Учебно-методический комплекс по "Энтомологии" подгатовлен на основе современной педтехнологии. Настоящий комплекс подготовлен на основании действующей


-rasm. Temirchakning timpanal organi



Download 11,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/348
Sana20.04.2022
Hajmi11,19 Mb.
#566981
TuriУчебно-методический комплекс
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   348
Bog'liq
entomologiya

18-rasm. Temirchakning timpanal organi: 
A-oldingi boldirdagi timpanal organ-ning 
ikkita teshigi. B-boldirning timpanal organ 
bo'lgan joyidan ko'ndalang kesma-si: 
1-kutikula, 
2-eshitish teshigi, 3-qalpoq-simon hujayra, 4-
skolpofor, 5-og'ora parda, 6-traxeyalar, 7-nog'ora 
parda o'shlig'i, 8-oyoq bo'shlig'i, 9-skolopoid 
tanacha.
Timpanal 
organlar, 
ayniqsa 
sayroqi 
hasharotlarda 
yaxshi 
rivojlangan. Ularning soni 2-4 tadan bir 
necha o‘ntagacha va hatto yuzdan ortiq 
(jizildoqlar) bo‘lishi mumkin. Temirchaklarning timpanal organlari oldingi 
oyoqlarning boldir qismida joylashgan ikkita tor tirqish bilan boshlanadi. Bu 
tirqishlar nog‘ora bo‘shlig‘iga ochiladi. Bo‘shliqning ichki tomonida ikkita nog‘ora 
pardasi joylashgan. Nog‘opa pardalarning oralig‘idan traxeya naylari o‘tadi. Bu 
naylar tovushni kuchaytiruvchi rezonatorlar vazifasini o‘taydi. Timpanal organning 
asosiy qismi uch guruh skolpoforlardan iborat: Skolpoforlar nog‘ora pardaga va 
rezonator traxeyalarga tegib turadi. Sezuvchi nerv hujairalarning o‘simtalari timpanal 
nervni hosil qiladi. Xordotonal sensillalar, ya’ni skolpoforlar har xil chastotali tovush 
tebranishlarini qabul qiladi. Sensillalardan bir guruhi muayyan tur individlari uchun 
xos bo‘lgan tovush tebranishlarini qabul qiladi.


80 
Hasharotlarning 
timpanal organlari 
sekundiga 15000 dan 175000 gacha 
bo‘lgan tovush tebranishlarini qabul qiladi. Ular ayniqsa ultratovush tebranishlariga 
sezgir bo‘ladi. Tunlam kapalaklar ko‘rshapalaklar tarqatadigan 30000-80000 
chastotali tovush tebranishlarini sezadi va ulardan saqlanish uchun o‘z yo‘nalishini 
o‘zgartirib turishadi. Yuqorida trixoid sensillalar ham eshitish funksiyasini bajarishi 
to‘g‘risida eslatilgan edi. Trixoid sensillalar 50 dan 400 gacha chastotali 
tebranishlarni sezadi.
Ular kontakt sezgi organlari bo‘lib, hasharotlar o‘tirgan yuzaning 
tebranishlarini qabul qiladi. Trixoid sensillalar mo‘ylovlarda va serkilarda ko‘p 
bo‘ladi. Ayrim trixoid sensillalarning tukchalari kutikula bilan harakatchan birikadi. 
Bunday sensillalar shamolning yo‘nalishini va havo oqimini aniqlashga yordam 
beradi.
Pashsha va chivinlarning ikkinchi juft qanotlari qoldig‘idan hosil bo‘lgan 
vizildoqlarida tana holatini boshqarishga yordam beradigan xordotonal sensillalar 
joylashgan. 
Qanotli hasharotlar mo‘ylovlarining asosida murakkab tuzilgan 
jonston organi 
uchish tezligini boshqarishga yordam beradi. Eshitish organlari rivojlangan 
hasharotlar ovoz chiqarish xususiyatiga ham ega bo‘ladi. Bu organlar har xil tuzilgan. 
Hamma to‘g‘ri qanotlilarning ovoz chiqarish xususiyati qanotlar bilan bog‘liq. 
Temirchaklarning oldingi chap qanotlaridagi ayrim tomirlari tishchali kamonchaga 
aylangan. O‘ng qanotining shunga mos keladigan qismida baland tomirlar bilan 
chegaralangan maxsus rezonator plastinka oynachasi bo‘ladi. Hasharot chap 
qanotidagi kamonchani o‘ng qanotidagi oynachasi tomiriga ishqalaydi va oynacha 
plastinkasi tebranib ovoz chiqaradi. Chigirtkalarning kamonchasi esa orqa oyoqning 
son qismida joylashgan qator tishchalardan iborat. Erkak chigirtkalar kamonchani 
ustqanotning qalinlashgan tomiriga ishqalab, ovoz chiqarishadi. Jizildoqlarning ovoz 
chiqarish organi oxirgi ko‘krak bo‘g‘imining ostki tomonida joylashgan xitin 
pardadan iborat. Maxsus muskullarning juda tez-tez qisqarishi natijasida parda 
tebranib, ovoz chiqaradi. Erkak hasharotlar sayrashining asosiy mohiyati 
urg‘ochilarini jalb qilishdan iborat.

Download 11,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish