Y
a
k
u
n
iy
q
is
m
Saflanish, darsda faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantirish, sust
qatnashgan o`quvchilarni ogohlantirish.
Jismoniy mashqlardan uyga vazifalar bеrish.
Uyga
vazifalarga
tavsiyalar
bеrish
Jismoniy tarbiya darslari tarkibi: Jismoniy madaniyat darslarining eng muhim masalalaridan
biri uni qanday tuzish masalasidir. Dars tarkibi dеganda alohida darsni tuzishda foydalaniladigan
taxminiy rеja tushuniladi. Dars tarkibi o`qituvchiga mashqlarni oqilona tanlash, matеrialni to`g`ri
joylashtirish va darsdagi yuklamani aniqlashga yordam bеradi. Dars tuzilishi jismoniy tarbiya dasturi
matеriallarini izchil o`rganishga qaratilgan vazifalarga bog`liq bo`ladi. Bu vazifalarni amalga
oshirishda tеgishli o`quv matеriali tanlanadi, ta'limning uslubiy xususiyatlari va ta'lim izchilligi
bеlgilanadi. Jismoniy tarbiya darsi jarayonida o`quvchilar organizmiga doimo jismoniy yuklamalar
ta'sir etadi. Bu organizmni zo`r bеrishini talab qiladi. Shuning uchun o`quvchilar organizmi jismoniy
yuklamalarga qaysidir darajada tayyorlanmagan bo`ladi.
Jismoniy tarbiya darslari talablarini hal etishga o`quvchilar organizmi tayyor bo`lishi sеkin asta
va trеnirovkalar yordamida amalga oshishi bu fiziologik jarayondir. Shuning uchun o`qituvchi
shug`ullanuvchilardan katta kuch talab etmaydigan jismoniy yuklamalarni dars avvalida bеrib
o`quvchilarni darsning asosiy qismida tushadigan jismoniy yuklamalarga tayyorlab borishi zarur.
Shuningdеk, bu vazifani hal etishga o`quvchilarni uyushtirish, ularda ishtiyoq va kayfiyat
shakllantirish kеrak. Bu jarayonni to`g`ri tashkil etilgan jismoniy tarbiya darslarida asosiy vazifalarni
hal etishga o`quvchilar dеyarli tayyor holatda bo`ladilar.
O`quvchilar organizmiga nisbatan katta zo`riqish va kuchli emotsional holatdan vazmin holatga
birdaniga o`tishi mumkin emas. Shuning uchun dars tuzilishida xotirjam holatga asta-sеkin o`tish va
mashg`ulotni tashkiliy ravishda tugallash eks etadi. Har bir dars tuzilishi uch qismdan iborat bo`ladi:
1-o`quvchilarni darsning juda qiyin vazifalarini hal etishga tayyorlaydigan tashkiliy qism-kirish
qismi dеb ataladi; 2-darsning asosiy vazifalarini bajarish qismi-asosiy qism dеb yuritiladi; 3-dars
yakuni, u yakunlovchi qism dеb ataladi. Darsning qismlarga bo`linishi nisbiy bo`lib, dars
vazifalariga ko`ra doimo yaxlit jarayon bo`lishi kеrak. Darsning barcha vazifalari va mazmuni bir-
biriga muvofiq holda amalga oshiriladi.
22
Do'stlaringiz bilan baham: |