Ommaviy ijtimoiy psixologik hodisalar
. Ijtimoiy psixologiyaga ommaviy hodisalar
deganda turli kishilar guruhiga shaxslararo munosabatlar va o`zaro ta’sir jarayonlari; milliy
etnopsixologiya hamda sinflar psixologiyasi muammolari; milliy madaniyat, urf-odatlar,
an’analar, udumlar, aqidalarning shaxs shakllanishidagi roli, olomon psixologiyasiga oid
psixologik qonuniyatlar; turli guruhlarda odamlarning bir-birini idrok qilishlari va
tushunishlari, o`zaro ta’sir masalalari tushuniladi. Hozirgi murakkab ijtimoiy hodisalar
sharoitida ommaviy ijtimoiy psixologik qonuniyatlarni bilishning hamda ularni
boshqarishning ahamiyati juda kattadir.
Oila-ijtimoiy psixologiyaning o`rganish ob’ekti sifatida
.
Bu yerda oilaga xos psixologik jarayonlar oila a’zolarining bir-birlariga munosabatlari,
nikohdagi o`zaro moslik masalalari, oilaviy mojarolarning psixologik omillari, oilada bola
tarbiyasining ijtimoiy-psixologik metodlari o`rganiladi.
Ijtimoiy tasavvurlar ijtimoiy psixologiyaning o`rganish ob’ektidir.
Ijtimoiy tasavvurlar shaxslararo munosabatlar tizimida shakllanib, ular shaxs xulq-
atvorini turli ijtimoiy vaziyatlarni boshqarib turuvchi muhim psixologik mexanizmdir. Ular
individual va ijtimoiy ong o`rtasidagi o`ziga xos psixologik ko`prik bo`lib, bizning kundalik
hayot tarzimiz, ob’ektiv borliqni tushunish va anglashning muhim vositasidir.
Har bir shaxsdagi ijtimoiy tasavvurlarni bir necha kategoriyalarga bo`lish
mumkin:
turli ijtimoiy guruhlar haqidagi tasavvurlar,
din va boshqa konfessiyalar haqidagi tasavvurlar;
fan va ilmiy tushuncha haqidagi tasavvurlar;
shaxsni bevosita o`rab turgan ijtimoiy muhit - oila, oilaviy rollar, xulq-atvor normalari,
etika haqidagi tasavvurlar;
madaniyat va madaniy qadriyatlar;
nihoyat, shaxsning o`z "Meni" haqidagi obrazlar tizimi.
Ijtimoiy psixolog qanday ilmiy tadqiqot olib bormasin, u albatta ijtimoiy tasavvurlarning
biror sohasiga murojaat qiladi.
Ijtimoiy tasavvurlarni o`rganish va tarixiga murojaat qilib, shuni ta’kidlash mumkinki,
bu konsepsiya Fransiya psixologik maktabiga taalluqlidir. Uning asoschisi Emil Dyurkgeym
bo`lib, u o`zining sotsiologik qarashlari tizimida ijtimoiy tasavvurlarni"ijtimoiy fakt"eki
obrazlar tarzida talkin etgan. Uning keyingi izdoshlari bo`lgan Franzuz olimlari S. Moskovisi,
D. Jadeli, Kodol, Arbik, V. Duaz, M-J. Shombar de Lov va boshqa tasavvurlarning ijtimoiy
tabiati, ularning hayotdagi o`rni, ahamiyati, tuzilishi va o`zgarishi masalasida qator ilmiy
tadqiqot ishlarni amalga oshirib, ijtimoiy tasavvurlar haqida o`ziga xos nazariyalar yaratdilar.
Ularning asosiy tadqiqot usullariga anketa, kontent-analiz, suhbat metodlari kirib, shu oddiy
metodlar yordamida fransuzlarning shaxs haqidagi, freydizm haqidagi, din haqidagi
tasavvurlaridan tortib, katta - ijtimoiy guruhlar ayollar, erkaklar va bolalar haqidagi
tasavvurlarini tadqiq qiladilar. Oxirgi yillarda kognitivizm yunalishi doirasida ushbu
konsepsiyaning hayotiyligi isbotlanmoqda va butun dunyo psixologlari bu nazariyani tan
olmoqdalar.
Ajratilgan vazifalardan eng muhimi shuki, hozirgi davrda ijtimoiy psixologiya o`zi bilan
bevosita aloqador bo`lgan boshqa psixologiya tarmoqlari bilan hamkorlikda keskin
o`zgarishlar davrida har bir inson ongida nima sodir bo`ladi, u bu o`zgarishlarni qanday idrok
qilmoqda, uning hayotiy mavqeini qanday qilib maqsadga muvofiq tarzda faollashtirish
mumkin, degan savollarga ilmiy asoslangan javob topib berishdir.
1.5-sxema.
Do'stlaringiz bilan baham: |