Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар
179
vositalardir. Bundan tashqari kommunikatsion texnologiyalar yordamida real sharoitda bajarib
bo`lmaydigan har xil trenajorlar, modellar va amaliy ishlarini bajarish mumkin bo`ladi. Geografiya
fanidan darslar olib boriladigan o`quv xonalarida barcha kerakli ko`rgazmali qurollar, ya`ni
xaritalar, obhavoni kuzatish kerakli meteorologik asbobuskunalari, bulardan tashqari texnika
vositalaridan o`quv filmlarini ko`rsatish uchun televizor, kino proektor, ekranda geografik tasvirlar
proeksiyalarini ko`rish uchun diaproyektor va kodoskop, tabiiy jarayonlarni ko`rsatuvchi
har xil
modellar bo`lishi zarur. Darslarda AKTdan foydalanish faqatgina o`qituvchining vaqtini tejab
qolmay o`quvchilarning darsni yaxshiroq tushunishlariga yordam beradi, chunki kompyuter
texnologiyasi yordamida dars jarayoni davomida nazariyani amaliyotga bog`lab olib borishga
sharoit yaratiladi. Bunda komyuter dasturlari yangi mavzuni keng hajmda o`rganilishi bilan birga
o`rganilayotgan mavzuning o`zlashtirish darajasining oshishiga yordam beradi. O`qituvchi o`zining
maqsadiga muvofiq tashkil etilgan pedagogik faoliyati orqali o`quvchilarni o`quvbilish faoliyatini
tashkil etadi va boshqaradi. O’qituvchi pedagogik faoliyatini o`rganiladigan
mavzu mazmunidan
kelib chiqqan holda o`qitish vositalari va metodlari orqali tashkil etadi va o`quvchilarning
o`zlashtirishiga bilvosita ta`sir ko’rsatadi. Mavzu mazmunidan kelib chiqqan holda o`qituvchi
tomonidan darsda foydalanadigan o`qitish vositalari va metodlari o`quvchilarning bilish faoliyatini
tashkil etish harakterini belgilaydi. AKT dasturini o`quv jarayoniga tatbiq etishning muhim
omillaridan biri elektron darsliklar, qo`llanmalar yaratishdir. Elektron darsliklar va qo`llanmalar
mavzuni boyitish bilan birga ularni yangi materiallar bilan to`dirishga imkon yaratadi.
Akt dasturining muhim jihatlaridan yana biribu ta`lim tizimida o’quv materiallarini taqdimot
prezentatsiya ko’rinishida taqdim etishdir. Prezentatsiyalar tayyorlashda eng unversal vositalardan
biribu Microsoft Office ilovasidagi Power Point dasturidir. Prezentatsiya–bu slaydlar va maxsus
natijalar to`plami bo`lib ularni ekranda ko`rsatishni ta’minlovchi, tarqatiladigan materiallar, mavzu
rejasi va matnni qisqacha yozib olingan shaklida bo`lib, Power Point tomonidan tomonidan
tuziladigan bitta faylda saqlanadi. Bu fayl ham o`z navbatida prezentatsiya deb ataladi.
Ko`rgazmani tashkil qilishslaydlar ketmaketligini loyihalash va jihozlash demakdir.
Gidrosfera
qobig`ini o`qitishda o`qituvchi nazariy bilimlarni, tabiiy geografik jarayonlarni, ta`riflarni
xaritalarga asoslangan bayon etadi va shu bilan birgalikda dars jarayonida o`quvchilar bilimini
oshirish va to`liq ma’lumotlarga ega bo’lishi uchun “Gidrosfera qobig`i” haqida ma`lumotlar
berilgan videofilmlardan, elekton darsliklardan foydalanib tushuntirish katta samara beradi. Bu esa
o`quvchilarning dars jarayonidagi faolligini oshirishni, ijodkorlik qobiliyatini takomillashtirishni
talab etadi. Axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanib, multimedia vositalarini
o`quv jarayonida tatbiq etish dars jarayonida o`quv materiallarini og`zaki, ko`rgazmali bayon
qilishga, o`quvchilarni qobiliyatini rivojlantirishga olib keladi. Elektron darslik komyuter
texnologiyasiga asoslangan o`quv uslubini qo`llashga, mustaqil ta`lim olishga hamda fanga oid
o`quv materiallar har tomonlama mustahkam o`zlashtirilishiga mo`ljallangan. Geografiya tabiiy
fanlar sirasiga kirganligini e`tiborga olgan holda ko`rgazmalikka boy fan bo`lganligi
sababli ham,
yuqorida qayd etib o`tilgan elekron darslik va ma’lumotlar bo`limning rivojlanishida juda katta
o`rin egallaydi. Tabiat bilan jamiyat o`zaro chambarchas bog`liq bo`lgan bir butun moddiy
borliqning ikki tarkibiy qismidir. Gidrosfera har bir kishining moddiy manaviy ma’rifiy
ehtiyojlarini qondirish manbai hisoblanadi. Insoning ehtiyoji oshgan sari uning gidrosferaga ta’siri
shu qadar kuchayib ketadiki ko’pgina hududlarda ekologik sharoitlar o`zgarib ketishiga sabab
bo`lmoqda. Hozirgi kunda geografik bilimlarsiz tabiatdan va suvdan, uning boylikladan oqilona
foydalanib bo’lmaydi. Shunday ekan o’quvchilarga gidrosfera qobig`ini
tushuntirish jarayonida
elektron darslik va video darslardan foydalanib tushuntirish juda katta samara beradi. Gidrosfera
qobig`ini tushuntirishda AKT dasturining muhim jihatlaridan biri o`quv materiallarini taqdimot
prezentatsiya ko`rinishida taqdim etishdir.Taqdimot tayyorlashning asosiy bosqichlari bu ijodkorlik
va bilimdonlikdir. Yerning suv qobig`i gidrosfera deb ataladi. Yunoncha “hidro”–suv, “sphaira” –
shar degan ma`noni anglatadi. Gidrosferada suv 3 hil suyuq, qattiq va bug` holatda uchraydi.
Gidrosferadagi suvning asosiy qismi okeanlarda yig`ilgan (96,4%) . Biroq bu suv juda sho`r
bo`lganligi uchun undan ichishga ham, ekinlarni sug`orishga ham ishlatib bo`lmaydi. Quruqlikdagi
Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар
180
suvning asosiy qismi sovuq o`lkalardagi muzliklarda to`plangan. Muzliklar suvi chuchuk, toza suv,
lekin odamlar yashaydigan joylardan uzoqda bo`lganligidan foydalanish qiyin. Biroq issiq
o`lkalarning tog`laridagi muzliklar yozda daryolarga suv berib turadi.
Yer osti suvlari tahminan
muzlik suvlaricha bo`lsa ham, ularning sifati har xil. Sho`r suvlar ham, yer usti suvlari daryo va
ko`llarda to`plangan. Ularda suv kam. Ma`lumki, suv tabiatda aylanib kelaverganidan insoniyat
foydalanishi uchun eng qulay resurslardan hisoblanadi. Yer usti suvlari yer yuzida juda notekis
taqsimlangan. Havodagi suv bug`lari yer yuzida yog`adigan yog`inlar manbaidir. Kelajakda
ulardan samarali foydalanish muhim hisoblanadi.
ДИДАКТИЧЕСКИЕ СВОЙСТВА КОМПЬЮТЕРНЫХ ТЕЛЕКОММУНИКAЦИЙ
Do'stlaringiz bilan baham: