11-sinf adabiyot 2-chorak-test topshiriqlari
1. “Uzum hikoyati” da kema qancha vaqt suv ichida suzdi?
A) uch oy B) 80 yil C) olti yil D) olti oy
2. “Yilon va qaldurg`och” hikoyasida kemada 3 ta narsa yo`q edi bular:
A) mushuk, sichqon , to`ng`iz B) mushuk, sichqon, qo`ngiz
C) yo`lbars, ari va ilon D) tong`iz, tulki
va sher
3. “”Bobur turkiy she‟riyatda Alisher Navoiydangina keying o‟rinda edi. U sof va nafosatli turkiyda devon tartib etdi. U nazmda “ Mubayyin” atalmish asarini ham
yozdi…” deb Bobur ijodiga baho bergan shaxs kim?
A) A.Hayitmetov B) Sabohiddin Abdurahmon C) Denison Ros D) Xondamir
4. Qaysi davlat podshohi Iskandarga chin va yolg‟onni ajrata oladigan oyna sovg‟a qiladi?
A) Chin B) Kashmir C) Hind D) Misr
5. “Erur tortmoq sher chekonni mo‟r,
Yukin pilning aylama pashsha zo‟r”. ushbu jumla qaysi asarda uchraydi?
A) “Devonu lug‟otit at-turk” B) “Qutadg‟u bilig”
C) “Saddi Iskandariy” D) “Qissasi Rabg‟uziy”
6. “Kimgaki, poklik ruhi
madad berar ekan, uning ko‟ngliga aql shami nur sochib turadi”. Ushbu ibratli fikr kimning tilidan aytilgan?
A) Arastu B) Aflotun C) Suqrot D) Iskandar
7. Iskandarni topib olgan va uni tarbiyalagn qahramon qaysi qatorda berilgan?
A) Muhallas B) Naqumohis C) Aflotun D) Faylaqus
8. Qaysi asarda bir qo‟y bo‟g‟izlab etinining qayeri yaxshi bo‟lsa menga olib kel deb so‟raganda qo‟yning tili bilan yuragini olib boradi?
A) “Devonu lug‟otit at-turk” B) “Qutadg‟u bilig”
C) “Saddi Iskandariy” D) “Qissasi Rabg‟uziy
9 “Yigitlar arig‟i(poki), ulug‟ otlig‟, qutlug‟ zotlig‟, ezgu xulqlig‟, mo‟g‟ul sanilig‟, musulmon dinilig‟, odamiylar inonchi, mo‟minlar quvonchi, himmati
adiz((yuksak)” deya ta‟riflangan shaxs qaysi asarda va u kim ?
A) “Qissasi Rabg‟uziy”,N.To‟qbo‟g‟a B) “Qutadg‟u bilig”,Bo‟groxon
C) “Devoni lug‟otit at-turk”, al-Muqtado D) “Saddi Iskandariy”,Arastu
10. “Saddi Iskandariy” dostonida keltirilgan Arastuning otasining ismi kim bo‟ladi?
A) Muhallas B) Naqumohis C) Aflotun D) Faylaqus
11. “Bir jonivorga jabr-zulm qilib qo‟yish xavotiridan yelkasiga qo‟ngan chumolini yana joyiga olib borib qo‟ygan taqvodor kishi obrazi qaysi asarda uchraydi?
A) “Qissasi Rabg‟uziy” B) “Saddi Iskandariy”
C) “Qutadg‟u bilig” D) “Makorim ul-axloq
12 “Qissasi Rabg`uziy” asarinining qaysi hikoyatida til odobi va qalb pokligi alohida tilga olinadi?
A) Sulaymon va Qarincha B) Dovud payg`a,bar hikoyati
C)Luqmon va uning xojasi D)
Qissasi Yusuf
13. “Qissasi Rabg`uziy” asarining qaysi qissalarida xalq og`zaki ijodining ta`sir ruhi sezilib tutadi?
1.Sulaymon payg`ambar2. Luqmon hakim 3.Yilon va qarlug`och 4. Dovud payg`ambar 5. Qissayi
Yusuf
A) 1,2,4 B) 1,2,3 C) 2,3,4 D) 1,3,5
14. “Qissasi Rabg`uziy” asarining qaysi hikoyatida diologlar ko`p qo`llangan?
A) Sulaymon va Qarincha B) Dovud payg`a,bar hikoyati C)Luqmon va uning xojasi D)
Qissasi Yusuf
15. Qaysi adib o‟z ijodida ritmik sintaktik paralelizm usulidan foydalaniladi?
A) NavoiyB
) Bobur
C) E. Vohidov D) R. Parfi
16. «Qisasi Rabg„uziy» asarida adibning otasi haqida qanday ma‟lumot bor?
A) Otasi Burhoniddinning O„g„uz Rabotining qozisi bo„lganligi aytib o„tiladi.
B) Otasi Nosiruddinning O„g„uz Rabotining hokimi bo„lganligi aytib o„tiladi.
C) Otasi Nosiruddinning O„g„uz Rabotining qozisi bo„lganligi aytib o„tiladi.
D) Otasi Burhoniddinning O„g„uz Rabotining hokimi bo„lganligi aytib o„tiladi.
17. Quyidagi parcha «Qisasi Rabg„uziy»ning qaysi hikoyatidan olingan? «Qo„yda tildan, yurakdin yaxshiroq yo„q. Agar yovuz ersa tildin, yurakdin yovuzroq yo„q».
A) «Luqmon va uning xojasi» hikoyatidan
B) «Uzum hikoyati»dan
C) «Yilon va qarlug„och» hikoyatidan
D) «Sulaymonning qarinchg„a bilan so„zlashgani» hikoyatidan
18. “Mug`iliy ahd” asarining muallifi kim?
1.
A)Denison Ros B) N.Nizomiddinov
C)Said Abdurahmon D)Javaharlal Neru
19. “Aytishlaricha, Bobur juda bahodir sipoh va iqtidorli ilm ahli sirasidan bo`lgan.” Fikrlar kimga tegishli?
2.
A)Denison Ros B) N.Nizomiddinov
C)Said Abdurahmon D)Javaharlal Neru
20. Denison Ros Boburning qaysi asari to`g`risida “bequsurlikda yagona va jo`n uslubda yozligan” deya ta`rif beradi?
A) “Boburnoma” B)”Kobul devoni”
C)”Muxtasar” D) “Mubayil al
zakot
21. Adabiyotimizda “otashnafas shoir” sifatida shuhrat qozingan adib kim edi?
A) Bobur B) Navoiy
C) Atoiy D)Mashrab
22. «Saddi Iskandariy» dostonida Iskandarga bo„ysunmagan
qaysi obraz
uzrxohliklar bilan xatosini bo„yniga olib,
Iskandarga saroydan joy berib, askarlarini shaharga joylashtirish mumkinligi haqida
eslatganda Iskandar unga
quyidagicha javob beradi? «Qo„shin shahar ichiga sig„mas. Ularni o„rmonga joylashtirsa ham bo„ladi, siqqanda ham shaharga joylashtirish ma‟qul emas.
Zero, ulardan xalqqa ziyon-zahmat yetishi mumkin...»
A) Kashmir shohi B) Hind royi
C) Chin xoqoni D) Xuroson shohi
23. Mashrabning “Bu tani xoki-yu ruhi ravonni na qilay” deb boshlanuvchi g`azalida payg`ambar ismi tilga olinadi?
A) Ibronim a.v.sB) Sulaymon a.v.s
C) Muhammad a.v.s D) Yusuf a.v.s
24. Mashrabning “Bu tani xoki-yu ruhi ravonni na qilay” deb boshlanuvchi g`azalida tan va ruh tushunchasi orqali qaysi she`riy san`at vujudga kelgan? A) tashbeh
B) tanosib C) tazod D) talmeh
25. Mashrabining “Bulbuldayin faryod etarman” deb boshlanuvchi asari qanday janrda yozilgan?
A) masnaviy B)murabba`
C) g`azal D) muxammas