va 
to umri bor erdi, alardin ayrilmadi. 

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish