Учебно-методический комплекс по "Энтомологии" подгатовлен на основе современной педтехнологии. Настоящий комплекс подготовлен на основании действующей


-rasm. Hasharotlar metamorfozining gormonal nazorat



Download 11,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/348
Sana20.04.2022
Hajmi11,19 Mb.
#566981
TuriУчебно-методический комплекс
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   348
Bog'liq
entomologiya

29-rasm. Hasharotlar metamorfozining gormonal nazorat 
qilinishi: 
1-bosh miya, 2-neyrosekretor hujayralar, 3-kardial tana, 
4-yondosh tanachalar, 5-protorakal bezlar, 6-gonada, 7-kuti-
kulaning tullashi, AG-gormonning faollashuvi, YUG-yuvenil 
gormon, G-lichinkali gormon. 
Kapalak qurtlarida yondosh tana olib tashlanganida 
qurtning rivojlanish davrlari qisqarib pakana kapalak paydo 
bo‘ladi. Agar so‘nggi rivojlanish davridagi kapalak qurtiga 
yondosh tana ulab qo‘yilganida lichinkalik davri yana 
bittaga ko‘payadi.
Metamorfozdan so‘ng bunday qurtdan birmuncha yirik kapalak chiqadi. Hasharotning 
voyaga yetishi bilan yuvenil gormoni ishlab chiqarish ham kuchayadi. Lekin bu davrda gormon 
jinsiy bezlar faoliyatini nazorat eta boshlaydi. Hasharotlarda bunday bezlar tananing turli 
qismida joylashishi mumkin. Pashsha va chivinlarning kardial va yondosh tanalari, shuningdek 
protorakal bezi miya ustida joylashgan halqa bezi kompleksi tarkibiga kirgan bo‘lib, yurakning 
uchki qismini o‘rab turadi. Lichinkalik davri har xil hasharotlarda turlicha davom etadi. 
Chivinlarning qurti bir necha kun, kapalaklarniki 2-4 hafta, ninachilarning lichinkasi bir yilda 
(ayrim turlarida 2-3 yil), may qo‘ng‘izi qurti 4-5 yil davomida voyaga yetadi. Ayrim jizildoqlar 
esa 17 yilgacha yashashi ma’lum.
 
Hasharotlar hayotida mavsumiylik. 
Hasharotlar hayoti jarayonida ayrim rivojlanish 
bosqichlari yil faslining ma’lum bir davriga mos keladi. By hodisaga mavsumiylik sikli deb 
ataladi. Mavsumiylik ko‘p jihatdan hasharotlar uchun xos bo‘lgan 
diapauza 
bilan bog‘langan. 
Diapauza bu o‘sish va rivojlanishning juda sekinlashuvi bilan bog‘liq bo‘lgan chuqur fiziologik 
tinchlik holati bo‘lib, hasharotlarda noqulay sharoit ta’siriga moslashuvdan iborat. Diapauza 
rivojlanish siklining tuxum, lichinkalik, g‘umbaklik yoki imago davrida paydo bo‘lishi 
mumkin. Bu davrda organizmning noqulay sharoitga chidamliligi keskin oshadi. 
Hasharotlarning faol holatdan diapauza davriga o‘tishi neyrogumoral sistemasi 


98 
tomonidan nazorat qilinadi. Neyrosekretor hujayralar boshqarib turadigan ichki sekretsiya 
bezlari garmoni hasharotlarning rivojlanishini to‘xtatishi yoki faollashtirishi mumkin. Bu 
mexanizmni ishga tushuruvchi asosiy omil kun uzunligi hisoblanadi. Kunning qisqarishi 
boshqa ob-havo sharoitining qulay bo‘lishiga qaramasdan hasharotlarga noqulay sharoit 
yaqinlasha boshlaganidan dalolat beradi. Diapauza turning saqlanib qolishida juda katta 
ahamiyatga ega. Qulay sharoit tug‘ilishi bilan diapauza tamom bo‘lib, hasharotlarning 
rivojlanishi davom etadi. Masalan, ko‘pchilik kapalaklar diapauzani g‘umbaklik davrida 
o‘tkazadi, qurt davri esa oziq mo‘l bo‘lgan bahor fasliga to‘g‘ri keladi. Sovuq havo, elektr 
zaryadi, kislota va boshqa omillar ta’sir etish bilan hasharotlarni diapauzadan chiqarish mumkin. 

Download 11,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish