Bog'liq Mavzu Moliyaviy hisobotlar va ularning korxona faoliyatini baho-hozir.org
Mavzu: Moliyaviy hisobotlar va ularning korxona faoliyatini baholashda tutgan o’rni. Talaba: iii-kurs 120-guruh talabasi abdumo’minov pardamurod termiz 2022 y
Mavzu:Moliyaviy hisobotlar va ularning korxona faoliyatini baholashda tutgan o’rni. Talaba: III-kurs 320-guruh talabasi Eshqorayev Shamsiddin Termiz 2022 y
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT (SIRTQI) YO’NALISHI BUXGALTERIYA HISOBI FANIDAN
TAQDIMOTI
Moliyaviy hisobotlar va ularning korxona faoliyatini baholashda tutgan o’rni.
Moliyalashtirish manbalari – bu moliyaviy mablag‘larni olishning amldagi va kutilayotgan kanallari, shuningdek bu moliyaviy mablag‘larni taqdim qilishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy subyektlarning ro‘yxati. Loyihani moliyalashtirish strategiyasining asosini loyihaning individual xususiyatlari va ularga ta’sir qiluvchi omillardan kelib chiqib moliyalashtirish sxemasini ishlab chiqish tashkil qiladi.
Korxonani moliyalashtirish – korxonalarni zaruriy moliyaviy resurslar bilan ta’minlash. Moliyalashtirish budjet mablag‘laridan assigonovaniyalar, kredit mablag‘lari, horijiy yordamlar, boshqa shaxslarning badallari ko‘rinishidagi ichki va tashqi manbalardan amalga oshiriladi.
Moliyalashtirish strategiyasini moliyalashtirish manbalaridan kelib chiquvchi asosiy turlari quyidagilardan iborat:
Korxonaning pul mablag‘lari – korxonaning naqd va naqdsiz ko‘rinishda to‘plangan pullari. Ba’zida pul mablag‘lariga qo‘shimcha yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlar ham kiritladi.
Korxonaning pul mablag‘lari – korxonaning naqd va naqdsiz ko‘rinishda to‘plangan pullari. Ba’zida pul mablag‘lariga qo‘shimcha yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlar ham kiritladi.
Foydani qayta investitsiyalash – bu o‘z faoliyatini kengaytirayotgan korxonani moliyalashtirishning eng qulay va nisbatan arzon shakli.
Moliyalashtirishning tashqi manbalarini xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Jalb qilingan investitsiyalar:
- investorni yuqori foyda va korxonaning o‘zi qiziqtiradi;
- investor qachondir investitsiyadan voz kechish maqsadiga ega bo‘lishi (bo‘lmasligi) mumkin;
- investor mulkining ulushi uning investitsiyalarini korxonaning barcha kapitaliga nisbatidan aniqlanadi.
2. Qarzli investitsiyalar:
- korxona kontrakt bo‘yicha qarz summasini qaytarish majburiyatini oladi;
- qarz olingan shartlarga muvofiq tarzda so‘ndirilishi kerak;
- agar kredit muddatlarida qaytarilmasa, kreditor kafolatlarni olib qo‘yishi mumkin;
- qarz summasi qaytarilganidan so‘ng kreditor odidagi majburiyatlar to‘xtaydi.
Moliyaviy hisobotlar va ularning korxona faoliyatini baholashda tutgan o’rni.
Moliyalashtirish strategiyasi amalga oshirilayotganda, turli xil manbalardan mablag‘larni taqdim qiluvchi, quyidagi moliyaviy vositalar (moliyalashtirish sxemalari) qo‘llaniladi:
- eksport operatsiyalarini sug‘urtalash; - lizing;
- franchayzing;
- faktoring;
- forfeyting;
- grantlar va hayriya badallari;
Moliyaviy hisobotlar va ularning korxona faoliyatini baholashda tutgan o’rni.
Investitsiyalashning maqsadidan kelib chiqib investitsiya jarayonida qatnashuvchi investitsiya resurslarining tarkibi va mutanosibligi o‘zgarishi mumkin. Real investitsiya loyihalarini amalga oshirishda investitsiya resurslari moliyaviy (pul mablag‘lari va b.), moddiy (asosiy fondlar, moddiy qiymatliklarning zahirali va sh.k.) va nomoddiy shakllarda (patentlar, litsenziyalar va sh.k.) qo‘llanilishi mumkin.
Investitsion jarayonni moliyaviy ta’minlash tizimi manbalarning, investitsiya faoliyatini moliyalashtirish usullari va shakllarining organik birligidan kelib chiqadi. Investitsion resurslarni shakllantirish manbalari turli-tumandir. Bu manbalarning mazmuni aniqlash va turkumlashning zarurligini asoslaydi. Investitsiyalarni moliyalashtirish manbalarini turkumlanishiga asosan barcha manbalarni uchta asosiy guruhlarga ajratish mumkin: o‘z manbalari, qarz manbalari, jalb qilingan manbalar. Bunda korxonaning o‘z mablag‘lari ichki (ikkilamchi), jalb qilingan va qarz mablag‘lari – tashqi (birlamchi) manbalar sifatida qaraladi.O‘z mablag‘lariga quyidagilar kiradi:
korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatidan olingan sof foyda;
amortizatsiya ajratmalari;
mulkni yo‘qotilishi bilan yuzaga kelgan sug‘urta qoplamalari;