nasldor baliqlar kerak, ayniqsa inkubatsion sex uchun ham bularning
mahsulotlari kerak. Sex uchun ishlatiladigan ota-ona baliqlar iloji bo-
richa 4-10 yoshgacha bo'lgani ma’qul. Bu yoshdagi ota-onalardan si-
fatli mayda baliqcha (chavoq) olinadi. Buning uchun ota-ona baliqlar
sog'lom, jarohatlanmagan bo'lishi kerak. Karplarning 8 yoshdan, oq
amur va oq do'ngpeshana, chipor do'ngpcshana 11—12
yoshdan boshlab
safdan chiqariladi.
Voyagayetgan 2—3 yoshli karplar, 5~6yoshli oqam urvado‘ngpeshana
tez o‘sish va yuqori mahsuldorlik xususiyatlariga ega bodadi, bir yozda
1,0—1,5 min dona uvildiriq mahsuloti beradi. Erta bahorda bunday ba-
liqlarning jinsiy mahsulotlarining ijobiy belgilari yaqqol ko'zga tashla-
nadi. Endi har bir jins alohida-alohida ajratiladi. Alohida hovuzlarda
saqlanadi, chunki bulardan yuqori darajali avlod olinadi.
Erkaklari ni-
koh jihozlariga va urug‘ mahsulotlarining yetilishiga qarab ajratiladi.
Yaxshi ota-onalarni tanlab ajratish bahor faslida nerest oldidan boshla-
nadi va jinslarga ajratiladi. Nasldor zotlarni o‘z-o‘zidan ajratilayotganda
jinsning tashqi ko'rinishiga e’tibor beriladi. Yaxshi zotlarning tana ba-
landligi indeksi ko‘rsatkichiga muvofiq 2,5—2,7 ga teng bo‘ladi, qalinlik
indeksi 20—22%.
Nasldor va remont uchun ajratilgan baliqlarning ko‘rsatkichlari
to‘g‘risida akt tuziladi, inventarizatsiya qilinadi va vedomost tuziladi.
Vedomost formasi 12-jadvalda ko‘rsatilgan. Baliqlarni o'lchash uchun
quyidagi moslamalardan foydalaniladi (21-22-rasmlar).
21-rasm. Baliq tana odchovlarini o‘lchash doskasi
V.S. Kirpichnikova va K.A. Golovinskoy ma’lumotiariga ko‘ra, tan-
gacha qoplami shakli bo'yicha farqlash mumkin, chunki u o‘zgarib
turish xususiyatiga ega ekanligi bilan xarakterlanadi. O ta-ona zotlar-
83
ning holatini baholashda kuz va bahorda ularning rangiga qarab ba-
holanadi. Sarg'aygan, nimjon baliqlar oriq bo'lib, semizlik koeffitsienli
past boiadi. Bunday baliqlar brak voki yaroqsiz deb topiladi.
Ota-ona
nasldor baliqlarning va remont uchun ajratilgan ikki-uch voshli baliqlar
nasldorligi tekshirilib baholanadi va akt-vedomosti tuziladi. Bu ishni
bosh baliqshunos bajaradi. Baliqlarni oichash texnikasi yuqoridagi
rasmlarda ko‘rsatilgan.
22-rasm. Karp baliqlarini oichash texnikasi:
a — tana va bosh uzunligi, b — tana balandligi, d — tana qalinligi.
Bahorgi yoki kuzgi nasldor zotlarning holatini
baholashda ularning
tana rangiga qarab belgilanadi. Kulrang xira kumushsimon rangda
toblansa, bunday baliq oriq-semizlik koeffitsienti past boiadi. Bun-
day zotlar to'rlardan olib tashlanadi. Har yili baholash asosida nasldor
zotlar va remont uchun ajratilgan zotlar uchun alohida akt-vedomosti
yoziladi (akt-vedomost nusxasi alohida tavsiya etiladi).
Do'stlaringiz bilan baham: