40
Физикавий (Physical)
darajasi (Network
Interface)
tashkil etuvchi protokollar
1.16 – jadval . TCP/IP ko‘p darajali arxitekturasi
Ko‘p yillar davomida turli mamlakatlar va tashkilotlarda TCP/IP stekning ishlatilishi
natijasida u ko‘p protokol va amaliy darajadagi xizmatlarni to‘ladi. Ularga quyidagi
bayonnomalar – FTP (File Transfer Protocol) – fayllarni nusxalash bayonnomasi, SMTP (Simple
Mail Transfer Protocol) elektron
pochta uzatish bayonnoma, HTTP (Hypertext Transfer
Protocol) gipermatn axborotni uzatuvchi bayonnomalar kiradi.
Transport daraja – asosiy daraja bo‘lib, yuqori darajaga ikki xil servisni taqdim etadi:
Kafolatli yetkazish – ya’ni uzatishni boshqarish bayonnomasi (Transfer Countrol Protocol,
TCP).
«Imkoniyat bo‘yicha» yetkazish («best effort») foydalanuvchilar deytogramm
bayonnomi. Ma’lumotlarni ishonchli yetkazish uchun TCP bayonnoma logik ulashni o‘rnatish,
ya’ni paketlarni tartiblash, ularni kvitansiyalar
bilan qabul qilish, yo‘qolib qolish sholatlarida
uzatishni tashkil etish va amaliy darajaga paketlarni qanday tartibda yuborilgan bo‘lsa, shunday
tartibda uzatilishini yetkazishni amalga oshiradi TCP tarmoq tarkibiga kirgan kompyuterdan
axborot oqimini xatosiz boshqa kompyuterga uzatish imkoniyatiga ega. TCP bayt oqimini
segmentlarga bo‘ladi va ularni quyi tarmoqlararo xarakat darajalarga uzatish, bu segmentlar quyi
daraja vositalari yordamida vazifasini belgilash punktiga yetkazgandan so‘ng, TCP bayonnoma
yana ularni uzluksiz baytlar oqimiga yi\adi (to‘playdi) UDP–bayonnoma oddiy deytogramm
bayonnomasi bo‘lib, ma’lumotlarni ishonchli uzatish yoki umuman qo‘yilmagan yoki yuqoriroq
daraja vositalari bilan bajariladigan bayonnoma sholatlar uchun ishlatiladi. TCP va UDPlarning
vazifasiga amaliy darajaga va tarmoqlar o‘rtasidagi o‘zaro xarakat darajalari orasidagi zvenolarni
bo\lovchi rolini bajarish kiradi.
Tarmoqlararo o‘zaro xarakat daraja bayonnoma IP (Internet Protocol) bo‘lib, u
tarmoqchalar
orasida paketlarni uzatish, ya’ni bir chegara marshrutizatoridan paket vazifani
belgilash tarmo\iga kelib tushmaguncha uni xarakatlantirib boshqa marshrutizatorga uzatish
vazifasini bajaradi. IP – deytagramm bayonnoma bo‘lib, o‘rnatilmagan ulanish «Imkoniyat
bo‘yicha» tamoyil bo‘yicha ishlaydi. Bu tamoyil paketni vazifali tarmoqgacha yetkazish
javobgarligini o‘ziga olmaydi.
RIP (Routing Internet Protocol) va OSPF (Open Shortest First) bayonnomalari sham
tarmoqlararo xarakat darajalariga taaluqli bo‘lib, marshrutlash jadvallarini
va jadvallarini
41
modifikatsiyalarini tuzish uchun ishlatiladi.
Tarmoq interfeyslar daraja TCP/IP stek arxitekturasining ko‘p darajali steklarni tashkil etishdagi
farqi eng quyi daraja vazifalarini interpretatsiya qiluvchi tarmoq interfeyslar darajasidir. TCP/IP
stekining quyi darajasining vazifasi oddiy bo‘lib, u faqat tarmoqcha texnologiyalarining xususiy
interfeyslarini tashkil uchun javob beradi. IP paketning siljishi ketma-ket «sakrash» ko‘rinishida
berilib, bir shlyuzadan ikkinchi shlyuzaga o‘tadi. Tarmoqlararo darajadagi bayonnoma shlyuz
marshruti bo‘yicha keyingi tarmoq adresini aniqlaydi. Tarmoq interfeyslar darajasi barcha
ommabop fizika va kanal darajasidagi Ethernet, Token Ring, FDDI,
Fast Ethernet, Gigabit
Ethernet texnologiyalarini, global tarmoq uchun «nuqta–nuqta» ulash SLIP va PPP
bayonnomalari va X.25, frame relay kommutatsiyalangan paketi xududiy tarmoq
bayonnomalarni quvvatlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: