gina ovlanadigan hovuz tanlanadi. Baliq saqlanadiganlarning soni 1000
dona/gcktariga tig'izlikda. Ona baliqlarning uvildirig'i IV rivojlanish
stadiyasiga bo'lganda taxminiy gipofizar inyeksiya uchun olinadi. Hi-
sob-kitob quyidagicha bo'ladi, og‘irligi 5—7 kg keladigan ona baliqqa 3
mg quruq gipofiz, og'irligi 10—13 kg keladigan ona baliqlar uchun 5—6
mg gipofiz preparati hisobga olinadi. Inyeksiyadan taxminiy bir sutka
o'tishi bilan, ona baliqning bar 1 kg ntassasi uchun 3—6
mg preparat
ruxsat beriladigan inyeksiya uchun mo‘ljallanadi va ota baliq ham in
yeksiya qilinadi. Og'irligi 5—7 kg keladigan ota baliqlar uchun 10—12
mg quruq gipofiz preparatini ishlatish tavsiya etiladi. Gipofiz prepara-
tini suvli suspenziyasini albatta inyeksiyadan oldin tayyorlanadi. Quruq
gipofizni forforli hovonchada ustalik bilan maydalanadi. Hovoncha das-
tasi bilan ezib, so'ngra bir necha tomchi suv quyiladi. Yana aralashtirila-
di. Toki quyuq xamirsimon massa hosil bo'lgunga qadar aralashtiriladi.
Shu massaga fiziologik eritma qo‘shiladi. 0,5—1,0 ml hisobiga taxminiy
miqdor, haqiqiy inyeksiya uchun 1—2 ml qo'shiladi va aralashtiriladi.
Gipofiz suspenziyasi birdaniga bir necha
ota-ona baliqlar uchun
tayyorlanadi. Tayyorlanganni maxsus shprits «Rekord* yordamida in-
gichka nina bilan baliqning orqa tomoni 1\3 qismiga orqa suzgichini
(D) oz-moz pastroq sohasicla muskul ichiga yuboriladi. Nina bosh to-
monga qarab yo‘naltiriladi. Nina tangacha ostidan kiritiladi. Ota-ona
baliq bu vaqtda brezentli zambilda bo‘ladi. Baliq tanasidan nina tortib
olingandan so'ng, barmoq bilan jarohat joyi bosiladi. Qon bilan gipofiz
suspenziyasi chiqib ketmasligi uchun yengilgina massaj qilinadi. Ona
baliqni inyeksiya qilingandan keyin 2—3 sutka o'tishi
bilan to inyeksiya
qilgunga qadar bir soat oldin ota baliq inyeksiya qilinadi.
O ta-ona baliqni inyeksiyalash uchun shunday vaqt tanlanadiki suv
harorati -20—22°C dan past bo'lmasligi ona baliqning yetilishi va ota-
lantirish ishi sutkaning yorug' paytiga to'g'ri kelishi kerak. Birinchi
inyeksiyani soat 18—19 ga qadar o'tkaziladi. lkkinchi yoki haqiqiy in
yeksiya shundan keyin yoki biroz keyinroq o'tkaziladi. Agarda birda
niga havo sovub qolsa, ikkinchi inyeksiya ertalabga qoldiriladi. Havo
harorati 20—22°C bo'lgunga qadar kutiladi. Inyeksiyadan so'ng ota va
ona baliqlarni sadoqlarga saqlanadi. Sadoq maydoni 20—30m2. Sadoq-
larda suv almashinib turilishi kerak. Sadoq suv bilan to'ldirilishi kerak,
liar bir sadoqda 10 ta gacha ota-ona baliq saqlanadi.
Gipofizar inyeksiyadan so'ng ona baliqning yetishishi
suv haroratiga
bog'liq va suv harorati 23-25°C da 9—11, 26—28°C da 7—10 soatdan
keyin yetilishi kuzatiladi.
113
Bu apparat ham organik shishadan tayyorlangan silindr shakliga ega
bo'lib, suv quyiladigan va suv to'kiladigan trubalar qo'yilgan. Apparat-
ning pastki qismiga kuchli suv oqimi yuboriladi. Embrionlarni saqlash
davrida porolon prokladkaga mustahkamlab №18—20 kapron to'rni
temir ustuniga tortiladi. Apparatning pastki qismini yuvish uchun ap
parat korpusiga suv yuboradigan rnoslama ostiga germetik zaslonka ish-
langan. Apparatga suvni sachratib berisli uchun maxsus moslama bor
(26-rasm, 4). Bu moslama suvning spiralsimon oqimini hosil qiladi.
Apparatning hajrni 200 1 bo'lib u, 1,5 min uvildiriqdan to 3,0 min ta
gacha mo'ljallangan. Suv sarfi 14 1/min. Bu
apparatni respublika hudu-
dida tayyorlasa bo'ladi.
Inkubatsion sexda tabiiy koilarning maydoniga qarab apparat soni
belgilanadi. Masalan, To‘dako‘l hududidagi inkubatsion sexda 31 ta ap
parat bo'lib, shundan 24 tasi VNIIPRX, 6 tasi Savin-Arxipov apparatlar.
To'dako'l suv ombori maydoni 22 ming ga. Buxoro viloyati tabiiy suv-
liklar maydoni 101 ming\ga «Buxorobaliq» hissadorlik jamiyati qoshi-
dagi «Zarafshon» hovuz xo'jaligida, bor-yo'g'i 5—8 ta Savin-Arxipov
apparati mavjud. Apparatning xarakteristikasi 28-jadvalda ko'rsatilgan.
Shuning uchun ham iloji boricha har bir tabiiy suvliklar oldida
mini inkubatsion sex tashkil qilish va o'txo'r baliqlarni ko'paytirish
maqsadga muvofiqdir. O'simlikxo'r baliqlar uchun VNIIPRX appa
rati qo'llaniladi. Bu apparatlarning soni Buxoro viloyatining suvliklari
uchun 100 tadan ortiq bo'lishi kerak. Butting
uchun inkubatsion sex-
larni tabiiy suvliklarning yaqin joylarida qurish maqsadga muvofiq.
2 8 -jadval
Do'stlaringiz bilan baham: