27
shakllantirish
6. Rasm
2
8
32
40
72
7. Applikasiya
0.5
2
8
10
18
8.
Qurish-yasash
(qo’l mehnati)
0.5
2
8
10
18
9. Loy ishi
1
4
16
20
36
10. Musiqa
2
8
32
40
72
Jami:
14
56
224
280
504
Bolalarda odob madaniyatini matbuot materiallari orqali shakllantirishda ―Atrof
olam bilan tanishtirish‖, ―Nutq o’stirish‖, ―Badiiy adabiyot bilan tanishtirish‖,
―Musiqa‖ kabi mashg’ulot turlarining ahamiyati katta.
Biz tajriba-sinov ishlarini olib borish jarayonida ―Maktabgacha ta’lim‖
jurnalining bir yillik sonini ko’zdan kechirib bolalarga odob madaniyatini
shakllantirishda matbuot materiallaridan foydalanishning hozirgi holatini aniqlashga
harakat qildik. ―Maktabgacha ta’lim‖ jurnali 2012 yil 1-son. Odob durdonalari
(Maktabgacha ta’lim muassasalari murabbiylari va ota-onalar uchun uslubiy
qo’llanma). ―Odob durdonalari‖ uslubiy qo’llanmasi bolalarimizda mehnatsevarlik,
rostgo’ylik, kamtarlik, insofli bo’lish, o’z tug’ishganlariga, qarindosh-urug’lariga,
yaqin do’stlariga nisbatan mehr-muhabbat xislatlarini tarbiyalashga qaratilgandir.
Jurnalda quyidagi mavzular haqida fikrlar, she’rlar, maqollar, ertak, hikoyalar
berilgan:
1. Odob salomdan boshlanadi.
2. Ota-onaga hurmat.
3. Tozalik – bu salomatlik.
4. Kiyinish odobi.
5. Bog’cha opamiz – mehribonimiz.
6. Bog’chadagi buyumlar – bizniki.
7. Mehnatsevarlik nima?
8. Bizning ko’cha.
9. Yolg’onchilik – yomon odat.
10. Tabiat – bizning do’stimiz.
28
11. Milliy o’yinlar orqali axloqiy tarbiya berish.
Bizning maqolada aks ettirilgan maqollarni quyida keltiramiz. Berilgan
maqollarning barchasi har bir mavzuning mohiyatini ochib berishga yordam bergan
va ularning har birida odob-axloq masalalari o’z aksini topgan.
Yaxshilardan ibrat ol.
Odobning boshi salom.
Yomonlardan yiroq bo’l.
O’zingya xshi olam yaxshi.
Ibratli bola elga manzur.
Ona bilan bola,
Gul bilan lola.
Sog’liging – boyliging.
Sog’ bo’lay desang, ozoda bo’l!
Sog’lom tanda – sog’ aql.
Mehnat – mehnatning tagi rohat.
Mehnatdadir ko’p hikmat.
Ish boshlanganda maqtanma,
Ish bitganda maqtan.
Yoshgi xizmat, keksaga hurmat.
Yozgi mehnat – qishki rohat.
Sayoq yursang, tayoq yeysan.
Yolg’onchi bilan do’st tutinma.
Yolg’onchining rost so’zi ham yolg’on.
Yolg’on uyaltirar, rost suyuntirar.
Bu kabi maqollarni bolalarga tushuntirish ijobiy samara beradi.
Jurnalning aynan shu sonida ―Hikmatlar shodasi‖ ham taqdim etilgan:
Mehribon bo’lish yetarli emas,
E’tiborli bo’lish zarur.
* * *
Ota mehri tog’day yuksak, ona mehri dengizday tubsiz.
29
* * *
Farzandlarni ulg’ayganda zarur bo’ladigan ilmlarga o’rgatish lozim.
* * *
Yo’q bo’lsa sabr qil, bor bo’lsa ehtiyot qil.
* * *
Mehnat bilan amalga oshirib bo’lmaydigan ish yo’q.
* * *
O’zgalarga baxt ulashib, o’z baxtimizni topamiz.
* * *
Suhbatni shunday olib borki, dushmaning ham do’stga aylansin.
* * *
Ota-onangga nima qilsang, farzandingdan ham shuni kut.
* * *
Dunyoni doim ikki xavf boshqaradi: tartib va tartibsizlik.
Berilgan ushbu hikmatli so’zlar bolalarda odob madaniyatining shakllanishiga
xizmat qiladi. Jumlalarning kengroqligi bolalarning tushunib, hikmatlar ma’nosini
anglashiga biroz xalaqit berishi mumkin. Shuning uchun tarbiyachi har bir hikmatni
oson, bola tilida tushuntirishga urinishi zarur. Qolaversa jurnalda keltirilgan har bir
mavzuni, maqollarni, hikmatli so’zlarni mashg’ulotlar dasturiga hamohang tarzda
navbatma-navbat tushuntirib borishi kerak. Shundagina kutilgan natijaga erishish
mumkin.
Xullas, ―Maktabgacha ta’lim‖ning biz tahlil qilib ko’rib chiqqan 2012 yilning
barcha sonlarida bolalarda odob madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladigan
quyidagi maqolalar, hikmatli so’zlar, maqollar, qo’shiqlar, ertaklar berilgan:
―Oila, ota-ona, farzand haqida hikmatli‖.
―Navoiyni anglash‖.
―Odob durdonalari‖.
―Onajonim – mehribonim‖.
―Odob durdonalari‖
2
.
2
Maktabgacha ta’lim. jurnali. 2012 yil, № 2-3 sonlari.
30
―Buyuk shaxsning dono o’gitlari‖.
―Odob durdonalari‖.
―Odob dkrdonalari‖.
―Tarbiyaviy soat‖.
―Odob durdonalari‖.
―Maqollar‖.
―Odob durdonalari‖.
―Maqollar‖.
―Lek shirin yolg’on yomon‖.
―Odob durdonalari‖.
―Odob durdonalari‖.
―Odob durdonalari‖.
―Alla – jon malhami‖.
―Alla – ezgulik va tinchlik qo’shig’i‖.
―Odob durdonalari‖.
―Odob durdonalari‖.
―Ayasini ayasin‖.
―Maqollar‖.
―Maktabgacha ta’lim tizimida rivoyat va dostonlarning o’rni‖
3
.
Yuqorida keltirilgan barcha mavzularda odob madaniyatini shakllantirish
imkoniyati bevositadir.
O’tkazilgan tahlil ishlaridan shu narsa aniq bo’ldiki, bolalarda odob
madaniyatini shakllantirishda matbuot materiallaridan foydalanish imkoniyatlari
katta va ulardan yetarlicha foydalanish ijobiy samara beradi.
3
Maktabgacha ta’lim. jurnali. 2012 yil, № 4-12 sonlari.