III slayd
55
4. O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari boyicha faoliyat
yurituvchi tashkilotlar
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2-chaqiriq Oliy Majlis
VIII sessiyasidagi nutqida davlatning barqarorligida tartib, qonunchilik va
uyg’unlikni ta’minlash katta ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’kidlagan edi
1
.
Inson huquqlari bo`yicha Oliy Majlis Vakili (Ombudsman), Inson huquqlari
Milliy Markazi va O`zbеkiston Rеspublikasi Prezidenti huzuridagi amaldagi
qonun hujjatlari Monitoringi instituti shular jumlasidandir. Bu institutlarning
tashkil topishida Prеzidеnt I.A.Karimovning xizmatlari kattadir.
Avvalo, O`zbеkiston Rеspublikasidagi barcha inson huquqlarini himoya
qiluvchi milliy institularning maqsadlari - bu qonunchilikni asosan inson
huquqlari bo`yicha rivojlantirish va takomillashtirish, uni umuminsoniy hamda
xalqaro mе'yorlarga yaqinlashtirishdan iboratdir. I.A.Karimovning birinchi
chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 23-fevralda bo’lgan
birinchi majlisida qilgan ma'ruzasida, Oliy Majlis tarkibida inson huquqlari
masalasi bilan shug’ullanuvchi institut tashkil etishning zarurligi va ahamiyatini
xalq deputatlari e'tiboriga havola qilgan edi: “Parlamentimiz Oliy Majlisning
inson huquqlari va erkinligini himoya qilish, uni amalga oshirish, unga kafolat
berish borasidagi ta'siri hususida so’z yuritar ekanmiz, qator demokratik
mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, Oliy Majlis tarkibida inson huquqlari
masalasi bilan shug’ullanuvchi vakillik tashkil etilsa, maqsadga muvofiq bo’lar
edi, deb oylayman. Bu oliy qonunchilik organimiz maqomiga mos keladi,
muhimi, u jamiyatimizda inson huquqlari muammosini hal etishni sifatini yangi
jihatdan darajaga ko’tarishga xizmat qiladi”.
IV slayd
56
5-ilova
«Muloqot» texnologiyasi
«Muloqot»
texnologiyasida
talaba
(yoki
o'quvchi)larning
dars
jarayonida mustaqil fikrlashga, o'z fikrlarini erkin bayon etishga hamda
ularda
bahslashish
madaniyatini
tarbiyalashga
qaratilgan
bo'lib,
odatda
bunday mashg'ulot talaba (yoki o'quvchi)arni kichik guruhlarga ajratgan
holda o'tkaziladi.
Texnologiyaning
maqsadi.
Tanlangan
mavzu,
muammo
asosida
talaba (yoki o'quvchi)larning fikrlarini hamda ushbu mavzuga bo'lgan
munosabatlarini aniqlash, mustaqil holda umumiy bir fikrga kelishlariga
va
to'g'ri
xulosa
chiqarishlariga
yordam
berish,
erkin
holda
bahslashishlariga
sharoit
yaratish,
muloqotga
kirish
va
muloqot
qila
olishga o'rgatish.
Texnologiyaning
qo'llanishi.
Amaliy,
laboratoriya,
fakultativ
mashg'ulotlarda
va
darsdan
tashqari
vaqtda
o'tkaziladigan
tarbiyaviy
soatlarda qo'llanishi mumkin bo'lib, mashg'ulot jamoa va kichik guruh
shaklida o'quv auditoriyasida yoki tabiat qo'ynida o'tkazilishi mumkin.
Mashg'ulotda foydalaniladngan vositalar. Vatman qog'ozi, flomaster,
markerlar.
Mashg'ulotni o'tkazish tartibi:
-
o'qituvchi
mashg'ulotni
boshlashdan
avval
talaba
(yoki
o'quvchi)larni
muloqot,
bahs-munozarani
o'tkazishga
qo'yilgan
talablar,
qoidalar
bilan
tanishtiradi,
so'ngra
ushbu
darsning
bosqichma-bosqich
o'tkazilishini tushuntiradi;
- o'qituvchi talaba (yoki o'quvchi)larni mavzu yo'nalishlari bo'yicha
guruhlarga ajratadi;
- har bir kichik guruh jamoasi o'z yo'nalishi bo'yicha tayyorgarlik
boshlaydi: boshqa kichik guruhlar bilan muloqotga kirisha olishi uchun o'z
yo'nalishi bo'yicha turli materiallar, ko'rgazmali qurollar, turli rivoyat,
olim va mutafakkirlarning fikrlari va boshqalarni tayyorlaydi;
57
- kichik guruhlar o'rtasida asosiy mavzu va uning yo'nalishlari
bo'yicha muloqot boshlanadi;
- o'qituvchi guruhlarning fikrlarini maqsadli yo'naltirib boradi va
asosiy mavzu kichik guruhlar tomonidan yoritilgach, u aytilgan fikrlarga
o'zining munosabatini bildirgan holda muloqotni yakunlaydi.
6-ilova
GURUH
LAR
1-
guruh
Inson
huquqlari va
erkinliklarini
himoya qilish
zarurati haqida
nimalar
bilasiz?
2-guruh
Demokratik
jamiyat qurishda
inson huquqlari
va erkinliklarini
kafolatlashning
o’rni haqidagi
fikrlaringiz.
3-guruh
Inson huquqlari
boyicha
mamlakatda
amalga
oshirilgan ishlar
haqida
ma’lumotlar
bering.
4-guruh
O’zbekistonda
inson huquqlari
va erkinliklari
boyicha faoliyat
yurituvchi
tashkilotlar
haqida fikr
yuriting.
58
Mavzuni mustahkamlash uchun tushunchalar tahlili metodi.
№
Tushunchalar
Izohi
1
Ombudsman
2
Kafolat
3
Erkinlik
4
Huquq
5
Burch
6
Manfaat
7
Fuqaro
3.2. Mavzuni o’qitish boyicha metodik tavsiyalar
Ushbu qismda biz o'qitish jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan
foydalanish, treninglar, ochiq munozaralar, yakka, juftlikda, kichik guruhlar va
jamoada ishlashni tashkil qilish va o'tkazish hamda o'quvchilar, tinglovchilarni
pedagogik jarayonga tayyorlash masalalariga bag'ishlangan kerakli uslubiy
tavsiyalar va maslahatlarni o'z ichiga olgan.
Hozirgi
kunda
talim
tizimini
yanada
isloh
qilishda
Respublika
maorifchilarining 2007-yil avgust konferensiyasida 2007-2008 o'quv yilida sifat
va samaradorlikka erishish, ta'lim-tarbiya jarayoniga yangi pedagogik
texnologiyalarni aktiv tatbiq etish, yosh kadrlarni yuqori darajada ish bilan
ta'minlash masalalari ustuvor vazifa qilib qo'yildi.
Texnologiya so'zi fanga 1872-yilda kirib keldi. U yunoncha «texos» - hunar,
mahorat va «logos» esa ta'limot yoki fan degan ma'noni beradi. Qisqacha
«mahorat haqidagi fan» ma'nosini anglatadi. Bugungi kunda ayrim kishilar
pedagogik texnologiya – bu faqat axborot texnologiyasi bilan bog'liq, hamda
o'qitish jarayonida qo'llanishi zarur bo'lgan TSO, kompyuter, masofali o'qish, yoki
turli xil texnikalardan foydalanish deb o'ylashadi. Bu to'g'ri emas. Pedagogik
59
texnologiyaning eng asosiy negizi – bu o'qituvchi-trener va talaba-o'quvchilarning
begilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun
tanlangan texnologiyalariga bog'liq
1
. Pedagogik texnologiyaning ko‘p ta’riflari
mavjudligi, bu atamaning standartlashtirilmaganligini inobatga olib, unga nufuzli
tashkilot YuNESKO tomonidan berilgan ta’rifiga murojaat qilish maqsadga
muvofiqdir.
Pedagogik texnologiya bu – texnikaviy va insoniy manbalarni va ularninh
o’zaro bog’liqligini inobatga olib, o’z oldiga ta’lim shakllarini maqbullashtirish
vazifasini qoyadigan, butun o’qitish va bilim olish jarayonini, yaratish, qo’llash va
aniqlash boyicha tizimli qarashdir.
Keltirilgan bu ta’rifdan, pedagogik texnologiyaning – tizimlilik va
samaradorlik kabi majburiy belgilarini alohida ta’kidlash mumkin. Bunga
pedagogik texnologiyaning majburiy tashkil etuvchi belgilarining yana birisi qayta
takrorlanishni qo‘shish lozim bo‘ladi. Yuqoridagilarni e’tiborga olib, pedagogik
texnologiyani
-
maqbullashtirilgan,
unifikatsiyalashtirilgan
va
qayta
takrorlanadigan o‘quv jarayonini yaratish va qo‘llash deb, xarakterlash mumkin.
O’zbekiston Respublikasida inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlovchi
huquqiy mexanizmning yaratilishi mavzusini o’qitishda “Muloqot”, “T-sxema”,
“Blits-so’rov”, “Rezyume”, “Muammo”, “Bahs(debat)lar”, “Zinama-zina”,
“SWOT” tahlil jadvali, “FSMU”, “Aqliy hujum”
2
kabi interfaol metodlardan
foydalanish mumkin. Bu metodlardan foydalanish orqali maqsadga tez va sifatli
erishish mumkin bo’ladi. Biz amaliyot jarayonida O’zDJTU qoshidagi 3-sonli
akademik litseyda ikkita guruhda dasturda belgilangan “Inson huquqlari,
erkinliklari kafolatlarining va saylov tizimining yaratilishi” mavzu bo’yicha dars
o’tdik. O’quvchilar soni ikkala guruhda ham 30 tadan edi.
Birinchi guruhda oddiy ma’ruza, savol-javob metodari orqali an’anaviy dars
o’tdik, ikkinchi guruhda Aqliy hujum, Muloqot texnologiyasi va Tushunchalar
1
Yo'ldoshev J.G'. Usmonova S.A. Pedagogik texnologiyalar asoslari - T., 2004. - 4-b.
2
Tolipov O'.K. Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarning tarkibiy asoslari. - T., 2006. - 13-b.
60
tahlili metodlari yordamida interfaol mashg’ulot o’tkazdik. Buning natijalarini
quyidagi diagrammada ko’rish mumkin:
0
2
4
6
8
10
12
14
16
18
1-guruh
2-guruh
Qoniqarli
Yaxshi
A'lo
Bundan ko’rinib turibdiki zamonaviy interfaol uslullardan foydalanib dars
o’tish dars jarayonidagi samaradorlikni oshiradi.
O’qituvchi va o’quvchi-talabaning maqsaddan natijaga erishishida qanday
texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy
maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan, bunda o’quvchi-talabalarnnng bilim
saviyasi, guruh harakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi,
masalan, natijaga erishish uchun balkim, kompьyuter bilan ishlash lozimdir,
balkim filьm, tarqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot
texnologiyasi kerak bo’lar, bular o’qituvchi va o’quvchi-talabaga bog’liq.
Shu bilan bir qatorda o’qitish jarayonini oldindan loyixalashtirish
zarur, bu
jarayonda o’qituvchi o’quv predmetining o’ziga xos tomonini, joy va sharoitni,
texnik vositalarni, eng asosiysi, o’quvchining imkoniyati va extiyojini hamda
hamkorliqdagi faoliyatni tashkil eta olishini hisobga olishi kerak, shundagina,
kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Qisqa qilib aytganda, o’quvchi-
talabani ta’limning markaziga olib chiqish kerak.
61
XULOSA
O’zbekistonda istiqlolning dastlabki yillaridanoq huquqiy demokratik davlat
hamda
fuqarolik
jamiyati
barpo
etish
bosh
maqsad
qilib
qo’yildi.
Mamalakatimizda o’tgan davr mobaynida ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, tinchlik,
millatlararo totuvlik ta’minlandi. Fuqarolarning qonun oldida tengligini va qonun
ustuvorligini ta’minlovchi huquqiy davlatning shakllantirishning poydevori
qo’yildi.
O’zbekiston Respublikasini demokratik huquqiy davlat sifatida baholashga
barcha asoslar yetarli. O’zbekiston inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash va
himoya qilishning nazariy, qonunchilik, xalqaro huquqiy va konstitutsiyaviy
asoslari yaratildi.
O`zbеkistonning dеmokratik, insonparvar, adolatli fuqarolar jamiyati va
huquqiy davlat qurish yo`lidagi asosiy maqsadi, vazifasi, yo`nalishi inson
huquqlarini himoya qilish va ularni to`la amalga oshirishga qaratilgan. Inson
huquq va erkinliklarini butun choralar bilan rivojlantirish va takomillashtirish
rеspublika hayotining asosiy tamoyillaridandir. Konstitutsiyaviy mustaqil o`zbеk
davlati va fuqarolarning o`zaro munosabatlarini qonuniy ifoda etadi. Haqiqiy xalq
hokimiyati, bozor iqtisodiga o`tish, mulkchilikning yangi shakllari joriy etilishi
jamiyatimizda haqiqiy shaxs ozodligining qaror topishiga olib kеldi.
Yuqoridagilardan kеlib chiqadiki, O`zbеkistonda inson huquqlarini himoya
qilishning birinchidan, qonuniy, ikkinchidan, tashkiliy, uchinchidan, tarbiyaviy va
to`rtinchidan, xalqaro - huquqiy asoslari yaratilgan va bu huquqlar kafolatlarini
davlat o`z zimmasiga olgan.
Yuqoridagilarga tayanadigan bo’lsak, inson huquqlarining jahon miqyosida
rivojlanishini ham o’ziga xos tarixi bor. U o’z navbatida uch katta davrni o’z
ichiga oladi. Bular quyidagilar:
Birinchi bosqich 1789-yilgi Inson va fuqaro huquqlari to’g’risidagi fransuz
deklaratsiyasidan XX asrning boshlari – Birinchi jahon urushigacha bo’lgan davrni
o’z ichiga oladi. Bu bosqichda insonning shaxsiy va siyosiy huquqlari to’g’risida
qonunchilik rivojlangan.
62
Ikkinchi bosqich XX asrning birinchi yarmiga (1914-1950-yillar) to’g’ri
keladi. Bu bosqich ostida insonning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy huquqlari
sotsialistik g’oyalar ta’siri rivojlanganligi bilan ajralib turadi.
Uchinchi bosqich XX asrning ikkinchi yarmidan hozirgi kunlargacha bo’lgan
davrni o’z ichiga oladi. Ushbu bosqichda ba’zan “jamoa huquqlari” deb ham
yuritiladigan inson huquqlarining yangi toifasi ham vujudga keldi.
Inson huquqlari – huquqiy davlatchilikning insoniylik mezonidir. Inson
huquqlarining ta’minlashning realligiga qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyatining
sa’y-harakatlarini
baholovchi,
jamiyatning
axloqiyligini
va
davlatning
maqbulligini ko’rsatib beruvchi alomat sifatida qaralmog’i zarur. Inson himoyasini
ishonchli tarzda ta’minlamay turib, huquqiy davlatchilikning huquq ustuvorligi,
hokimiyatning huquq bilan cheklab qo’yilishi va tiyib turish kabi asosiy
tamoyillarini amalga oshirish mantiqsizdir.
O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklariga oid islohotlar bosqichma-
bosqich amalga oshirib kelinmoqda. Bu islohotlarning yorqin misoli 1997 –
yilning Prezident I.Karimov tomonidan “Inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishi
va bu bilan O`zbеkistonda huquqiy dеmokratik davlat va adolatli fuqarolik
jamiyati qurish stratеgiyasini bеlgilab bеrdi.
O’zbekiston Respublikasi Ombudsman, Inson huquqlari bo‘yicha milliy
markaz, “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi, Amaldagi qonun hujjatlari
monitoringi instituti kabi inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar va boshqa bir
qator tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan institutlar
inson huquqlari boyicha xalqaro andozalar va ilg’or horijiy tajriba asosida tashkil
etilgan bo’lib, doimiy ravishda takomillashtirib borilmoqda.shunday ekan ularning
huquqiy maqomi va faoliyatiga to’xtalish maqsadga muvofiq bo’lsa kerak.
Jamiyatimizda huquqiy munosabatlarning barcha ishtirokchilari, hokimiyat,
huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari, jamoat tashkilotlari, o`z-o`zini
boshqarish organlarining rahbarlari va davlatimizning har bir fuqarosi yuksak
huquqiy madaniyatga ega bo`lsalar, qonuniylikni ta'minlash va inson huquqlari va
manfaatlarini himoya qilish mеxanizmi samarali ishlaydi. Xullas, inson huquqlari
63
va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish jamiyatimizdagi davlat va jamoat
tashkilotlarining, huquqni muhofaza qilish organlarining, har bir mansabdor
shaxsning oldida turgan yuksak vazifasidir.
Biz o`tgan yillar mobaynida inson huquqlarini himoya qilishni sifat jihatdan
yangi pog`onaga ko`tarishga imkon bеruvchi zarur zaminni, poydеvor, barqaror
asosnigina yarata oldik.
Biz yuqoridagilarni o’rganib chiqqan holda quyidagi tavsiyalarni berishni joiz
deb topdik:
1.
O’zbekiston Respublikasida inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashda
ijobiy va samarali natijalarga erishish uchun aholining huquqiy ongi va
madaniyatini oshirish kerak. Zero, fuqarolarning huquqiy madaniyatini
oshirish inson huquqlarining amalda to`la ta'min etilishining muhim
shartidir.
2.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida dasturdagi bu mavzuga oid
darslarni soatini ko’paytirish maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Biz bor sa'y-harakatimiz, amaliy ishlarimiz bilan odamlarni o`z huquq va
erkinliklarini himoya qilinishiga muntazam ishontirib bormog`imiz kеrakki,
islohotlar jarayonida faqat ularning o`zlari faol ishtirok etgan taqdirda, bеlgilangan
maqsadlarga еtish uchun jamiyatning har bir a'zosi astoydil harakat qilgan
taqdirda inson huquqlarini himoya qilishning ko`zlangan maqsadiga erishish
mumkin.
64
Do'stlaringiz bilan baham: |