459. Mavlono Sa’duddin Koshg‘ariy q. s.
Avoyili holda ulum tahsilig‘a mashg‘o‘l ermishlar va mutadovila kutubni ko‘rgon ekandurlar va
suvari jamiyatlari ham bor ekandur. Chun bu tariq doiyasi paydo qilibdurlr tark va tajrid qilib,
Mavlono Nizomuddin suhbatlarig‘a ulanibdurlar. Der ermishlarki, necha yildin so‘ngraki, alar
xizmatida erdim, menga Makka safari dag‘dag‘asi paydo bo‘ldi. Chun alardin ijozat tiladim. Alar
dedilarki, har necha boqadurmen, bu yil seni hojilar qofilasida ko‘rmaymen va mundin burun voqealar
ko‘rub erdimki, andin ko‘p mutavahhim erdim. Alar deb erdilarki, ko‘rqma, chun borursen, ul
voqealaringni Mavlono Zaynudding‘a aytki, mutasharre’ kishidur va sunnat joddasida sobit. Va
murodlarn bu so‘zdin Hazrat Shayx Zaynuddin Xavofiy ermishki, ul kun Xurosonda shayxuxat va
irshod masnadida mutaayyin ermishlar. Mavlono debdurlarki, chun Xurosong‘a keldim va hajg‘a
bormoq, andoq Mavlono Nizomuddin q. s. deb erdi. Necha vaqt tavaqqufg‘a qoldi va ko‘p yildin
so‘ngra muyassar bo‘ldi. Chun Shayx xizmatig‘a yetishtim. Ul voqealarni arz qildim. Dedilarki,
bizning bila ban’at qil va bizing irodatimiz qaydig‘a qil! Men dedim: Azizeki, men bu tariqni andin
qabul qilibmen, hanuz hayot qaydidadur. Siz amin va murshidsizki, bu toifa tariqida bu joyizdur.
Andoq qilai. Shayx dediki, istixora qil! Men dedimki, istixoramg‘a e’timodim yo‘qtur. Siz istixora
qiling! Shayx dediki, ham biz istixora qiloli, ham sen istixora qil! Chun kecha bo‘ldi, istixora qildim.
Ko‘rdimki, xojalar tabaqasi Hiriy ziyoratgohig‘aki, ul vaqt shayx anda ermishlar kiribdurlar,
daraxtlarni qo‘ng‘oradurlar va tomlarni yiqadurlar va qahru g‘azab osori alarda zohirdur. Bildimki,
ishorat ul ish man’ig‘adur. Xotirim jam’ bo‘ldi va osudalig‘ bila oyog‘imni uzotib, uyqug‘a bordim.
Chun tonglasi Shayx majlisig‘a keldim. Ondin burunki, men voqeamni arz qilg‘aymen, Shayx dediki,
tariq birdur va barcha birga-o‘q qayturlar. Hamul o‘z tariqing bila ishga mashg‘ul bo‘l! Agar voqea yo
mushkile olling‘a kelsa, bizg‘a aytg‘il, qilaolg‘oncha madad qiloli! Hazrat Maxdumiy n. m. n.
debdurlarki, Mavlonog‘a ul ma’noki anga mashg‘ul bulurlar g‘alaba va istilosi zohir erdi. Oz tavajjuh
bila g‘aybat osori va bexudlug‘ kayfiyati yuz ko‘rguzur erdi. Kishikim, ul holdin voqif ermas erdi,
sog‘inur erdiki, alarning uyqusi keladur. Avoildakim, alar suhbatig‘a yettim. Masjidi Jome’da alar
xizmatida o‘lturub erdim. Alarg‘a hamul g‘aybat holi yuzlandi. Men gumon qildimki, alarg‘a uyqu
keladur. Dedimki, bir soat istirohatg‘a ishtig‘ol ko‘rguzulsa yiroq emas. Alar tabassum qilib dedilarki,
magar aqidang yo‘qdurki, bizga uyqudin o‘zga amre bor. Bir kun ayturlar erdi: darveshlardin ba’zi
derlarki uyqu bila uyg‘og‘liq orasida farq mundin o‘zga yo‘qdurki, o‘zda xiffateki, uyqudin so‘ngra
bo‘lur toporlar. Yo‘q ersa, alarning mashg‘ulluqlarining kayfiyati uyquda va uyg‘og‘liqda bir tariqa
biladur. Balki uyqudakim, ba’zi mavone’ murtafe’ bo‘lur sofiyroq va qaviyroq bo‘lur va menga gumon
andoqdurki, ulcha ayturlar erdi, ishorat o‘z hollarig‘a erdi, vallohu a’lam. Darveshlardin biriki, alar
suhbatig‘a yetar erdi, mundoq hikoyat qildiki, menga va’z majlisidaki, darveshlar maoriflari o‘tar
erdilar. Ko‘p tag‘ayyur voqe’ bo‘lub, ko‘p sayha va faryod qilur erdim va andin asru mahjub bo‘lur
erdim. Bir kun bu holni alarg‘a dedim. Ayttilarki, har qachon senga ul tag‘ayyur voqe’ bo‘lsa, bizni
yodingg‘a keltur! Ul vaqtki, alar Hijoz safarig‘a borib erdilar. Manga madrasalardin biridaki, bir aziz
anda va’z aytur erdi, tag‘ayyur bo‘lmoq og‘ozi bo‘ldi. Alarg‘a tavajjuh qildim. Ko‘rdumki, madrasa
eshigidin kirdilar va mening qoshimg‘a yettilar. Ikki iliklarni egnimga qo‘ydilar. Men o‘zumdin
bordim va behush yiqildim. Ul vaqtki o‘z holimga kelib erdim, va’z majlisi tugonib erdi va ul xalq
tarqab erdilar va kunas mening ustumga yetib erdi va ul kun ramazonning so‘nggi panjshanbasi erdi.
Oni ko‘nglumda asradimki, alar Makkadin kelsalar, alarg‘a aytqaymen. Chun alar Makkadin tashrif
kelturdilar va alar xizmatig‘a musharraf bo‘ldum. Jame’ alar xizmatida erdilarki, bu so‘zni alarg‘a
Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
Do'stlaringiz bilan baham: |