Uvildiriq otalangandan so‘ng bir sutka o‘tishi bilan, sariqdon atro-
fida taqasimon yoki yarim yoysimon aylanma hosil bo'ladi. Tana seg-
mentatsiyasi ko'zga tashlanadi. Embrionlar rivojlanishi 35—45 soatda
sekin va kuchsiz harakatlana boshlaydi. So'ngra
tana segmentatsiyasi
boshlanadi. Ko‘z qorachig'i paydo bo'ladi, qora segment ham paydo
boiadi. Dum boiagi ko'rinadi. Ikki sutka o'tishi bilan embrion qonida
shakliy elementlar paydo bo'ladi, ko'krak suzgichi ham hosil bo‘ladi.
Qobiq ichida embrion yaxshi harakat qiladi, ya’ni aylanadi.
Inkubatsiyaning uchinchi sutkasida suv harorati 20—22°C boiganda
chavoqlar chiqa boshlaydi. Chavoqlar chiqishini tezlashtirish uchun suv
oqimi ma’lum miqdorda kamaytiriladi to 0,2—0,5 1 min.
Agarda holat
to‘g‘ri tanlansa, chavoqlar chiqishi 20—40 min dan so'ng to'liq amalga
oshadi.
Apparatda suv oqimi tiklangandan keyin, suv oqimi orqali kapron-
gaz № 17 turi orqali shlang bilan maxsus sadoqda apparatdan olinadi.
Chavoqlarni saqlaydigan sadoq № 17 gazdan tayyorlanadi. Lining
razmeri 90x60x45 sm bo‘lishi kerak. Har bir sadoqda 250—150
ming-
gacha chavoq saqlanadi. Chavoqlar suvda erigan kislorodga nisbatan
nihoyatda sezuvchan bo'ladi.
Shuning uchun ham basseynda suv oqimi kuchli bo'lishi kerak. Bir
million chavoq uchun bir metr kub soat suv sarflanadi. Sadoqda suv al-
mashinuvi yaxshi bo'lishi uchun kapron sitolar tez-tez tozalab turilishi
kerak. Sadoq tubida 15 sm forsunka yoki flayta uchun teshik qo'yiladi.
Suv haroratiga qarab chavoqlarni sadoqda 2—4 kun saqlaydilar. Cha-
voqlarning tashqi yoki taogen oziqlanishiga o'tishi suzgich pufagining
havo bilan to'lishiga to'g'ri keladi. Chavoqlarning suzish pufagi havo
bilan toiishidan bir sutka o'tishi bilan barcha chavoqlarni o'stirish ho-
vuzlariga chiqariladi. 0 ‘stirish uchun chavoqlarni
sadoqda saqlangan
paytda oziqlantirmaydilar (boqilmaydi). Shuning uchun ham chavoq
lar sadoqda ko‘p saqlanmaydi, bu esa nobudgarchilikka olib keladi.
0 ‘stirish havzasiga chiqarilganda ham nobudgarchilik ortadi. Shuning
uchun ham chavoqlarni o‘z vaqtida chiqarish zarur.
Sadoqdan chavoqlarni olishda doka (marli)dan tayyorlangan sachok
ishlatish qat’iyan man etiladi. lloji boricha biron-bir idish, suv bilan
birga olish tavsiya etiladi.
Suzish pufagi havodan to'lishi bilan darhol
iloji boricha bir sutka
davomida chavoqlarni o‘stirish hovuziga o‘tkazish lozim. Maxsus poli-
etilendan tayyorlangan kislorod bilan to'yintirilgan qoplarda 200—300
ming chavoq sig'diriladi.
9 7
Chavoqkirni o'stiruvchi hovuzlarga qo‘yib yuborishdan oldin suv
harorati aniqlanadi. Suv harorati 2°C dan ortiq farq qilinmasligi
kerak.
Chavoqlarni himoyalash maqsadida qamish yoki luxdan to'rt bur-
chak moslamalar tayyorlanadi. Suv to'lqinlaridan saqlash maqsadida
moslama kattaligi 1,5x1,5 metr qilinadi. Shu to'rt burchakga paketdagi
chavoqlar qo'vib yuboriladi.
Chavoqlar iloji boricha
tabiiy ozuqa bilan boqiladi, lekin ko'pchilik
xo'jaliklar un bilan boqadilar. Un berish texnologiyasini ham bilish
kerak. Buning uchun albatta oshxona tayyorlanadi
Do'stlaringiz bilan baham: