9-MAVZU. QISHLOQ XO‘JALIK MAHSULOTLARNI
REALIZATSIYA QILISHDA INNOVATSION FAOLIYAT
1.Agrobiznesda ichki bozorda mahsulotlarni sotishda innovatsion faoliyatni tashkil
etish yo‘nalishlari.
2.Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini birja savdosini tashkil etish.
3.Qishloq ho‘jalik mahsulotlarini sotish bo‘yicha o‘zaro innovatsion kooperatsiya
munosabatlarini shakllantirish.
4.Mahsulotlarni eksport qilishda innovatsion faoliyat samaradorligi.
Tayanch so‘zlar:
eksport, realizatsiya, import, kooperatsiya, rag‘batlantirish,
moliyaviy ko‘mak, qo‘shilgan qiymat zanjir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Meva-sabzavotchilik sohasida
qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-
4239 qarorida Meva-sabzavotchilik sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishni
rag‘batlantirish, sifatli meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish va uning
eksporti barqarorligini ta'minlash, mazkur mahsulot ishlab chiqaruvchilarining
moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, ishlab chiqarishning
raqobatbardoshligini oshirish maqsadida bir qator vazifalar belgilab berilgan.
2019-2021 yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini qayta
ishlash va eksport qilishning prognoz ko‘rsatkichlari, agrologistika komplekslari va
markazlari, samarasiz bog‘lar o‘rnida intensiv bog‘lar tashkil etish, sinov
laboratoriyalarini modernizatsiya qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, shu
jumladan import o‘rnini bosuvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash
bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalari hamda qabul qilinadigan
oziq-ovqat sanoati sohasidagi xalqaro standartlar ro‘yxati tasdiqlandi. Bunga jami
1,3 mlrd AQSh dollaridan ortiq mablag‘ yo‘naltirish rejalashtirilmoqda.
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida umumiy qiymati 244,75 million AQSh
dollari bo‘lgan (OTBning qarz mablag‘lari - 197,0 mln, O‘zbekistonning ulushi
soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berish, moliyaviy xarajatlarni
to‘lash va boshqa sarf-xarajatlarni moliyalashtirish evaziga 47,75 mln ekv.)
“Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri infratuzilmasini
rivojlantirish” loyihasi amalga oshiriladi.
2019 yil 1 avgustdan boshlab moliyaviy ko‘makning yangi mexanizmlari
ishga tushiriladi:
birinchidan, qishloq xo‘jaligi mahsulotini eksport qiluvchilarning mahsulotni
sertifikatlashtirish bo‘yicha xarajatlari “O‘zstandart” agentligining asoslantirilgan
hisob-kitoblariga muvofiq Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan
qoplanadi;
ikkinchidan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasidagi
investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun jalb qilinadigan tijorat banklarining
kreditlari bo‘yicha Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash
davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:
milliy valyutada, qiymati 10 mlrd so‘mdan oshmaydigan miqdordagi, MB
qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foiz stavkasida
– qayta moliyalashtirish stavkasidan oshadigan qismiga, biroq 5 foizdan ortiq
bo‘lmagan miqdorda;
xorijiy valyutada, qiymati ekvivalentda 10 mlrd so‘mdan oshmaydigan
miqdorda jalb qilinadigan kreditlar bo‘yicha – tijorat banklari tomonidan
belgilangan foiz stavkasining 40%i, ammo 4 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda
foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya beriladi;
kredit summasining 50%igacha, biroq 8 mlrd so‘mdan oshmagan miqdorda
kafilliklar beriladi;
uchinchidan, samarasiz bog‘lar o‘rnida intensiv bog‘lar tashkil etish uchun
subsidiyalar va bank kreditlari bo‘yicha kafillik beriladi.
Kooperatsiya birlashuvini joriy etishning ijobiy natijalari ommalashtiriladi.
Bu yerda qayta ishlash, sotish, ta'minot, bog‘dorchilik, tomorqa, chorvachilik
xizmatlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatuvchilar tomonidan a'zolik badallari
(paylarni) kiritish asosida tashkil qilingan sub'ektlar sonini oshirish, ularga keng
imkoniyat va qo‘shimcha qulayliklar yaratish ustuvor hisoblanadi. “Har bir oila –
tadbirkor” dasturi doirasida aholi, tomorqa yer egalari, dehqon va fermer
xo‘jaliklariga qishloq xo‘jaligi kooperatsiya birlashmalarini tashkil qilish,
kooperatsiya asosida biznesni boshlash va yuritishda yordam beradilar.
Respublikamizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar jarayonida qishloq
xo‘jaligida turli mulkchilikka asoslangan xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar yuzaga
kelib rivojlanmoqda. Agrar sektorda fermer va dehqon xo‘jaliklarining miqdori va
ishlab chiqarishdagi ulushlari ortib bormoqda. Ayniqsa, iste'mol bozorini
kartoshka, sabzavot va turli xil mevalar bilan ta'minlashda ularning hissasi juda
kattadir.
Qishloq xo‘jaligining ishlab chiqarishida yirik tovar xo‘jaliklari qatorida ko‘p
sonli aholi, dehqon va fermer xo‘jaliklarining shakllanishi va faoliyat ko‘rsatishi
bu sohada mahsulot tayyorash tizimini ham tubdan yangilanishga undamoqda.
Chunki qishloq xo‘jaligida mahsulot yetishtirish bilan bir qatorda uni
tayyorlash, saqlash, qadoqlash va iste'molchilarga talofatsiz yetkazib berish muhim
ahamiyatga egadir. Ayniqsa, tez buziladigan va transportda tashishi noqulay
bo‘lgan mahsulotlarning qishloq xo‘jaligida yetishtirilishi mahsulot bozoriga
xizmat ko‘rsatish tizimida raqobat muhitini kuchayishini taqozo etadi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining tayyorlov va sotuv kanallari
quyidagilardir:
1.Ishlab chiqaruvchilar – Davlat – Iste'molchilar;
2. Ishlab chiqaruvchilar – Dehqon bozori – Iste'molchilar;
3. Ishlab chiqaruvchilar – Xususiy tadbirkorlar – Dehqon bozori –
Iste'molchilar;
4. Ishlab chiqaruvchilar – Vositachilar – Tovar xom ashyo birjalari – Ulgurji
(xususiy) tayyorlov tashkilotlari – Chakana savdo – Iste'molchilar;
5. Ishlab chiqaruvchilar – Qayta ishlash korxonalari – Ulgurji savdo
korxonalari – Chakana savdo – Iste'molchilar;
6. Ishlab chiqaruvchilar – Qayta ishlash korxonalari – Chakana savdo –
Iste'molchilar.
Dehqon bozorlarida xaridor va sotuvchilarning erkinliklarini ta'minlagan
holda, o‘z moddiy-texnika bazasiga (shu jumladan o‘z transporti, saqlash
omborxonalari, muzlatgichlari, yopiq vitrinalari) ega bo‘lgan tayyorlov guruhlarini
tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Bu qilinadigan xarajatlar tez orada o‘zini qoplaydi. Chunki ayni paytda
ko‘pchilik savdogarlar mahsulot qoldiqlarini kun yakunida uylariga olib borib,
ertangi kunda qaytib bozorga olib keladilar. Yirik shaharlarda to‘la infratuzilma
xizmatlari majmuiga ega bo‘lgan ulgurji qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining
bozorini tashkil etilishi va ularning o‘zlari mahsulot tayyorlash, saqlash hamda
ulgurji (yoki chakana) savdo bilash shug‘ullanishlari yuqori samara berishi
mumkin. Bunday bozorlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qadoqlash, navlarga
ajratish va nostandart tovarlarni qayta ishlashini yo‘lga qo‘yishi ularning
samaradorligini yanada oshiradi. Eng muhim qadoqlash natijasida mahsulotning
qayta ishlash va saqlanishi qulaylashadi. Mazkur bozordagi mahsulotni qayta
ishlash va boshqa chiqindilarni chorvachilik fermerlariga sotish yoki bozorning
yonida o‘z chorvachilik yordamchi xo‘jaliklarini tashkil qilish ham ijobiy samara
berishi muqarrardir.
Dunyo mamlakatlarining ilg‘or tajribasi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining
realizatsiyasini ulgurji savdo birlarida tuziladigan fyuchers va boshqa shartnomalar
orqali amalga oshirilishi samaraliroqligini ko‘rsatmoqda. Bizning mamlakatimizda
tovar xom ashyo birjalarida tuzilgan shartnomalar asosida qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarining sotuv hajmlari yil sayin o‘sib bormoqda.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish jarayoni muomala sohasida yakunlanadi.
Shu tufayli uning rivojlanish darajasi xo‘jalik faoliyatining yakuniy natijalariga
bevosita ta'sir ko‘rsatadi. «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunda fermer o‘zi
yetishtirgan mahsulotni tasarruf etish va uni iste'molchilarga sotishda mustaqildir
deb belgilab qo‘yilgan. Mahsulotlarni sotish yo‘llarini tanlashdagi erkinlik
fermerlarga o‘zlarining manfaatlariga mos keluvchi xaridorlarni izlab topish va
o‘zaro foydali savdo bitimlarini tuzishga imkon berishi lozim.
Davlat strategik ahamiyatiga ega bo‘lgan qishloq xo‘jalik, mahsulotlari-paxta
va g‘alla (bug‘doy doni), sholi uchun qishloq xo‘jalik korxonalariga davlat
buyurtmalari beradi.
Davlat buyurtmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil
31dekabrdagi PF-2165-sonli farmoni bilan tashkil etilgan “Davlat ehtiyojlari uchun
xarid etiladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan hisob-kitob qilish
jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi .
Davlat buyurtmalari fermer xo‘jaliklari bilan tuziladigan shartnomalar orqali
rasmiylashtiriladi. Shartnomani davlat tomonidan “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
bilan hisob-kitob jamg‘armasi”ning tijorat agentlari hisoblanadigan sub'ektlar:
- g‘alla bo‘yicha “O‘zdonmahsulot” Davlat Aksiyadorlik jamiyatining
joylaridagi bo‘linmalari;
- paxta bo‘yicha “O‘zpaxtasanoatsotish” Assotsiatsiyasining tumanlardagi
paxta tozalash zavodlari orqali rasmiylashtiriladilar.
Jamg‘arma, shuningdek davlat buyurtmasi bo‘yicha mahsulot yetishtiruv chi
xo‘jaliklarini o‘z vaqtida moliyalashtirish uchun “Agrobank” OATBni moliya
agenti sifatida yollaydi.
Fermer xo‘jaligining mahsulotni realizatsiya qilish bo‘yicha tayyorlov
tashkilotlari va boshqa korxonalar bilan munosabatlari shartnoma asosida amalga
oshiriladi.
Davlat buyurtmasi asosida mahsulotlarni sotish tizimini takomillashtirish
yo‘nalishlari quydagi yo‘nalishlarda amalga oshirilishi lozim :
- davlat ehtiyojlari uchun xarid etiladigan mahsulotlar uchun beriladigan
imtiyozli kreditlarni o‘z vaqtida berish;
- keyinchalik qisqa muddatli imtiyozli kredit o‘rniga “fyuchers bitimlari”
mexanizmini qo‘llash, ya'ni shartnomadagi maqsulot qiymatining 50% ini
oldindan, hosilni garovga qo‘ygan holda avans tariqasida berish va undan
foydalanishni fermer ixtiyoriga berish.
- g‘allaga belgilanadigan davlat xarid narxlarini bozordagi talab va taklif
asosida belgilanadigan muvazanat narxlariga yaqinlashtirish;
-davlat buyurtmasi bo‘yicha hosildorlikni rejalashtirishda yerning amaldagi
ball-bonitetiga qat'iy rioya etish.
Paxta va g‘alladan tashqari boshqa mahsulotlarni fermerlar sotishning bir
nechta yo‘nalishi mavjud, ya'ni ular mahsulotlarini tayyorlov tashkilotlari va qayta
ishlash
korxonaloariga,
boshqa
muassasalarga,
tadbirkorlarga,
xususiy
korxonalarga yoki bozorda sotishi mumkin.
Hozirda fermerlar mahsulotini asosan tayyorlov tashkilotlari va qayta ishlash
korxonalariga shuningdek bozorda sotmoqda. Fermerlar uchun mahsulot sotish
kanali faqat bitta emas, ular bir vaqtning o‘zida mahsulotning bir qismini tayyorlov
tashkilotlariga yoki qayta ishlash korxonalariga bir qismini esa bozorlarda yoki
boshqa xaridorlarga sotishi mumkin.
Qishloq xo‘jaligida ko‘p miqdorli fermer xo‘jaliklarining shakllanishi va
faoliyat ko‘rsatishi sohada mahsulot tayyorash tizimini ham tubdan yangilanishiga
undamoqda. Chunki qishloq xo‘jaligida mahsulot yetishtirish bilan bir qatorda uni
tayyorlash, saqlash, qadoqlash va iste'molchilarga talofatsiz yetkazib berish muhim
ahamiyatga egadir. Ayniqsa, tez buziladigan va transportda tashishi noqulay
bo‘lgan mahsulotlarning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozoriga xizmat ko‘rsatish
tizimida raqobat muhitini kuchayishini taqozo etadi.
Texnik xizmat ko‘rsatish va moddiy texnika ta'minoti sohalarida bo‘lgani kabi
mahsulotlarni tayyorlash va qayta ishlash shug‘ullanuvchi korxonalar ham
ozchilikni tashkil qilib, o‘z mahsulotlarida yakka hokimliklarni (monopoliya
mavqyeini) qo‘lga kiritib olganlar. Masalan, deyarli ko‘pchilik tumanlarda paxta,
don, sut, sabzavot va boshqa mahsulotlarni tayyorlash va qayta ishlash sohasida 1
tadan korxonalar faoliyat ko‘rsatadi.
Qishloq joylarida infrastruktura tarmog‘i - savdo-sotiq va tayyorlov tizimi
taraqqiy etmagan. Tayyorlovchilar yakkahokimchilik mavqyeidan foydalanib,
zimmalariga olingan shartnomalarini bajarmaslik hollarini uchratish mumkin.
Eng yomon tomoni shundaki, sut, sabzavot kabi bir qator qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari tez buziluvchanligidan ularni uzoq saqlab bo‘lmaydi. Tumanda ularni
qabul qilish va qiluvchi korxonalar yagona ekanligidan, ba'zida mavsumiy
paytlarida ularni o‘z vaqtida qabul qilib olishning iloji bo‘lmaydi. Qolaversa,
bunday mahsulotlarni uzoq masofadan tashib kelish imkoniyatlari chegaralangan,
mahsulot sifati ham buzilishi mumkin.
Fermer xo‘jaliklari uchun mahsulot sotish yo‘nalishlari ichida bozorlari katta
ahamiyat kasb etadi. Mahsulotni bevosita bozorlarda sotishning fermer uchun
manfaatli tomonlari ko‘p. Chunki bunda u mahsulotini o‘zi istagan narx bo‘yicha
(talab va taklifdan kelib chiqib) sotish imkoniyatiga ega bo‘ladi, shuning bilan
birga bozorda u mahsulotni naqd pulga sotishi mumkin.
Qishloq xo‘jalik korxonalari ishlab chiqarishining kengaytirilgan takror ishlab
chiqarish asosida rivojlanishini ta'minlash uchun yetishtirilgan mahsulotlarning bir
qismi bu boradagi talablarini qondirish maqsadida ishchi-xizmatchilarga ish haqi
o‘rniga natura holida beriladi, ularning ovqatlanishlari uchun ajratiladi. Hozirgi
davrda qishloq xo‘jalik korxonalarida yetishtirilayotgan mahsulotlar muayyan
kanalllar bo‘yicha taqsimlanmoqda va sotilmoqda (14.1-
rasm).
Qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini
Taqsimlash
kanallari
Sotish kanallari
Ijtimoiy
muhofazalashmaqsadida
moddiy yordamga
Xo‘jalikning ichki
ehtiyoji uchun
Birjalarda
Davlatga
Ko‘rgazmalarda
Auksionlarda
Xo‘jalikdagi
fuqorolarga
Dehqon
bozorlarida
Urug‘likka
Ozuqa fondiga
Mehnat haqiga
Umumiy ovqatla-
nishga
Qayta ishlashga
Zahira fondiga
Qariyalarga
Nochor oilalarga
Bog‘chalarga
Bolalar uyiga
Boshqalarga
Davlat
buyurtmalari
Shartnomalar
asosida
Tayyorlash va
qayta ishlash
korxonalariga
shartnoma asosida
Do'stlaringiz bilan baham: |