1.2 Yoshlar tarbiyasida ommaviy axborot vositalarining roli
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng ijtimoiy xayotning boshqa sohalari
qatorida ommaviy axborot vositalariga ham yangicha munosabat vujudga keldi.
O’zbekiston ommaviy axborot vositalari endilikda xorijiy mamlakatlarda yuz
berayotgan voqyea-hodisalar haqidagi axborotlarni, yangiliklarni, o’sha mamlakatlar
yoki yirik axborot agentliklaridan bevosita, to’g’ridan-to’g’ri qabul qilib olish
imkoniyatlariga ega bo’ldilar. O’z navbatida respublikamiz haqidagi muhim yangilik
va axborotlar ham mamlakatimizda faoliyat ko’rsatayotgan xorijiy axborot
agentliklari vakillari va muxbirlari tomonidan o’sha mamlakatlar axborot vositalari
uchun bevosita yetkazib berilmoqda. Axborot almashinuvi, dunyo voqyealaridan
xabardorlik, o’zini namoyon qilish imkoniyati tug’ildi. Umuman olganda, istiqlol
erkin fikrlashga, har kimning o’z fikrini oshkora bayon qilishga, hurriyatga keng
eshik ochdi. Hurfikrlilikni barqaror etishning yangidan yangi imkoniyatlarini yaratdi.
Jumladan, vaqtli matbuot turlari va sonlari ko’paydi. Demokratik erkinlik sharoitida
bir necha mustaqil siyosiy harakatlar, jamoat birlashmalarining nashrlari tashkil
qilindi. Mustaqil nashrlar o’z muassislari g’oyalari va dasturlari yo’nalishlari
doirasida mustaqil ish olib boradilar. Islohotlar va yangilanishlarga o’z
munosabatlari, muammolarga yondashish usullari bor. Biroq, yagona maqsad —
istiqlol taqdiri, mamlakat va xalq istiqboli ularni birlashtirib turadi. O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti I. Karimov ommaviy axborot vositalarining rolini alohida
ta’kidlab, — ―Erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalari har tomonlama rivoj
topishi lozim. Ular haqli ravishda hokimiyatning to’rtinchi tarmog’i bo’lishi darkor‖
degan edilar.1 Ommaviy axborot vositalari demokratik islohotlarni amalga oshirish
jarayonining qanday kechayotganligini quruq bayon qilibgina qolmay, uning tahliliy
tomoniga, insonlar hayotidagi o’rniga ham jiddiy e’tibor qaratishi lozim. Jamiyatni
demokratlashtirish
tarbiyaviy
jarayonga
ham
ta’sirini ko’rsatadi, iqtisodiy
muammolarni hal qilishda, turli hil salbiy hodisalarga qarshi kurashda yoshlar
o’rtasida ijtimoiy fikrni uyg’otadi. Har qanday millatning yuksak taraqqiyoti va jahon
hamjamiyatida yuqori mavqyeni egallashida shu millatga xos bo’lgan ruxiy-ma’naviy
xususiyatlar subyektiv omil sifatida muhim rol o’ynaydi. ―Milliy g’urur‖ tushunchasi
21
maxsus adabiyotlarda, ommaviy axborot vositalarida ko’p qo’llanilsa-da, uning asl
mazmun-mohiyati, o’ziga xos boshqa jihatlari ijtimoiy fanlar tomonidan yetarlicha
ilmiy tadqiq etilmagan. Aksariyat hollarda, u insonlarga xos ichki ruhiy-psixologik
xususiyat — tuyg’u sifatida, kishilarning ruhiy kechinmalari, intilishlari, his-
hayajonlarini hamda kayfiyatlarini ifodalovchi his-tuyg’u tarzida talqin etiladi. 2000
yil aprel oyida ―Xalq so’zi‖ gazetasida e’lon qilingan akademik S.G’ulomov va
professor V.Karimovalarning ―Ijtimoiy muhit va sog’lom madaniyat‖ maqolasida
oliy o’quv yurtlarida olib borilayotgan tarbiyaviy ishlar xususida shunday bayon
qilinadi: ―Oxirgi paytlarda shunday voqyealarning ham guvohi bo’ldikki, fakultetda
a’lo bahoga o’qigan talaba turli aqidaparastlar to’dasiga qo’shilib yoki ular ta’siriga
berilib, o’zidagi bilimga, ezgulik yo’liga bo’lgan e’tiqodining sustligini ko’rsatib
qo’ymoqda. Talabalar yurtimizda 1999 yilda qabul qilingan ―Vijdon erkinligi va
diniy tashkilotlar to’g’risida‖gi qonun haqida eshitganlar, lekin ularning bilim
darajalari bugungi kun talabiga javob bermaydi. Yoshlar orasida qonunni biladiganlar
30-31 foizni, u xavda eshitganlar o’rtacha 45 foizni, bilmaydiganlar esa 21-22 foizni
tashkil etadi‖. Ko’rib turganimizdek, oliy o’quv yurtlarida a’lo baholarga o’qish yosh
yigit-qizlarning ahloqan mustahkam va e’tiqodli bo’lishining yagona kafolati emas
ekan. So’rovlarning talabalar orasida olib borilganligi keltirilgan ma’lumotlardan
ko’rinib turibdi. Demak, agar so’rov qishloq va ishchi yoshlar orasida olib
borilganda, bu raqamlar ancha pastroq bo’lishi ham mumkin edi. Yoshlarning diniy
ta’sirga berilib ketishining asosiy sabablaridan biri ham shunda. OAVning asosiy
vazifalaridan biri demokratik davlat va fuqaroviy jamiyat talablariga muvofiq
ravishda ijtimoiy fikrni shakllantirishga faol hissa qo’shishdir. Bu yo’nalishda milliy
axborot vositalarimiz olib borayotgan katta hajmdagi ishni e’tirof etgan holda, bu
ishning samaradorligini oshirish maqsadida ayrim kamchiliklarni sanab o’tishni
lozim topdik. So’nggi vaqtlarda respublikaning davriy nashrlari sahifalarida islom
dinining tinchlik, sahovat, oqibat dini ekanini, uning ezgulik, musulmon kishining
fazilatlarini shakllantirishga xizmat qiluvchi mohiyatini ochib beradigan maqolalar
deyarli chop etilmay qo’ydi. Ba’zi gazetalar turli manbalardan olingan rivoyatlarga
ko’p o’rin beradi. Mavjud holat voqyelikni buzib ko’rsatish, xatto diniy vaziyatni
22
chigallashtiradigan muhit paydo bo’lishi uchun zamin yaratishi mumkin. Hozirgi
zamon ilm-faniga taalluqli maqolalarni malakali va xolis mutaxassis taqrizidan
o’tkazib, so’ng e’lon qilish maqsadga muvofiqligi ma’lum. Amalda esa mutaxassis
taqrizidan o’tmagan maqolalarning nashr etilishi aholi o’rtasida noto’g’ri
ma’lumotlarning tarqalishiga, tushunmovchiliklarning vujudga kelishiga zamin
yaratmoqda. Masalan, ―2012 yil 21 dekabrda oxir zamon bo’larmish‖ kabi xabarlar
ko’pgina shov-shuvlarga sabab bo’ldi. Ko’pchilik hohlaydigan axborotni anglamaslik
va tanlay bilmaslik, axborotni o’quvchi yo tomoshabin bajonidil qabul qiladigan
tarzda uzatmaslik odamlarni tabiiy ravishda boshqa axborot vositalari tomon
yetaklaydi. Bu esa mamlakatimizdagi milliy ommaviy axborot vositalarining ta’sir
kuchiga putur yetkazadi, ularning muxlislarini yo’qotadi. Butun dunyoda odamlar
turmush tarziga umuminsoniy qadriyatlar, xususan, xalqaro demokratiyaning norma
va prinsiplari jadallik bilan kirib kelayotgan hozirgi sharoitda, O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, ―Ommaviy axborot
vositalari jamiyatimizda haqiqiy ―to’rtinchi hokimiyat‖ga aylanishi, fuqarolarning
siyosiy huquq va erkinliklarini ro’yobga chiqarishda eng ta’sirchan omil bo’lishi
kerak‖. Bizning jo’shqin davrimizda barcha sohalarda bo’layotgani kabi ommaviy
axborot vositalarini erkinlashtirish va demokratlashtirish yo’lidagi e’tiborga molik
ijobiy natijalarimiz, ilg’or yutuqlarimiz izchillik bilan qonunlarimizda o’z aksini
topishi, qonunlarimiz bilan mustahkamlanishi ayni muddaodir.
23
Do'stlaringiz bilan baham: |