Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар
32
•
Рационал ёндашув: Чуқур ва ҳар томонлама аналитик тахлилга асосланган қарор
қабул қилиш (энг қиммат усул бўлса ҳам энг сифатли қарорлар).
Юқорида зикр этилган фикларни умумлаштирсак, таълим тизимини бошқариш мураккаб бир
жараён яъни тизим эканлиги маълум бўлади. Бу тизимни мақбул бошқариш учун янада
кўпроқ изланишлар ва илмийтадқиқот ишларини олиб бориш лозимлиги замон талаби
эканлигини унутмаслигимизга чорлайди.
MALAKA OSHIRISH TIZIMIDA INNOVATSION METODLARNI QO‘LLASH-
TA’LIM SIFATINI OSHIRISH OMILI
DAVLETOV R.,
XorazmVXTXQTMOHM katta o‘qituvchisi
Ta’lim tarbiya faoliyatining mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o‘tishi
bilan kengayib
borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda. Kattalar ta’limiga yangicha
yondashuvmaktab ta’limini yangilash omili ekanligi shubhasizdir.Chunki o‘qituvchi o‘zi ishtirok
etgan va o‘zi ixtiro etgan narsalarni ko‘proq yodida saqlaydi. O‘qituvchi tinglovchilarni ta’lim
jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish dolzarb muammo ekanligini hisobga olib,darslarda
innavatsion texnologoyalarni qo‘llash hozirgi kun talabidir. Interfaol metodlarning turli shakl va
usullarini darslarga olb kirish dars samaradorligi omilidir.
Interfaol metodta’lim jarayonida tinglovchilar hamda o‘qituvchi o‘rtasidagi faollikni oshirish
orqali tinglovchilarning bilim, ko‘nikmalarini o‘zlashtirishini faollashtirishga,
shaxsiy sifatlarini
rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo‘llash dars samaradorligini oshirishga yordam
beradi. Interfaol ta’limning asosiy mezonlari: norasmiy bahsmunozaralar o‘tkazish, o‘quv
materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati, ma’ruzalar soni kamligi, lekin seminarlar soni
ko‘pligi, tinglovchilar tashabbus ko‘rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh,
jamoa bo‘lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat
bo‘lib ular ta’limtarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o‘ziga xos ahamiyatga ega.
Hozirda ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo‘nalishlardan biri interfaol
ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha fan o‘qituvchilari dars mashg‘ulotlari
jarayonida interfaol usullardan borgan sari kengroq foydalanmoqdalar.
Intarfaol usullarni qo‘llash natijasida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish,
xulosalar
chiqarish, o‘z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog‘lom
muloqot, munozara, bahs olib borish ko‘nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi.Bularni malaka
oshirish tizimida qo‘llash tinglovchilarga yaqindan yordam beradi.
Bu masalada amerikalik psixolog va pedagog B. Blum bilish
va emotsional sohalardagi
pedagogik maqsadlarning taksonomiyasini yaratgan. Uni Blum taksonomiyasi deb nomlanadi.
(Taksonomiya – borliqning murakkab tuzilgan sohalarini tasniflash va sistemalashtirish nazariyasi).
U tafakkurni bilish qobiliyatlari rivojlanishiga muvofiq ravishdagi oltita darajaga ajratdi.
Unga ko‘ra tafakkurning rivojlanishi bilish, tushunish, qo‘llash, tahlil, umumlashtirish,
baholash darajalarida bo‘ladi. Shu har bir daraja quyidagi belgilar hamda har bir darajaga muvofiq
fe’llar namunalari bilan ham ifodalanadi, jumladan Ta’limni isloh qilish va rivojlantirishga
qaratilgan hukumat qarorlarining negizida barkamol avlod tarbiyasi
asosiy vazifa sifatida
qaralmoqda.Umumiy dunyoqarashni belgilab beruvchi faol hayotiy pozitsiya ko‘nikmasi yetarli
darajada shakllantirilmasa, mustaqil davlatning talab va ehtiyojlariga mos keladigan komil insonni
tarbiyalab voyaga yetkazish muammosi to‘liq hal bo‘lmaydi.
1. Axborotni boshqarish
Axborot qabul qilish va uni bildirish: o‘quvchilar tekshirish, o‘qish, yozish, tinglash,
gaplashish, savol berish, grafik va boshqa so‘zlashuvdan tashqari kommunikatsiya
jarayonlari orqali
axborotni qabul qilish va uni bildirishni bilishlari lozim.
Ўқитувчининг касбий компетентлилигини оширишда инновацион ёндашувлар: муаммо ва ечимлар
33
2. Shaxsiy o‘sish
Markazlashtirish: o‘quvchilar ong va tanani markazlashtish uchun hordiq chiqarish, to‘g‘ri
nafas olish va fikrlarini tasvirlab berish kabi qobiliyatlarni qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lishlari
kerak.
Jismoniy sog‘liq: o‘quvchilar to‘g‘ri tuzilgan diyetalar, kerakli mashg‘ulotlar va turmush tarzi
orqali jismoniy sog‘liqlarini ushlab turish qobiliyatiga ega bo‘lishlari kerak.
3.Insonlararo fikrni bildira olish: oq’uvchilar o‘z istaktilaklarini, hissiyotlarini va fikrlarini
boshqarishlarning huquqlariga putr yetkazmagan holda erkin bildira olishlari kerak.
Erkinlik: o‘quvchilar o‘zlari va boshqalar haqida hissiyotlarini ijodkorlik ila bildira olishlari
va birbirlariga yordam, masalahatlarini berib, birbirlarini qo‘llabquvvatlay olishlari kerak.
4. To‘gri
qaror qabul qilish
Qaror qabul qilish: o‘quvchilar hayotlarining har bir jabhasida axborot yig‘ish, ajratish va
baholash hamda intuitsiya jarayonlarida to‘g‘ri fikr qabul qila olish qobiliyatiga ega bo‘lishlari
lozim.
5. Tasvirlay olish
Ijodiy fikrlash: o‘quvchilar yangi qarashlar va nuqtai nazarlar hosil qilish uchun o‘zlarining
belgilangan imkoniyatlaridan tashqariga chiqa olishlari kerak.
Muammo yechish: o‘quvchilar axborotni boshqarish, ijodiy fikrlash va intuitsiya yordamida
hayotlarining barcha jabhalaridagi muammolarni yecha olish imkoniyatiga ega bo‘lishlari lozim.
Malaka oshirish jarayoni mashg‘ulotlarida innavatsion metodlarni qo‘llashta’lim sifatini oshirish
omilidir
ТИЛ ТАЪЛИМИГА ИННОВАЦИОН ЁНДАШУВ
Do'stlaringiz bilan baham: