1. Shunday qilingki, tovar yoki xizmatni takomillashtirishga bo‘ lgan
intilish doimiy bo‘lsin. Sizning yakuniy maqsadingiz-raqobatbardosh
bo‘lish, biznesda qolish va ish joyini ta’minlash.
Mahsulot va xizmatni
bosqichma-bosqich va doimiy yaxshilash sohasida qattiq belgilangan
ishlab chiqarish maqsadlariga erishishdan chekinmang.
2. Korxonaning barqarorligiga erishish uchun sifat (tadbirkorlik)
ning yangi falsafasini qo'llang.
3. Shuni bilingki, sifatga erishish uchun yoppasiga nazoratning
zaruriyati yo‘q.
4. Demping narxlari asosida uzoq muddatli biznes strategiyasini
qurishga harakatni to ‘xtating.
5. Sifatni va unumdorlikni oshirish, xarajatlami kamaytirish
uchun ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tizimini doimo
takomillashtiring.
6. Ish joylarida kadrlami tayyorlash tizimini yarating.
7.
Kuzatishni emas, balki samarali rahbarlik tizimini yarating.
8. Insonlar bilan munosabatda qo'rqish va ishonchsizlikni
yo'qotib, samarali muloqot qilish usullaridan foydalaning.
9. Ilmiy-ishlab chiqarish davri bo'yicha korxona bo'linmalarining
bir-biridan ajralishini yo'qoting.
10. Targ'ibot qilish va «ommani safarbar qilish» shiorlari
amaliyotini tugating.
11. Qattiq m e’yorlar asosida ishlab chiqarish quvvatlarini ajratish
amaliyotidan voz keching.
12. Ishchining o 'z ishidan g'ururlanishiga xalaqit beradigan
to'siqlami yo'qoting.
13. Malakani oshirishning umumiy dasturini ishlab chiqing va har
bir xodimga o'z saviyasini oshirish uchun sharoit yaratib bering.
14. Mahsulot va xizmat sifatini doimo yaxshilash bo'yicha
rahbariyat yuqori bo'g'inining majburiyatini aniq belgilab qo'ying.
E.
Demingning mehnatga haq to'lash sohasidagi tavsiyalari ham
qiziqarli:
1. Vaqtinchalik emas, istiqbolli qarorlarni taqdirlang.
2. Tavakkaldan qochadiganni emas, uni o 'z zimmasiga oladiganni
taqdirlang.
3. Ko‘r-ko‘rona bo'ysunishni emas, ijodiy ishni taqdirlang.
4. Ish hajmi uchun emas, natijasi uchun taqdirlang.
5. Foydasiz murakkablashtirishni emas, soddalashtirishni taqdirlang.
6.
Tez ishni emas, sifatni taqdirlang.
7. Bir-biriga qarshi emas, balki bir-biri bilan inoq ishlaydigan
xodimlami taqdirlang.
Yuqorida sanab o'tilgan tamoyillardan AQSh ishlab chiqaruvchilari
o'z amaliyotlarida foydalangan holda mehnat unumdorligini va
mahsulot sifatini oshirishga hamda joriy xarajatlami kamaytirishga
erishishdi.
5.3.2. Yaponiyada mahsulot sifatini boshqarish tajribasi
Yaponiya tajribasi shuni ko'rsatdiki, sifatni oshirish-hech qachon
tugamaydigan ishdir. Sifatni boshqarishning zamonaviy bosqichi
1950-yillardan boshlangan. Shuningdek, yana sifatni boshqarishga
yaponcha yondashish o'zining farq qiluvchi jihatlariga ega.
Lekin
taqqoslama tahlilning ko'rsatishicha, nazariy holat universal,
baynalmilal tavsifga ega.
Sifatni boshqarishga yaponcha yondashishning xususiyatlari
quyidagicha:
- firmaning barcha bo'linmalarini jarayonlar va mehnat natija-
larini doimo takomillashtirishga yo'naltirish;
- mahsulot sifatini emas, jarayonlar sifatini nazorat qilishga
mo'ljal olish;
- nuqsonlarga yo'l qo'yilish imkoniyatlarini yo'qotishga mo'ljal
olish;
- chiqayotgan oqim tamoyili bo'yicha kelib chiqadigan muam-
molami tahlil etish va sinchkov tadqiq etish, ya’ni
navbatdagi
operatsiyadan oldindagi operatsiyagacha;
- «Sening xaridoring-navbatdagi ishlab chiqarish operatsiya-
sining ijrochisi» tamoyilini madaniylashtirish;
- mehnat natijasining sifati uchun javobgarlikni bevosita ijrochiga
to'liq biriktirish;
- inson omilini faol qo‘llash, ishchi va xodimlaming ijodiy
salohiyatini rivojlantirish, «Yetuk inson yomon ishlashi uyat»
ahloq me’yorini singdirish.
«Yapon mo‘jizasi»ning asosiy konsepsiyasi-hoh ishlab chiqa
rish, hoh boshqarish yoki xizmat ko'rsatish bo‘lsin, mukammal
texnologiyadir. Firmalarda hisoblash va mikroprotsessorli texnikalar,
yangi materiallar, loyihalashtirishning avtomatlashtirilgan tizimlari,
ishlab chiqarishni
boshqarish joriy etilgan, shuningdek, yoppasiga
kompyuterlashtirilgan tahlil va nazorat etishning statistik usullari
keng qo‘llaniladi. Sifatni boshqarish tizimi teskari aloqaga ega.
Sifatni oshirish bo'yicha ishlashning muhim asosi firma
xodimlarini, avvalo yuqori malakali menejerlami tayyorlash va
doimiy o'qitish hisoblanadi.
0 ‘qitishda juda muhim yuqori samara bor: sifatni oshirish bo'yicha
insonlaming ishga bo'lgan shaxsiy munosabatining yaxshi tomonga
o'zgarishi. Ta’kidlanishicha, mehnat sifatining 90 foizi tarbiya va
anglash bilan va faqat 10 foizi bilim bilan amalga oshiriladi.
Yaponiyada
Do'stlaringiz bilan baham: