9-MA’RUZA. SANOAT PORTLOVCHI MODDALARINI SAQLASH,
ULARNI RO‘YHATGA OLISH VA TARQATISH.
Omborlar tasnifi
Sanoat portlovchi moddalari saqlanadigan ombor deganda yordamchi
inshootlar bilan umumiy chegaralargan hududda joylashgan bir yoki bir nechta
saqlash binolari majmuasi tushuniladi.
Portlovchi moddalarni saqlash muddati bo‘yicha omborlar
quyidagilarga bo‘linadi:
1.Doimiy omborlar– saqlash muddati 3 yildan ko‘p;
2.Vaqtinchalik omborlar– saqlash muddati 3 yilgacha;
3.Qisqa muddatli omborlar– saqlash muddati 1 yilgacha bo‘lgan omborlar.
Portlovchi moddalar saqlanadigan omborlar yer yuzasiga nisbatan
joylashishi bo‘yicha quyidagi sinflarga bo‘linadi:
1. Yer yuzasida joylashgan omborlar
- ombor binosining asosi yer
yuzasida joylashadi;
2. Yarim chuqurlashtirilgan omborlar
– ombor binosining ko‘pi bilan
karnizigacha yer ostida, qolgan qismi esa yer yuzasida joylashadi.
3. Chuqurlashtirilgan omborlar
– omborxona binosi yer ostida joylashib,
bino ustidagi grunt qalinligi 15 m gacha bo‘ladi;
4. Yer osti omborlari
- ombor binosi ustidagi grunt qalinligi 15 m dan
oshadi.
Portlovchi moddalar saqlanadigan omborlar qanday maqsadda qo‘llanilishi
bo‘yicha quyidagi turlarga bo‘linadi:
•
1. Bazis (asosiy) omborlar;
•
2. Sarflovchi omborlar.
Bazis omborlar
Portlovchi moddalar saqlanadigan bazis omborlar sarflovchi omborlarni
portlovchi moddalar bilan ta’minlash uchun xizmat qiladi. Bazis omborlarda
portlovchi moddalar qadog‘ini buzish va ularni portlatuvchiga tarqatish qat’iy
ta’qiqlanadi. Faqatgina katta hajmdagi (ommaviy) portlatish ishlarini olib borish
talab etilganda sarflovchi ombor xodimiga bazis omboridan portlovchi moddalarni
portlatish ishlari bajariladigan joyga olib borishga ruxsat etiladi, bunda ro‘yxatga
olish kitobidagi 1 va 2-shakllar bazis omborida rasmiylashtiriladi. Bazis ombori
binosi
yer
yuzasida joylashgan
,
yarim chuqurlashtirilgan
va
chuqurlashtirilgan
bo‘lishi mumkin. Har bir ombor hududida portlovchi materiallarni sinash uchun
laboratoriya va poligon bo‘lishi shart.
Portlovchi materiallar turiga bog‘liq holda bazis ombori alohida binolarida
quyidagi miqdorlarda portlovchi materiallar saqlanishi mumkin: tarkibida suyuq
nitroefirlar 15% dan ko‘p bo‘lgan portlovchi moddalar – 60 t; ammiak selitrali
portlovchi moddalar, trotil va uning boshqa nitrobirikmalar bilan qorishmalari,
tarkibida suyuq nitroefirlar 15% dan kam bo‘lgan portlovchi moddalar 240 t;
tutaydigan va tutamaydigan porox – 120 t; detonatsiyalovchi shnur va detonatorlar
uchun (idishi bilan birgalikda) – 120 t; portlatgich o‘rnatilgan perforator
snaryadlari uchun (idishi bilan birgalikda) – 120 t; olov o‘tkazuvchi shnur –
cheklanmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |