Nazorat uchun savollar:
1.
Qurilish qorishmalarini ishlatishda qanday iqtisodiy samaraga erishiladi?
2.
Qurilish qorishmalarini ishlab chiqarishda atrof-muhitni muhofaza
qilishga qanday ahamiyat berilmoqda?
3.8. Maxsus qorishma turi. Maxsus betonlar tarkibini hisoblash
Ruda qazib olingan tog‘ bo‘shliqlarini to‘ldirishda ishlatiladigan
to‘lg‘azuvchi qorishmalar
Yurtimizda konlarda yopiq qazish ishlarining ortib borishi bilan birga hosil
bo‘ladigan bo‘shliqlarni to‘lg‘azish uchun qorishmalarni ishlab chiqarishda resurs
tejamkor texnologiyalarni samarali qo‘llashning salmog‘i tobora ortib bormoqda.
AQSh, Germaniya, Yaponiya, Xitoy, Rossiya kabi mamlakatlarda ruda qazib
173
olingan tog‘ bo‘shliqlarini to‘ldirishda ishlatiladigan to‘lg‘azuvchi qorishmalar
ishlab chiqarishda tog‘-kon qazib olish, yoqilg‘i-energetika, kimyo va
metallurgiya sanoati chiqindilari va ikkilamchi mahsulotlaridan keng
foydalanish, tog‘ konlarining mustahkamlik va ustivorligini ta'minlash muhim
ahamiyat kasb etmoqda.
XX-asrning 30-yillarida Kanada va Finlyandiya ruda konlarida
granullangan metallurgiya toshqoli va boyitish chiqindilari asosidagi
to‘lg‘azuvchi qorishma ishlatilgan, oradan 3-6 oy o‘tib past mustahkamlikdagi
beton xossalariga mos kelgan o‘zi qotuvchi to‘lg‘azuvchi material olingan.
Rossiyada to‘lg‘azuvchi qorishmadan 1937 yilda ko‘mir qazib olish konlarida
foydalanilgan. Bog‘lovchi sifatida M300 markali sement 250-280 kg/m
3
miqdorda, to‘ldiruvchi sifatida qum va kuygan chuqurlik jinslari ishlatilgan.
Natijada ko‘mir yo‘qotilishi sezilarli kamaygan, mehnat unumdorligi ortgan.
«Outokumpu» (Finlyandiya) mis-rux ruda konida yuzaga kelgan tog‘
bo‘shliqlarini to‘ldirishda to‘lg‘azuvchi material sifatida bo‘sh jinslar asosidagi
beton ishlatiladi, uning tarkibini boyitish fabrikasi toshqoli, elangan qum, shag‘al
va sement tashkil etadi. 1m
3
beton tarkibida sement sarfi o‘rtacha 125 kg ni, suv-
sement nisbati 2-2,5, uch oydan so‘ng haqiqiy mustahkamligi 3,0 MPa ni tashkil
etdi. Past mustahkamlikdagi qorishmani ishlatish orqali rudani yuqori sur'atda (95
% gacha) qazib olish imkonini bergan, hamda tog‘ni nurashi va yuqori qavatning
buzilishi oldi olingan.
«Sevuralboksitruda» (Rossiya) shaxtalarida to‘lg‘azuvchi qorishmalarni
ishlatish 1973 yildan boshlangan. To‘lg‘azuvchi qorishma sement va
granullangan domna toshqollaridan iborat murakkab bog‘lovchidan, to‘ldiruvchi
sifatida maydalangan ohaktoshdan tashkil topgan, bunda toshqol sarfi 300 kg/m
3
,
ohaktosh asosidagi chaqiq tosh 1420-1540 kg/m
3
, M400 portlandsement 50 dan
200 kg/m
3
gacha va suv 400 l/m
3
bo‘lib, qotgan qorishmaning mustahkamligi
sement sarfiga mos holatda 0,75-4,5 MPa ni tashkil etgan.
«Kosako» (Yaponiya) ruda konida yuqoridan pastga qarab qatlamli qazish
ishlarida temir-betondan iborat suniy tomdan foydalaniladi.
174
Konga kirish yer qatlami ustiga armatura va 50x50 mm katakchali sim to‘r
qo‘yib chiqiladi, so‘ngra tarkibi boyitish chiqindisi, domna toshqoli va sement
1:1:0,6 nisbatda olingan va tayyorlangan qorishma quyiladi. Beton qavatining
qalinligi 0,5 m ni tashkil etadi. Qolgan tog‘ bo‘shlig‘i domna toshqoli va boyitish
chiqindisi (1:1 nisbat) bilan to‘ldiriladi. Bunday murakkab texnologiyani qo‘llash
orqali suniy massivning yoriqbardoshliligi va turg‘unligi ortadi, natijada yuqori
metall tarkibli rudani to‘liq qazib olish imkonini beradi.
Rossiyada to‘lg‘azuvchi qorishma birinchi bor Noril tog‘-metallurgiya
kombinatida ishlatilgan, bunda barcha komponentlarni zichligi 1800-1900 kg/m
3
bo‘lgan bir jinsli aralashma holatiga kelguncha sharli tegirmonlarda tuyib olingan.
Kombinatda murakkab bog‘lovchi sifatida sement va granullangan domna
toshqoli, to‘ldiruvchi sifatida tabiiy yirik donadorli qum va flotatsiya chiqindilari
ishlatilgan. 1 m
3
qorishmada to‘ldiruvchi sifatida chaqiq tosh va nikel ishlab
chiqarish korxonasining granullangan toshqoli ishlatilib, sement sarfi 50-160 kg
ni va angidrit sarfi 300-400 kg ni, to‘lg‘azuvchi massivning mustahkamligi 2-10
MPa ni tashkil etadi. To‘lg‘azuvchi qorishmalar O‘zbekistonda ilk bor o‘tgan
asrning 90-yillarida Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinatida qo‘llanila boshlandi.
Bu qorishmalardan mis, oltin va boshqa rangli metallarni qazib olish jarayonida
tog‘larda yuzaga kelgan bo‘shliqlarni to‘ldirish, rudalarni qazib olishda mehnat
unumdorligini oshirish va tog‘ massivlarini mustahkamlash maqsadida
foydalanilgan. Qorishma tarkibida bog‘lovchi sifatida portlandsement va
shlakoportlandsement, to‘ldiruvchi sifatida tabiiy qum va chaqiq tosh ishlatilgan.
Bog‘lovchilar sarfi 1m
3
qorishma uchun 150-200 kg ni, to‘ldiruvchilar 1000-1200
kg ni tashkil etgan. Qotgan to‘lg‘azuvchi massivning mustahkamligi 2-4,8 MPa
ni tashkil etgan.
Maxsus qorishma turi bo‘lgan to‘lg‘azuvchi qorishmalar ustida ko‘plab
ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Uni qo‘llash orqali tog‘-kon ishlari sifati
va samaradorligini oshirish imkoniyati yuzaga keladi.
175
Do'stlaringiz bilan baham: |