Сборник научных трудов Международной научно- практической конференции«цифровизация в обучении гуманитарных дисциплин в медицинском высшем образовании»тгси, 5 марта 2022 года



Download 3,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/240
Sana19.04.2022
Hajmi3,83 Mb.
#562946
TuriСборник
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   240
Bog'liq
27.марта ТГСИ .Цифровизация

Regulyativ funktsiyasi
–axloqning asosiy 
funktsiyasi hisoblanadi. Regulyativ funktsiya shaxs, xizmat jamoasi, davlat va jamoat 


401 
institutlari faoliyatini jamiyatda mavjud bo‘lgan axloqiy normalar asosida boshqarib 
turishni anglatadi. Shu maqsadda bir qancha vositalarga tayanadi: axloqiy printsiplar, 
jamoatchilik fikri, axloqiy avtoritet, an’analar, urf-odatlar va hokazo. Axloq nafaqat 
alohida shaxs, balki butun jamiyatning ham hulq-atvorini boshqaradi. 
Aksiologik 
funksiyasi
(baholash) –yuqorida ta’kidlaganimizdek, har qanday axloqiy xatti-harakat 
u yoki bu qadriyatlar sistemasi orqali baholanadi. «Axloqiy-axloqsiz», «yaxshi-
yomon» nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda xatti-harakatlar, munosabatlar, motivlar, 
qarashlar, shaxsiy sifatlar baholanadi. Axloq inson tomonidan qadriyatlarni 
o‘zlashtirish, ularni rivojlantirishni ham nazorat qiladi. 
Informatsion 
(bilish) 
funktsiyasi-axloqiy bilimlar hosil qilishga qaratilgan bo‘lib, axloqiy printsiplar, 
normalar, kodekslar ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar haqidagi informatsiya manbai 
hisoblanadi. Shu bilan birga odatiy va ekstremal vaziyatlarda, konfliktli va tang 
holatlarda axloqiy tanlov masalasiga e’tibor qaratiladi. Demak, axloq olamni, insonni, 
uning mohiyatini, hayotining ma’nosini anglashga yordam beradi. Tarbiyaviy 
funksiyasi–har qanday tarbiya tizimi –bu eng avvalo axloqiy tarbiya tizimi hisoblanadi. 
Axloqiy tarbiya axloqiy norma, odat, an’ana, umumiy xulq-atvor namunalarini aniq 
tashkiliy tizim holiga keltiradi, axloqiy bilimlarni axloqiy ishonch-e’tiqodga 
aylantiradi, konkret vaziyatlarda axloqiy bilim va ishonch-e’tiqodni qo‘llashda ijodiy 
yondashuvga o‘rgatadi. Demak, axloq nafaqat norma va qoidalarga rioya qilishni, balki 
o‘z-o‘zini nazorat qilishga o‘rgatadi. Shu erda, axloqning alohida funktsiyalarini 
ajratish shartli xarakterga ega ekanligini qayd qilish lozim. Chunki real hayotda ular 
bir-biri bilan uyg‘un holda namoyon bo‘ladi. Axloq bir vaqtning o‘zida boshqaradi, 
tarbiyalaydi, yo‘naltiradi va hokazo. Axloqiy bilimlar insoniy munosabatlar va ijtimoiy 
voqelik hodisalarini baholash asosida vujudga keladi. Bu baholashning asosiy 
mezonikishilarning«nima yaxshi-yu nima yomonligi» haqidagi tasavvurlari 
hisoblanadi. Bunday baholash ham jamiyatga, ham alohida shaxsga xosdir. Shu tariqa 
axloqiy qadriyatlardan ijtimoiy va individual tizimlar vujudga keladi. Bu tizimlar bir-
biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, har bir insonda turlicha namoyon bo‘ladi. Shaxs 
faoliyatida ijtimoiy qadriyatlar tizimi ustun bo‘lsa, u ijtimoiy hayotda faol ishtirok 
etadi, uning dunyoqarashida jamoatchilik tamoyili ustun bo‘ladi. Aksincha bo‘lsa, 
inson o‘zining shaxsiy manfaatlarini ustun qo‘yadi, dunyoqarashida individualizm 
printsipi ustun bo‘ladi. Kasb etikasi-har bir kasb-hunarga xos axloqiy norma, printsip 
va sifatlarni o‘rganadi va hayotga tatbiq etadi. Axloqiy tarbiya nazariyasi-axloqning 
jamiyat talabi, ehtiyoji va manfaatlaridan kelib chiqqan holda uni hayotga tadbiq 
etishning vosita va uslublarini o‘rganadi. Etika‖ning tarkibiy qismlari (sohalari) uzviy 
bog‘liqlikda bo‘lib, bir-birini taqozo etadi va to‘ldirib turadi. Etika‖ boshqa ijtimoiy-
falsafiy fanlar tizimida o‘ziga xos o‘ringa ega. Etikaning Estetika‖ bilan munosabati 
ayniqsa o‘ziga xos. Chunki inson biror bir faoliyatni amalga oshirar ekan, muayyan 
nuqtai nazar, yaxshilik yoki yomonlik (axloq) va go‘zallik yoki xunuklik (nafosat) 


402 
nuqtai nazaridan ish ko‘radi. Ya’ni ichki go‘zallik va tashqi go‘zallik uyg‘unligiga 
e’tibor qaratadi. Shu bilan birga, san’at estetikaning asosiy tadqiqot ob’yektlaridan 
hisoblanadi. Har bir san’at asarida axloqiy –tarbiyaviy jihatdan muhim bo‘lgan 
g‘oyalar ilgari suriladi va san’atkor badiiy obrazlar orqali axloqiy ideallarni yaratadi. 
Axloqiy talablar umumiy bo‘lishiga qaramay, ba’zi bir kasbiy faoliyatlarni olib 
borishda alohida xulq-atvor normalari vujudga kelmoqda. 
Masalan, tibbiyot xodimi o‘z amaliyotidagi qiyinchiliklarga qaramasdan, 
insonning jismoniy va ma’naviy sog‘lig‘ uchun kurashishi kerak bo‘lsa, bunda o‘zini 
ham ayamasligi lozim. Tibbiyot etikasi doirasiga kasallikni oshkora qilmaslik, hayot 
uchun muhim bo‘lgan organlarni transplantatsiya qilish sharoitlarini ta’minlash, 
genetik nazorat tajribalarini o‘tkazish kabi masalalar kiradi.
Huquq vakillaridan kasb etikasida sodiqlik, hammaning qonun oldida teng 
ekanligi tamoyiligi rioya qilishni talab qiladi. 
Xizmat ko‘rsatish sohasida esa, avvalambor, muomala madaniyati, mijozlarning 
ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan diqqat-e’tiborga bog‘liqdir. 
Hammamiz mijoz sifatida kichik do‘kon yoki supermarket, qimmatbaho restoran 
yoki kichik kafe, kinoteatr yoki sartaroshxonalarga kirib turamiz. Va xizmat qiluvchi 
shaxslarning qanday munosabatda bo‘lishlarini, nozik bir tarzda sezib turamiz. Bir 
joyda savdo xodimi kulib turib muomala qilsa, boshqqa joyda uning qo‘pollik bilan 
javob berishining guvohi bo‘lamiz. 
Vijdon haqida gapirganda, har bir xizmat ko‘rsatuvchi soha xodimi quyidagi 
axloqiy qadriyatlarga ega bo‘lishi lozim: 
- to‘g‘rilik, nazokat, vazminlik; 
- xushmuomalalik, xushfe’llik; 
- iltifoq; 
- g‘amxo‘rlik; 
- rostgo‘ylik, to‘g‘rilik va h.k. 
To‘g‘rilik- odamlar bilan odob - axloq asosiga qurilgan munosabatni, 
xushfe’llikni, to‘g‘rilik esa har qanday vaziyatda o‘zini tuta bilishni anglatadi. 
Xushmuomalalik- xulq - atvorning kundalik xususiyati bo‘lib, odamlarni hurmat 
qilishni anglatuvchi axloqiy qadriyatdir. 
Xushmuomalalik - bu xulq madaniyatining elementar talabi, odamlar bilan mehr 
- oqibat asosida qurilgan muloqotning sharti, har qanday kishiga, agar u yordamga 
muhtoj bo‘lsa, yordam qo‘lini cho‘zish, nazokat doirasida ko‘zga tashlanadigan 
xislatlardir. 
Xushmuomalalik - mehmonxona xodimlarining madaniyatliligi haqida dalolat 
beradigan eng muhim xislatlardan biridir. 
Kamtarlik - yutuqlarini pesh qilmaslik, manmanlikdan xoli bo‘lish, vazminlikni 
bildiradigan sifatdir. Shu bilan birga, o‘ta kamtarlik ham manmanlikka kiradi. 


403 
Iste’dodli odam o‘z iste’dodini yashirsa ham, iste’dodi ko‘rinib turadi. Kamtarlik 
tortinchoqlik degani emas. Tortinchoq odam o‘zini yetarli darajada baholay olmaydi. 
Bunday odamlarni tez-tez maqtab turish, ularga dadillik beradi, o‘ziga bo‘lgan 
ishonchini oshiradi. 
Bu va boshqa axloqiy sifatlar odamlar bilan bo‘lgan munosabatlaringizning 
azloqiy xarakterini shakllantirishi va ish joyingizdagi xatti-harakatlaringizni aniqlab 
berishi lozim. Kasbiy etikaning asosiy maqsadi shundan iborat. 
Ishbilarmon 
odamlarning 
etik 
tamoyillari 
va 
me’yorlari. 

Download 3,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish