har bir bolaning psixik taraqqiyoti jarayonini ham dastavval
sof nazariy faoliyat emas,
balki amaliy
faoliyatdir. Guyo bu amaliy faoliyat ichida avval bola tafakkuri rivojlanadi. Bog`chadagi yosh (3 yoshgacha)
asosan ko`rgazmali - harakat tafakkuri bo`ladi. Bola bilayotgan obrazli tafakkurni o`z qo`llari bilan amaliy
ravishda va guyo tabiiy ravishda ajratadi. Masalan, o`yinchoqlarni buzib ko`rish va boshqalar. Ko`rgazmali
- obrazli tafakkur. Ko`rgazmali-obrazli tafakkur sodda shaklda ko`pincha bog`cha yoshida bolalarda, ya`ni
4 - 7 yoshgacha bo`lgan bolalarda paydo bo`ladi. Bu yoshdagi bolalarda tafakkurning amaliy harakatlar
bilan aloqasi avvalgidek to`g`ri va bevosita bo`lmaydi. Bola bo`layotgan obrazli tafakkurni aniq idrok qilishi
va tasavvur qilishi shartdir. Bog`cha yoshidagi bolalar faqat ko`rgazmali obrazlar bilan fikr yuritadilar va
uncha tushunchaga ega bo`lmaydilar. Bog`cha yoshidagi bolalarda tushunchalarning yo`qligi
shveytsariyalik psixolog J.Piajening quyidagi tajribasida juda yaqqol namoyon bo`ladi: 7
yoshga yaqin
bolalarga xamirdan qilingan mutlaqo bir xil hajmi jihatdan teng 2 ta soqqa ko`rsatiladi. Bolalar uni teng
deb hisoblaydi. Bolalarning ko`z oldida bitta soqqa ezib non shakliga keltiriladi. endi bolalar non shaklidagi
soqqada xamir ko`p deb hisoblaydilar. Bolalarning ko`rgazmali - obrazli
tafakkurlari hali ularning
idroklariga bevosita to`la bo`ysunadigan bo`ladi. Ularning ko`rgazmali - obrazli shaklida o`tadigan
tafakkurlari bolalarni soqqaga qaraganda non shaklidagi hamir ko`proq, degan xulosaga olib keladi.
MAVXUM TAFAKKUR (ABSTRAKT). Bolalarning amaliy va ko`rgazmali
hissiy tajribalari
asosida ularning maktab yoshidagi davrlarda avval sodda
shakldagi mavxum tafakkur, ya`ni
mavxum tushunchalarga asoslangan tafakkur rivojlanadi. Maktab o`quvchilarining
matematika,
fizika, tarix va boshqa fan asoslarini o`zlashtirish davomida tushunchalarni egallashlari ularning
aqliy taraqqiyotlari uchun katta ahamiyatga egadir. eng mavhum tafakkurlarning ham hissiy bilish
chegarasidan ancha chiqib ketishga qaramay, hech qachon sezgi, idrok va tasavvurlardan to`la -
to`kis ajralib ketmaydi. O`quvchilarda tushunchalarning taraqqiy etishi jarayonida ko`rgazmalilik
ikki tomonlama rol’ o`ynaydi. Bir tomondan, ko`rgazmalilik, tushunchalarning taraqqiy etishi ni
engillashtiradi.
Ikkinchi tomondan, har qanday ko`rgazmalilik sharoitida maktab o`quvchilarida
mavxum tafakkurning tarkib topishiga qulay sharoit yarata bermaydi. Juda ko`p ko`rgazmalilik
o`quvchilar diqqatini chalg`itib yuboradi.
Do'stlaringiz bilan baham: