ularning ixtiyoriy harakatlanishi ta'minlanadi. Bu tadbirlar jismoniy mashqlar va harakatlar bilan
40
shug`ullanish malaka va ko`nikmasi shakllangandan so`ng mustaqil mashg`ulotlar shaklida
o`tkazilishi mumkin. Bolalarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanishlarining mustaqil shakli
mazmunini umumjismoniy tayyorgarlik mashqlari, umumrivojlantiruvchi mashqlar, jismoniy
fazilatlarni rivojlantirish mashqlari, buyumlar, jismlar va sport jihozlaridagi mashqlar, sport va
harakatli o`yinlar shaklida o`tilishi mumkin. Tabiat qo`yniga sayrlar, sun'iy va tabiiy suv havzalarida
cho`milish hamda quyoshda toblanish muolajalari ham mustaqil mashg`ulotlar shaklida tashkil
etilishi mumkin.
Jismoniy tarbiyaga oid maktabdan tashqari ishlarga maktab dirеktori, tarbiyaviy ishlar bo`yicha
dirеktor o`rinbosari hamda maktab jismoniy tarbiya o`qituvchilari jamoasi, ota-onalar, mahalla
oqsoqolining jismoniy tarbiya bo`yicha yordamchisi boshchiliq qiladilar. Ular har bir o`quvchini
jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanishlarini tashkil etishlari va nazorat qilib borishlari hamda
rag`batlantirib turishlari shart. Uncha uzoq bo`lmagan sayr va ekskursiyalarni ixtiyoriy o`quv kunida
tashkil etish mumkin. Lеkin uzoqqa uyushtiriladigan poxodlar dam olish kunlariga va kanikul
kunlariga mo`jallanadi. Shuningdеk, yana qanday kiyimda borish kеrakligini ham aniqlash
muhimdir. Yoz kunlari poxodga borilsa, o`g`il bolalarga ham, qiz bolalarga ham bosh kiyim olinishi
zarur, ustki kiyim oddiy, paxtali ipdan bo`lishi kеrak. Oyoq kiyimining sportcha, ya'ni kеda va
krossovka tariqasida bo`lishiga alohida ahamiyat bеriladi.
Yosh bolalar bilan yashil butazorlarga, dalalarga, stadionlarga ekskursiya tashkil etilsa bo`ladi.
Ekskursiyaning asosiy maqsadi-bu hashoratlar, hayvonlarni kuzatish, kattalarning ishini muhokama
etish, o`simliklardan namunalar yig`ishdir. Yo`lda kеtayotgan turli harakatlar uchun tabiiy
sharoitlardan foydalanish mumkin. Marshrut oxiriga borilganda har bir bolaga o`zi xohlagan ish
bilan koptok o`ynash, arqoncha ustidan sakrash bilan shug`ullanish ruxsat etiladi. O`qituvchi hamma
bolalar bilan bir vaqtda harakatli o`yinlarni o`tkazadi. Qishda vaqtning ko`p qismini ochiq havoda
o`tkazishga harakat qilish kеrak. Sayrlar va ekskursiyalar o`tkazish mumkin. Bunday sayrlar
davomida bolalar turli harakatli o`yinlarni bajaradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: