92
FORMULALAR
20- §.
IV BOB. YUZ VA HAJMLAR
Matematikada ko‘pgina qoidalar harflar yordamida yoziladi. Bunday
holatlarda qoida
formula
bilan ifodalangan deb aytiladi. Shu paytgacha qo‘shish
va ko‘paytirish qonunlarini formulalar bilan ifodalagan edik.
1- misol.
Avtomobil 60 km/soat tezlik bilan 4 soat yurdi. Avtomobil necha km
yo‘l yurgan?
Yechish.
Qoidaga ko‘ra, bosib o‘tilgan yo‘lni
topish uchun tezlik harakat
vaqtiga ko‘pay tiriladi:
Bosib o‘tilgan yo‘l =
Tezlik ·
Vaqt
Unga asoslansak, 60 · 4 = 240 ya’ni avtomobil 240 km yo‘l yurgan.
Endi bosib o‘tilgan yo‘lni tezlik va vaqtga ko‘ra topish formulasini yozamiz.
Buning uchun yo‘lni –
S
, tezlikni –
υ
, vaqtni –
t
harflari bilan belgilasak, quyidagi
formulaga ega bo‘lamiz:
S = υ · t
Biror qoidaning harflar yordamida
yozilgan ifodasiga
formula
deb ataladi.
Masalan, tomonlari
a
va
b
bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak
perimetri quyidagi
formula yordamida ifodalanadi (1- rasm):
P =
2
a +
2
b
Tomoni
a
bo‘lgan kvadratning perimetri esa quyidagi formula yordamida
ifodalanadi (2- rasm):
P =
4
a
Ularning to‘g‘riligini mustaqil tekshirib ko‘ring.
P
=
2
a
+
2
b
P
= 4
a
a
a
a
b
1- rasm
V = 10 dm
3
2- rasm
93
Formulalar ifodasida o‘lchov birliklari yozilmaydi.
Lekin javobni yozayot-
ganda, albatta o‘lchov birliklarini esdan chiqarmaslik kerak.
2- misol.
Poyezd 70 km/soat tezlik bilan harakatlanmoqda. U 350 km
masofani qancha soatda bosib o‘tadi?
Yechish.
S
=
υ
·
t
formuladagi harflar o‘rniga masalada berilgan ma’lum
qiymatlarni qo‘yamiz. Natijada, 350 = 70 ·
t
tenglamani hosil qilamiz. Uni yechib
t
= 350 : 70 yoki
t
= 5 ekanligini topamiz.
Demak, poyezd 350 km masofani 5 soatda bosib o‘tadi.
Masalaning sharti va yechimini daftarga quyidagicha yozish tavsiya etiladi:
Javob:
5 soatda.
t
=
?
t
=
5.
υ
=
70
km/soat
Berilgan:
Yechish:
S
=
350
km
350
=
70 ·
t
,
S =
υ
·
t
,
1. Formula deb nimaga aytiladi? Misollar keltiring.
2. Bosib o‘tilgan yo‘lni topish formulasini yozing. Unda qatnashgan harflar
bilan nima belgilanadi?
3. Bosib o‘tilgan yo‘l va tezlikka ko‘ra vaqt qanday topiladi?
4. Bosib o‘tilgan yo‘l va vaqt berilgan bo‘lsa, tezlik qanday topiladi?
448.
S
=
υ
·
t
formulaga ko‘ra:
a) 986 km/min tezlik bilan 34 minutda;
b) 15 km/soat tezlik bilan 5 soatda bosib o‘tilgan yo‘lni toping.
449.
Bosib o‘tilgan yo‘lni
topish formulasidan foydalanib,
t
– vaqtni toping:
a)
S
= 72 km,
υ
= 12 km/soat; b)
S
= 360 m,
υ
= 90 m/soat.
450.
To‘g‘ri to‘rtburchakning: a) tomonlari
a
= 8 dm,
b
= 12 dm bo‘lsa,
uning
perimetrini; b) perimetri 46 sm va tomonlaridan biri 12 sm bo‘lsa, ikkinchi
tomonini toping.
Do'stlaringiz bilan baham: