4. Biologik qarshi kurash usuli.
O‘simlik zararkunandalariga qarshi kurashda
biologik usulni qo‘llash deganda qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunanda hasharotlari
bilan ularning parazitlari va yirtqichlari, shuningdek, bakterial, zamburug‘li, virusli
274
va aralash kasalliklarni qo‘zg‘atuvchilari o‘rtasidagi tabiiy antogonistik qarama-
qarshilikdan maqsadga muvofiq foydalanishni tushunish lozim.
Zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashning biologik usulini qo‘llashning bir
qancha afzalliklari bor. Bunda birinchidan atrof muhit ifloslanmaydi, foydali
hasharotlar kimyoviy preparatlardan qirilib ketmaydi, hamda xo‘jaliklarga iqtisodiy
jihatdan arzon tushadi.
Zararli hasharotlarning tabiiy dushmanlaridan foydalanish uzoq tarixga ega.
Birinchi marta o‘simliklarni zararkunanda hasharotlardan biologik usulda himoya
qilish to‘g‘risidagi ma’lumot eramizning 900-1200-yillarida paydo bo‘lgan qadimgi
Arabistonda bog‘bonlar palma daraxti zararkunandalariga qarshi kurashda yirtqich
chumolilardan foydalanishgan. Shuningdek, qadimgi Xitoyda sitrus o‘simliklari
zararkunandalariga qarshi kurashda yirtqich chumolilarni qo‘llash bo‘yicha ham
tajribalar o‘tqizilgan.
1762-yili Mavrikiy oroli qirg‘oqlarida qizil chigirtkalarga qarshi kurashish
uchun Hindistondan maynalar olib kelib tarqatilgan. Bir qator mamlakatlarda
zararkunanda hasharotlar ko‘payib ketgan dalalarga yirtqich xonqizi qo‘ng‘izlari
muntazam ravishda tarqatilgan.
1840-yil birinchi marta Buajirio ismli olim Fransiyada terak va tol daraxtlari
zararkunandalaridan toq ipak qurtini yo‘qotishda badbo‘y suluv qo‘ng‘izlardan
foydalangan.
1844-yil Italiyada Antonio Villa zararkunanda hasharotlarga qarshi biologik
kurash usulini qo‘llagan holda, ko‘plab tajribalar o‘tkizib, Italiya bog‘lariga yirtqich
qo‘ng‘izlarni ko‘paytirib tarqatish to‘g‘risida tavsiyalar bergan.
Hasharotlar ichida parazit turlari ham uchrashligini birinchi marta 1602-yili
Aldrovandi aniqladi. U sholg‘om kapalagi qurti ichidan apanteles glomeratus turiga
mansub parazit yaydoqchining lichinkalarini teshib tashqariga chiqishini kuzatadi.
Lekin bu hodisani 1700-yil Villisniyeri ilmiy tomondan tushuntirib berdi.
1800-yili Charlz Darvinning otasi Erazm Darvinning yozishicha karam
kapalagini qurtiga kichkina ixnevmonid yaydoqchisi o‘z tuxumini qo‘yib, ularni
cheklab turmaganda karam kapalagi haddan tashqari ko‘payib ketib, hosildorlikka
katta zarar yetqizgan bo‘lar edi. Shunga o‘xshash ma’lumotlar Yevropa va AQSH da
olimlar tomonidan tez-tez chop etib turildi.
Nemis tabiatshunos olimi V. Koller ham entomofaglarni zararkunanda
hasharotlar miqdorini cheklashga oid ma’lumotlarni yozib qoldirgan. Uning
fermerlar, o‘rmon xodimlari, bog‘bonlarga zararkunanda hasharotlarga qarshi
biologik kurash usullari va ular to‘g‘risidagi maslahatlari 1837-yili Avstraliyada chop
etilgan.
1837-1852-yillarda Rotsebur Germaniyada o‘rmon zararkunandalari va
ularning parazitlari to‘g‘risida bir qator ilmiy ishlarni chop ettirdi. Uning ilmiy
275
ishlarining natijalari AQSH da amaliyotda qo‘llanilgan. Bu davrda AQSH da
entomofaglarning intraduksiyasi bo‘yicha bir qancha qiziqarli ishlar paydo bo‘ldi.
Rossiyada zararkunanda hasharotlarga qarshi kurash usuli to‘g‘risidagi ilmiy
ishni birinchi marta mashxur rus olimi I.I. Mechnikov chop ettirgan. Biologik metod
sohasida tadqiqotlar o‘tkazish ulug‘ rus olimi I.I. Mechnikov tomonidan 1879-yilda
g‘alla qo‘ng‘izlari va lavlagi filchasiga qarshi, ularning yashil muskardina kasalliklari
sababchisi zamburug‘dan foydalanishdan boshlangan. Natijada bu zararkunandani
kasallikka duchor qilib, ularni 70% gacha kamaytirishi mumkin ekanligi aniqlangan.
I.I. Mechnikovning tadqiqot ishlarini I.M. Krasilshik davom ettirib, dunyoda
birinchi marta zamburug‘larni ko‘p miqdorda ishlab chiqishni tavsiya qiladi.
O‘tgan asrning oxirgi yillarida zararkunanda hasharotlarga biologik qarshi
kurash usulini chuqurroq o‘rganish va undan qishloq va o‘rmon xo‘jaliklarida
kengroq foydalanish sohasida rus tadqiqotchilari I.V. Vasilev. N.V. Kurdyumov,
I.Ya. Shevirev, V.P. Pospelov, I.M. Krasilshik, N.A. Xolodkovskiy va boshqalar
samarali ish olib bordilar. Ular entomofaglar bilan zararkunandalar orasidagi
munosabatlarni o‘rgangan va bunday munosabatlar biologik kurash metodining asosi
ekanligiga ko‘proq e’tibor berganlar.
Ularning ilmiy tadqiqot ishlari asosan zararkunanda hasharotlarni cheklab
turishda entomofaglar va mikroorganizmlarning ahamiyatini o‘rganish, hasharotlar
orasida uchraydigan parazitlar va yirtqichlar hamda o‘simliklarni zararkunanda
hasharotlardan himoya qilishda entomofaglardan biologik qarshi kurash usuli sifatida
foydalanish yo‘llarini ishlab chiqishga ba’g‘ishlangan.
Birinchi marta I.V. Vasilev (1910) va A.F. Radetskiy (1911) O‘rta Osiyoda
mevali daraxtlarni kuchli zararlaydigan olma qurtiga qarshi Astraxandan tuxumxo‘r
trixogramma yaydoqchisini olib kelib Toshkent va Samarqand bog‘lariga
tarqatganlar. Undan oldinroq esa, ya’ni 1903-yilda I.V. Vasilev Orta Osiyodan zararli
xasva paraziti tuxumxo‘r telenomus yaydoqchisini Xarkov gubernasiga olib borib
tarqatgan va uning natijasi ijobiy bo‘lgan.
Taxminan shu davrda V.P. Pospelov trixogrammalarni suniy usulda
ko‘paytirish va ulardan foydalanish bo‘yicha keng qamrovli tajribalar olib brogan.
Sobiq ittifoqda o‘simlik zararkunandalariga qarshi biologik kurash usulini rejali va
aniq maqsadlar qo‘yilgan holda olib boorish Butunittifoq o‘simliklarni himoya qilish
institutida biometod va mikrobiometod laboratoriyasining ochilishi bilan boshlangan.
Bu laboratoriya tomonidan Sobiq Ittifoqda o‘simlik bitlari va qalqondorlarga qarshi
kurashda bir qancha foydali entomofaglar, ya’ni afelinus, rodomed, psevdofikus,
kriptolemusni hamda kuzgi tunlam, g‘o‘za tunlami va boshqa zararli
tangachaqanotlilarga qarshi trixogrammalarni intraduksiya va iqlimlashtirish
borasida bir qator qiziqarli va foydali ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan.
Sobiq ittifoqda zararkunanda hasharotlarga qarshi biologik kurash usulini
276
rivojlantirishda N.F. Mayer, N.A. Talenga, A.F. Alekseyev, V.A. Shepetelnikova ,
V.P. Pospelov , O.I. Shvetseva, A.A. Yevlaxova , N.F. Fedorinchik, N.V. Kandibin
va boshqa olimlarning xizmati kattadir.
Ozbekistonda esa zararkunanda hasharotlarga biologik qarshi kurash choralari
to‘g‘risida tadqiqot ishlarini olib brogan va ishlab chiqarishda foydalanish uchun bir
qator ishlanmalarni tavsiya qilgan yirik olimlar qatoriga V.V. Yaxontov, A.N.
Lujetskiy, P.P. Bogut, V.P. Nevskiy, M.N. Narziqulov, S.N. Alimuhammedov, Yu.P.
Adashkevich, Z.K. Odilov, Sh. Xodjayev, Z. Saidova, A.Sh. Hamrayev, T.S.
Yeremenko, G.A. Pavlova, T. Umarova, A.K. Mansurov, F.M. Uspenskiy, O.M.
Yuzboshyan, L.S. Ulyanova va boshqalarni aytish mumkin.
Hasharotlar katta sinfiga kiruvchi 34 turkumidan 16 turkum vakillari orasida
zararkunandalarda yirtqichlik va parazitlik qilib yashovchi foydali hasharotlar
mavjud. Ayniqsa, qandalalar, tripslar, vizildoq qo‘ng‘izlar, stafilinidlar, xonqizi
qo‘ng‘izlari, malhamchi qo‘ng‘izlar, oltinko‘zlar, ixneumonidlar, brakonidlar,
afidiidlar, afilinidlar, trixogrammatidlar, chumolilar, sirfid va gallitsa pashshalari
o‘simlik zararkunandalarini keskin kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadilar (95-
rasm).
Qandalalar turkumining 40 mingdan ortiq turi bor. Ularning ko‘pchiligi
zararkunandalar bo‘lishi bilan bir qatorda nabid, antokorid, reduvid va va boshqa
oilalari ichida foydali yirtqich vakillari ham bo‘lib, ular zararkunanda hasharotlarni
va kanalarni qirib, qishloq xo‘jalik o‘simliklarining hosildorligini oshishiga katta
yordam beradi. Bunday yirtqich qandalalar olma mevaxo‘ri, kuyalar, koksidlar,
o‘simlik bitlari, saratonlar va boshqa zararkunandalarning lichinkalari hamda har xil
mayda hasharotlar bilan oziqlanib, qishloq xo‘jaligi o‘simliklari zararkunandalarini
yo‘qotishda katta ahamiyatga ega.
Bu qandalalar 70 % gacha g‘o‘za tunlami tuxumlarini yo‘qotadi. Markaziy
Osiyoda, shu jumladan O‘zbekistonda
Do'stlaringiz bilan baham: |