“avtomatlashtirishning texnik vositalari” fanidan leksiyalar kursi


Xotiraga bevosita ega bo‘lish (XBEB) kontrolleri



Download 5,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/242
Sana20.04.2022
Hajmi5,09 Mb.
#565741
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   242
Bog'liq
avtomatlashtirishning texnik vositalari

Xotiraga bevosita ega bo‘lish (XBEB) kontrolleri
. Xotiraga bevosita ega 
bo‘lish kontrolleri uzilish kontrolleriga nisbatan tarkibi ancha murakkab bo‘lib, uning 
sababi bajaradigan vazifalarining murakkabligi bilan bog‘liqdir. Xotiraga bevosita 
ega bo‘lish vaqtida, xotiraga bevosita ega bo‘lish kontrolleri tizimli shinaning asosiy 
signallarini mustaqil ravishda berib, shinaning faol qurilmalaridan bo‘lib qoladi. 
Biroq xotiraga bevosita ega bo‘lish kontrollerining barcha ish tartiblari, uning barcha 
ko‘rsatgichlari protsessor tomonidan kontrollerni ishga taeyorlash (initsializatsiya) 
bosqichida o‘rnatiladi. Xususan, protsessor yechiladigan masala turini aniqlaydi, 
axborotlar massivini uzatiladigan yoki qabul qilinadigan boshlang‘ich manzilini 
o‘rnatadi va shuningdek shu massiv o‘lchamini ham belgilab beradi.


333 
Shaxsiy kompyuterda i8237 turidagi ikkita to‘rt kanalli xotiraga bevosita ega 
bo‘lish kontrolleri ishlatiladi, u 7 ta XBEB kanalini ta’minlaydi (bitta kanal 
kontrollerlarni uzilish kontrolleridagi kaskadlash tamoyil asosidagidek kaskadlash 
uchun band qilingan). XBEB kontrolleridan tashqari XBEB tizimostisiga yana dastur 
egalik qila oladigan manzilning katta bayt registri va XBEB sahifalar registri 
kiradilar.
XBEB ish tartibida almashuv sikllari haqida 2.2 bo‘limda so‘z yuritilgan. DRQ 
yo‘llarining biridan XBEB ga so‘rov signalini olib, kontroller shinani egallash uchun 
protsessorga so‘rovni hosil qiladi, protsessordan ruxsat olgach, bevosita ega bo‘lishni 
so‘ragan qurilmaga tegishli DASK yo‘lidan XBEB ni havola qilinganligi haqida 
xabar beradi. Shundan so‘ng XBEB sikli amalga oshiriladi, axborotlarni 
kiritish/chiqarish qurilmasidan xotiraga yoki teskarisiga joʻnatiladi. XBEB 
kontrollerining o‘zi xotira manzilining faqat kichik 16 razryadini hosil qiladi, katta 8 
razryadi esa saxifalar registrida saqlanadi. XBEB kanallarining har biri uchun 
o‘zining shahsiy saxifalar registri mavjud. 
XBEB bo‘lgan holda axborotlarni uzatish quyidagi ish tartiblaridan birida 
bo‘lishi mumkin:
-Bittalab uzatish ish tartibi (sikl bo‘yicha, potsiklovoy). Bu holda XBEB 
havola qilingan vaqt ichida faqat bitta axborot uzatish sikli bajariladi va keyingi 
uzatish uchun yana XBEB so‘rash kerak bo‘ladi. Biroq almashuv amalga oshirilgan 
xotira manzili har bir sikldan so‘ng avtomatik ravishda o‘zgaradi. Bu ish tartibi 
protsessorga har bir XBEB siklidan so‘ng o‘zining almashuv siklini kiritishga imkon 
yaratadi. 
-Blokni uzatish ish tartibi (bloklab uzatish ish tartibi). Bu ish tartibida bir 
marotabada ma’lum uzunlikdagi yaxlit axborotlar bloki uzatiladi (64 Kbayt gachan). 
Bu ish tartibida bittalab uzatish ish tartibiga nisbatan ancha yuqori uzatish tezligi 
ta’minlanadi, lekin tizimli shinani uzoq vaqtgacha band qilib turishi va protsessorni 
shinani boshqarishga yo‘l qo‘ymay turishi mumkin. 


334 
-Talab bo‘yicha uzatish ish tartibi. Bu ish tartibi XBEB so‘ragan qurilma 
kerak bo‘lgan barcha axborotni olib bo‘lguncha XBEB ni davom ettirishga imkon 
beradi.
-Kaskadli ish tartibi XBEB kanallar sonini oshirish uchun kontrollerlarni 
birlashtirishga imkon beradi. 
- XBEB ish tartibida xotiradan xotiraga uzatish imkoni bor, lekin bu 
kompyuterda ishlatilmaydi.
Uzilish kontrolleri holidagi kabi, XBEB kanallarining ikkita ustunlik sxemasi 
bo‘lishi mumkin, dasturiy tanlanadigan – qayd qilingan va siklik. Dastlabki sxema – 
qayd qilingan ustunliklar, nolinchi kanal maksimal ustunlikka ega bo‘lib, yettinchisi 
esa – minimal ustunlikka ega bo‘ladi. Har qanday XBEB so‘roviga xizmat ko‘rsatish 
vaqtida boshqa so‘rovlar aralasha olmaydilar, ammo ushbu so‘rovga xizmat 
ko‘rsatish tugagach ustunligi yuqori bo‘lgan so‘rovga xizmat ko‘rsatish boshlanadi. 
Xuddi uzilishlar kontrolleri holidagi kabi, XBEB kanalining har birini dasturiy 
maskalash mumkindir. 
Ish boshlashdan oldin kontrollerning har bir kanaliga protsessor u ishlaydigan 
ish tartibini ko‘rsatishi kerak, almashuv boshlanadigan xotiraning asos manzilini, 
uzatiladigan bayt yoki so‘zlarning sonini, xotiraga yozish yo‘nalishini yoki xotiradan 
o‘qishni (katta manzillardan kichigiga qarab yoki teskarisi). Avtoinitsializatsiyalash 
ish tartibi ham bo‘lishi mumkin, unda axborot massivini hammasini uzatib bo‘lgach 
kontroller avtomatik ravishda barcha ko‘rsatgichlarni tiklaydi va buning uchun 
protsessorning aralashuvi talab etilmaydi. Shuningdek XBEB ni dasturiy so‘rash ham 
inobatga olingan, uni xuddi apparat so‘rovga xizmat ko‘rsatilgani kabi amalga 
oshiriladi. 

Download 5,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish