OILADA FARZAND TARBIYASIDA AYOLNING OʻRNI
Raxmanova Muqaddas Qaxramonovna,
Toshkent viloyati ChDPI p.f.f.d.(PhD)
Одилов Охунжон,
323
TVCHDPI 2 -kurs talabasi
+99891 226 92 25
Annotasiya:
Mazkur maqolada oilada ota-ona va bolaning o’zaro
munosabatlarida onanig o’rni katta ekanligi haqida so’z boradi. Maqolada bola
tarbiyasida yo’lboshchimiz fikrlari keltirilgan.
Kalit so’zlar:
oila,qadriyat, urf-odatlar, bola shaxsi, munosabat, milliy stereotib,
qarashlar, bola hulqi.
Аннотация в данной статье рассматривается важная роль матери во
взаимоотношениях родителя и ребенка в семье. В этой статье дается краткий
обзор воспитания детей.
Ключевые слова: семья, ценности, обычаи, личность ребенка, отношение,
национальные стереотипы, взгляды, поведение ребенка.
Abstract
This article discusses the important role of the mother in the relationship
between parent and child in the family. This article gives you a brief overview on
parenting
Keywords:
family, values, customs, child personality, attitude, national
stereotypes, views, child behavior.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yoshlarimizning
mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma`naviy salohiyatga ega bo`lib, dunyo
miqyosida o`z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo`sh kelmaydigan insonlar bo`lib
kamol topishi, baxtli bo`lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va
imkoniyatlarini safarbar etamiz”, – degan fikrlari yosh avlodni milliy qadriyatlar
asosida yetuk, barkamol etib tarbiyalashda barchamizga kuch-g`ayrat bag`ishlamoqda.
Oilada milliy qadriyatlar tizimida komil inson, oila ma`naviyati, oilaga muqaddas va
ma`suliytli munosabat, oilani e`zozlash, nikohni ulug`lash va uni oila kafolati sifatida
tan olish, sadoqat, ma`naviy barkamollik va yetuklik, islomiy axloq me`yorlari,
muloqot madaniyati, mehru-muhabbat, adolat, insonparvarlik, to`g`rilik, samimiylik,
saxovat, bag`rikenglik, sadoqat, ilmli bo`lish, rostgo`ylik, bardoshlilik, xushxulqlilik,
shukr, hayo, halimlik, viqor, rahm-shafqat kabi xislatlar islom madaniyati orqali
tarbiyalanib, inson ma`naviyatining sarchashmasi hisoblangan. Shu bois, yoshlar
tafakkurini shakllantirishda diniy omil, diniy e`tiqod tolerantlik asosida shakllantirilib,
jamiyat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etgan.
Ushbu maqolada oilada farzand tarbiyasida ayolning oʻrni va roli haqida fikr va
mulohazalar berilgan. Uzoq oʻtmishdan ham ma’lumki, sogʻlom turmush tarzining
mustahkam tayanchi bu oila, oilaviy hayot bo’lib sanalgan. Sharq xalqlarida oilaviy
324
hayot muhim hisoblanib, oila sha’niga muqaddas deb qaralgan. Oilaning har bir
a’zosining oʻziga xos vazifasi va mas’uliyati bor. Shu jumladan, oilaning mustahkam,
farzandlarning barkamol inson boʻlib voyaga yetishida ayolning, onaning tutgan oʻrni
beqiyosdir. Sogʻlom onadangina sogʻlom farzand tugʻiladi. Shu sababli, avvalo,
qizlarni turmushga berishda ularning har tomonlama turmushga tayyorligini hisobga
olish, oilaviy hayotning mustahkam bo’lishining juda muhim omilidir. Bu
tayyorgarlikning bosh sharti qiz bola oʻrta maxsus ta’limni, litsey yoki biror kasb-hunar
kollejini bitirishidir.
Bu borada Prezidentimizning quyidagi fikrlari juda asoslidir: “Qiz bola kollejni
bitirmasidan, hunar egallamasidan kimki turmushga bermoqchi boʻlsa, bilib
qoʻyinglar, men bunga mutlaqo qarshiman. Qiz bola, avvalo, kasb egallasin, oʻz fikriga
ega boʻlsin, hayotni anglasin. Shundan keyin u hayotda oʻz oʻrnini topadi, yoʻlini
yoʻqotmaydi.” Haqiqatdan ham, akademik lisey yoki kasb- hunar kollejini bitirgan qiz
oʻn sakkiz yoshga kiradi, bu paytda u jismoniy jihatdan ham balogʻatga yetadi, ham
biror bir kasb yoki hunarning egasi boʻladi. Bu ertaga uning oilaviy sharoitga koʻnika
olishi, kelinlik va onalik vazifalarini toʻla bajara olishiga koʻmakchi boʻladi. Sogʻlom
bolani dunyoga keltirishning yana bir muhim shartlaridan biri yaqin qarindoshlar
oʻrtasida nikohga yoʻl qoʻymaslikdir. Ayrim hollarda, juda yaqin qarindoshlar,
masalan, opa-singillar, aka-singillar “uzilishib ketmaylik” degan bahona bilan quda
boʻladilar. Bu holatda farzandlar bir- biriga yaqin genlarning uchrashuvi natijasida turli
irsiy kasalliklar bilan tugʻilishi mumkin.
Ba’zan, “mana farzandlari soppa sogʻlom tugʻildiku” degan e’tirozli fikrlarni ham
eshitib qolamiz. Ammo unutmaslik zarurki, bu genlar yashirin holatda saqlanib qolib,
keyingi avlodlarda yuzaga chiqishi ham mumkin. Oilada farzandlarga toʻgʻri tarbiya
berish, ularni har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalashda ota bilan bir vaqtda
onaning ham mas’uliyati kattadir. Farzand tarbiyasida mehr, muloyimlik,
qattiqqoʻllikning ham me’yori boʻlishi zarur. Bir kuni Abu Ali ibn Sinoning oldiga
yosh ota- ona kelib “farzandimiz uch oylik boʻldi, uning tarbiyasiga qachon
kirishganimiz maqul” deb soʻraydilar. Shunda ulugʻ mutafakkirimiz “Uch oyga
kechikibsizlar” deb javob bergan ekanlar. Bundan shunday hissa kelib chiqadiki,
farzand tarbiyasiga u hali ona qornidaliginoq kirishish zarur ekan.
Hozirgi kunga kelib, ayol nafaqat farzand tarbiyasi va oila yumushlari bilan
mashgʻul, balki jamiyatning barcha jabhalarida erkaklar bilan bir qatorda mehnat qilib
kelmoqda, barcha siyosiy va ijtimoiy jarayonlarda faol ishtirok etmoqda. Bugungi
kunda ayol- rahbar, ayol- oʻqituvchi, ayol- shifokor, ayol- sportchi, ayol-san’atkor,
ayol tadbirkor, xullas, hamma sohada xotin- qizlarimiz yetakchi, faol ishtirokchi boʻlib
kelmoqda. Mamlakatimizda ayolni ulugʻlash, unga hurmat- ehtirom koʻrsatish,
munosib hayot sharoitini yaratish, ogʻirini yengil qilish davlatimiz siyosatining muhim
yoʻnalishlaridan biriga aylangan. Shu jumladan, muhtaram Yurtboshimiz tomonidan
325
mazkur yilning “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligi yili” deb e’lon
qilinishida ham katta ma’no bor. Zero, jamiyat hayotining turli jabhalarini
rivojlantirishda, Vatanimizning jahon hamjamiyatidagi obroʻ - e’tiborini
yuksaltirishda, oʻsib kelayotgan yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar
ruhida kamol toptirishda xotin- qizlarning ham munosib hissasi bor. Azal- azaldan
Sharq xalqlarida ayol, ona siymosi ulugʻlanib, e’zozlanib kelingan.
Buning isbotini xalq ogʻzaki ijodi hisoblanmish dostonlar, rivoyatlar, maqollarda
ham koʻrish mumkin. “Jannat onalar oyogʻi ostidadir” deyiladi hadisu shariflarda.
“Onangni kiftingda tutsang, singlingni boshingda koʻtar” degan maqolda ham bir olam
ma’no bor. Yana aytiladiki, gurkirab oʻsib yotgan bugʻdoyzorni bosib, yoʻlni
qisqartirish maqsadida kesib oʻtish uchun faqatgina singlisining (opasining) holidan
xabar olish uchun borayotgan akagagina (ukagagina) ruxsat berilar ekan. Ayol bor
ekan, goʻzallik bor. Ayol bor ekan, obodlik, orastalik bor. Ayol bor ekan, oʻsish-
ulgʻayish bor. Sogʻlom onadan sogʻlom farzand dunyoga keladi. Ayoli aqlli,
oʻqimishli, ma’naviyatli, tadbirkor boʻlgan oiladan qut- baraka arimaydi, bunday ayol
tarbiyalagan farzandlar har tomonlama yetuk, solih, kelgusida yurti, vatani uchun
munosib xizmat qiladigan chin ma’nodagi barkamol shaxs boʻlib yetishadi. Tabiat bor
goʻzalligi, sehri, jozibasini ayol timsolidan ayamagan. Ayol zoti oʻz latofati, nafosati,
sadoqati, onalik mehri, muhabbati bilan chinakam mo’jizadir. Bu mo’jizani asrash,
avaylash, parvarishlash zarur. Zero, prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “Ayol goʻzal
boʻlsa- olam goʻzal, ayol baxtli boʻlsa- oila, butun jamiyat baxtli boʻladi.” Ayol bor
ekan, olam munavvar, ayol bor ekan, bu dunyoda goʻzallik, ezgulik, mehr va muhabbat
tuygʻulari aslo yoʻqolmagay.
Demak, moddiy va ma`naviy qadriyatlar o`z-o`zicha, bo`shliqda paydo
bo`lmaydi. U muayyan qonuniyatlar asosida xalq, millat va elatlarning ozodligi, baxt-
saodati, ravnaqi, istiqlolu-istiqboli yo`lida jon fido qilgan ona Vatanning komil
farzandlari tomonidan yaratiladi va kelgusida shaxsning ma`naviy kamolotiga xizmat
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |