Kiritish – chiqarishning tizimli qurilmalari
- bu shunday qurilmalarki, ular
kompyuterning ishlashi va parallel aamda ketma-ket interfeyslar orqali standart tashqi
qurilmalar bilan muloqot qilishga uchun zarurdir. Ular ona platada joylashtirilgan
bo‘lishi mumkin va shuningdek kengaytirish platasida ham joylashtirilgan bo‘lishi
mumkin.
287
Kengaytirish platasi
tizimli magistral slotlariga (razymlariga) o‘rnatiladi va
opnerativ xotira hamda kiritish/chiqarish qurilmasini o‘z tarkibiga olishi mumkin.
Ular boshqa qurilmalar bilan axborot almashuvini shinadan dasturiy almashuv ish
tartibida, uzilish ish tartibida va XBEB ish tartiblarida amalga oshirishi mumkin.
Shuningdek shinani egallash imkoniyati ham ko‘zda tutilgan, yaʻni qandaydir vaqtga
shinadan barcha tizimli qurilmalarni to‘liq uzib qo‘yish.
21.2. Ushbu arxitekturaning muxum xususiyati.
Ushbu arxitekturaning muhim xususiyati
– bu uning ochiqligi, yani
kompyuterga qo‘shimcha qurilmalarning ulanish imkoniyati, tizimli qurilmalarni
hamda turli kengaytirish platalarini. Ochiqligi shundan iboratki, foydalanuvchining
dasturlarini kompyuterning dasturiy taʻminotining xohlangan bosqichida oddiy
o‘rnatilishi eʻtiborga olingan.
IBM PC XT keng tarqalgan birinchi kompyuter oilasi, original PC XT-Bus
tizimli magistral asosida bajarilgan edi. Keyinchalik (IBM PC AT dan boshlab) uni
qayta ishlanib ISA (Industry Standard Architecture) deb nom berilgan va standart
bo‘lib qoladi. Yaqin vaqtgacha ISA kompyuterning asosi bo‘lib qolgan. Ammo, i486
protsessorlari paydo (1989 yilda) bo‘lgandan so‘ng, u unumdorlik talablariga javob
bermay qoldi va uni ancha tez ishlaydigan shinalar VLB (VESA Local Bus) va PCI
(Peripheral Component Interconnect) bilan birgalikda ishlatila boshlandi, yoki ISA
magistraliga mos bo‘lgan EISA (Enhanced ISA) magistralga o‘zgartiriladi. Sekin asta
PCI shinasi raqobatchilarni siqib chiqardi va standart bo‘lib qoldi, 1999 yildan
boshlab yangi kompyuterlarda ISA magistralidan to‘liq voz kechishga va faqat PCI
shinasini qoldirish tavsya etildi. To‘g‘ri, bunda ko‘p yillar davomida ISA
magistraliga ulanishga moslangan, kengaytirish platalarini ishlatishdan voz kechishga
to‘g‘ri keladi.
Shaxsiy kompyuter arxitekturasini rivojlantirishning boshqa yo‘nalishi tizimli
xotira bilan axborot almashishini maksimal darajada tezlatishdir. Aynan tizimli
xotiradan kompyuter barcha ishlatiladigan buyruqlarni o‘qiydi va tizimli xotirada u
axborotlarni saqlaydi. Yaʻni, protsessor eng ko‘p murojaatlari aynan xotiraga bo‘ladi.
288
Xotira bilan axborot almashuvini tezlatish butkul tizimni tezligini jiddiy oshirishga
olib keladi. Ammo xotira bilan axborot almashuvida tizimli magistralni ishlatilishida
magistralni tezlik bo‘yicha chegaralanishlarini hisobga olishga to‘g‘ri keladi. Tizimli
magistral ko‘p sonli qurilmalarni ulanishini ta’minlashi kerak, shuning uchun u ancha
uzun bo‘lishi kerak; u magistral yo‘llari bilan moslash uchun kirish va chiqish
buferlarini ishlatishni talab etadi. Tizimli magistralda almashuv sikllari murakkab va
ularni tezlatish mumkun emas. Natijada protsessorni magistral bo‘yicha xotira bilan
almashuvini jiddiy tezlatishga erishib bo‘lmaydi.
Loyihalashtiruvchilar tomonidan quyidagi yondashuv taklif etildi. Tizimli
xotira tizimli magistralga ulanmay maxsus yuqori tezlikdagi protsessorga “yaqin”
joylashgan, murakkab buferlar va katta masofa talab etilmaydigan shinaga ulanadi.
Bu holda xotira bilan almashuv ushbu protsessor uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan
maksimal tezlikda olib boriladi va tizimli magistral uni tezligini pasaytirmaydi.
Ayniqsa bu masala protsessor tezligi oshishi bilan dolzarb bo‘lib qoladi (hozirgi
shaxsiy kompyuter protsessorining takt chastotasi
1 – 3
GGs).
Shunday qilib, faqat birinchi kompyuterlarda ishlatilgan bir shinalidan, uch
shinalikka o‘tadi (21.2-chizma).
21.2-chizma. Uch shinali tarkib aloqalarini tashkillashtirish.
Shinalarning vazifalari quyidagichadir:
-maxalliy shinaga markaziy protsessor va kesh-xotira ulanadi (tezkor bufer
xotira);
Markaziy
protsessor
Tizimli xotira
Kesh-xotira
kontrolleri bilan
Tizimli shina
kontrolleri
Mahalliy
shina
Xotira
shinasi
Tizimli shina
289
-xotira shinasiga kompyuterning operativ va doimiy xotirasi va shuningdek
tizimli shina kontrolleri ulanadi;
-tizimli shinaga (magistralga) kompyuterning qolgan barcha qurilmalari
ulanadi.
Uchta shinaning hammasi manzillar yo‘liga, axborotlar yo‘liga va boshqarish
signallariga ega. Lekin, bu shinalar yo‘llarining tarkibi va vazifalari o‘zaro bir xil
emas, ammo ular bir xil vazifa bajarsa ham. Protsessor nuqtai nazaridan, tizimli shina
(magistral) tizimda hammasi bo‘lib bitta, u orqali protsessor axborotlar va
buyruqlarni oladi hamda axborotlarni xotiraga shuningdek kiritish/chiqarish
qurilmasiga uzatadi.
Bu holda tizimli xotira bilan protsessor o‘rtasidagi vaqt ushlanishi minimaldir,
chunki lokal shina va xotira shinasi faqat sodda tezkor buferlar bilan ulangandir.
Protsessor va kesh-xotira o‘rtasidagi ushlanish undan ham kam bo‘ladi, sababi
protsessorning lokal shinasiga to‘g‘ri ulangan va protsessorni tizimli xotira bilan
tezkor almashuviga xizmat qiladi.
Agarda kompyuterda ikkita tizimli shina qo‘llangan bo‘lsa , masalan, ISA va
PCI, u holda ularning har biri o‘zining shina kontrolleriga ega bo‘ladi va ular parallel,
bir- biriga ta’sir ko‘rsatmasdan ishlaydilar. Unda to‘rtta shina hosil bo‘ladi va ba’zida
beshta shinali ham bo‘ladi. Kompyuterning bu kabi tarkibiga misol 21.3-chizmada
keltirilgan.
21.3-chizma. Ko‘p shinali tarkibga misol.
PCI shinasi
Markaziy
protsessor
Tizimli xotira
Shinalar kontrolleri
(chipset).
Kesh-xotira
kontrolleri bilan
ISA shina
kontrolleri
AGP shinasi
ISA shinasi
Mahalliy
shina (VLB)
Xotira
shinasi
290
Odatda, zamonaviy tizimli platalarda protsessorni almashtirish, uning takt
chastotasini tanlash, operativ xotira sig‘imini oshirish va almashtirish, boshqa
qurilmalar ish tartibini tanlash imkoni mavjud.
Hozir tizimli platada odatda shuningdek tashqi interfeys vositalari ham
joylashadi, u joylashtirilgan qurilmalarni (masalan, diskli tashuvchilarni ) va
shuningdek kompyuterni tashqi qurilmalarini (masalan, klaviaturani, sichqonchani,
printerni, skaner, modem) ulash uchun xizmat qiladi. Video monitorni ulash uchun
slotlarning biriga joylashtiriladigan maxsus kengaytirish platasi (displey kontrolleri)
ishlatiladi. Bu uni kerak bo‘lganda ancha kuchli yangi monitor o‘rnatishga imkon
beradi.
Qayd qilishimiz kerakki, ko‘p tarqalayotgan kichik shaxsiy kompyuterlar
noutbuk (notebook) toifasidagi kompyuterlarga biroz boshqacharoq konstruktiv
yechim tatbiq etiladi. Xususan, ularda tizimli shinani kengaytirish slotlari yo‘q,
amaliy jihatidan kompyuterning barcha qismlari bitta platada bajarilgan. Lekin biz
asosan kompyuterning stol usti (desktop) toifasiga tegishli bo‘lgan kompyuterlar
haqida gap yuritamiz, chunki aynan ular murakkab tizimlarni yaratish uchun
moslashtirilgandir, oddiy modernizatsiya (upgrade) qilish va foydalanuvchining aniq
kerakli masalasiga sozlash imkoni yaratilgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |