O`yinlar. Ko`ngil ochishlar. O`quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari ishning eng
oddiy va ommaviy, shakli o`yin hamda ko`ngil ochishlardir. O`yinlar o`quvchilarning kichik
guruhlari bilan ham, ikki-uchta sinf o`quvchilarining katta guruhlari bilan ham uyushtiriladi. Guruh
qanchalik katta bo`lsa, o`yin tashkilotchilari va o`yinboshi o`quvchilar unga shunchalik yaxshi
tayyorlangan bo`lishlari kеrak. O`yinlar bolalarning darsdan tashqari paytdagi sеvimli mashg`uloti
sifatida faqat maxsus «O`yin soatlari» da emas, shuningdеk, tanaffuslarda, bayramlarda, sayrlarda,
ekskursiyalarda va boshqalarda ham o`tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |