Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


-§.Xitoy tili darsi va uni rejalashtirish



Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/116
Sana18.04.2022
Hajmi2,82 Mb.
#561492
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   116
Bog'liq
fayl 2067 20211105

 
6.5-§.Xitoy tili darsi va uni rejalashtirish 
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi:
Zamonaviy dars mohiyatini tushunib 
yetish, ya’ni unga qo‘yiladigan talablarni aniq tasavvur qilish, o‘quv til 
materialini tahlil etish, mashqlar ketma-ketligini topish, darsda ishlatiladigan 
jihozlarni tanlash, muallim amal qiladigan ta’limiy harakatlarni va o‘quvchilar 
ko‘nikma hamda malakalar egallashida kutiladigan xatti-harakatlarni oldindan 
ko‘ra olish, darsning va mavzu rejalarini ishlab chiqish kabi vazifalarni o‘rgatish. 
 
Tayanch so‘z va iboralar:
o‘quv yili, o‘quv choragi, mashg‘ulot, chet til 
darsi, darsning maqsadi, ichki turtki (motivatsiya), o‘quv materiali, o‘quvchilar 
tayyorgarligi, dars turlari, darslar tizimi, dars bosqichlari, kalendar reja, mavzuiy 
reja va dars rejasi, konspekt.
 
“Dars” atamasini eshitganda va o‘qiganda, uning maqsadi, turlari, bosqichlari 
va dars rejasi ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi.“O‘qitish jarayoni tushunchasi 
qamroviga muallim va o‘quvchi faoliyati hamda ushbu jarayonning tashkiliy 
shakllari kiradi. Ta’limshunoslikda bu jarayon o‘quv yili, o‘quv choragi, 
dars/mashg‘ulot nomlari bilan ataladi. 
Dars
deganda, o‘quv faoliyatining ayrim 
bir bo‘lagi tushuniladi. Arabcha dars (madrasa-dars o‘tiladigan joy, diniy maktab; 
mudarris—dars beruvchi, muallim; tadris—dars berish/o‘tish kabi so‘zlar bilan 
o‘zakdosh) so‘zlashuv tilida mashg‘ulot, saboq, deb ham yuritiladi. 
Mashg‘ulot
atamasi esa mashq so‘zi bilan bir o‘zaklidir. Mashqlar bajarish mashg‘ulotni 
tashkil etadi. 
Dars majburiy mashg‘ulot sifatida qonunlashtirilgai. Fakultativ mashg‘ulotlar 
darsdan alohida o‘tkaziladigan o‘quv tadbirlaridandir. 
Darsning maqsadi
. Chet til darsi boshqa o‘quv predmetlaridan ikki tarafi, 
ya’ni dars maqsadi va mazmuni bilan farq qiladi. Ushbu predmet darslarida nutq 
o‘rgatiladi. Chet tilda o‘quvchi tayyorlov va nutq mashqlari bajarish bilan band 
bo‘ladi. Chet til darsining asosiy xususiyati uning amaliy, ya’ni nutqiy 
yo‘nalganligidir. Gapirish, tinglab tushunish, o‘qish va yozuvni amalda 


145 
egallaydilar. 
Ta’lim jarayonining tashkil qilinishi bevosita dars maqsadi bilan bog‘liq. 
Yakuniy amaliy maqsad chet til darsining maqsad va vazifalarini belgilovchi 
omildir. Darsda amaliy maqsaddan kelib chiqib, xususiy vazifalar yechiladi. 
Maqsad (vazifa)lar bir darsda birdan uchtagacha bo‘lishi mumkin. 
Maqsad natija bilan bog‘langan, vazifa faoliyat sharoitiga daxldor. Bir 
maqsad bo‘yicha turli vazifalar bo‘lishi mumkin. O‘quv materialininig 
qiyin/osonligi, qiyinchiliklarni yengish usullari, o‘quvchi va muallimning o‘zaro 
birgalikda faoliyat ko‘rsatishlari, o‘quvchining o‘rganishga ichki turtkisi 
singarilar dars vazifasini belgilash shartlaridir. Qiyin material maxsus o‘rganiladi, 
ya’ni unga bevosita tegishli mashqlar bajariladi. O‘quvchi va muallim birga 
harakat qilishi tushunarli. Ichki turtki tahlil talab masaladir. 
Darsga tayyorlanish muallim pedagogik mahoratining shakllanishida katta 
ahamiyatga molik. Darsga tayyor bo‘lish yo‘lida quyidagi tadrijiy metodik 
choralar ko‘riladi: ta’limning maqsadlarini chuqur anglab yetish va dars 
maqsad/vazifalarini aniqlab olish; zamonaviy dars mohiyatini tushunib yetish, 
ya’ni unga qo‘yiladigan talablarni aniq tasavvur qilish; o‘quv til materialini tahlil 
etish; mashqlar ketma-ketligi (ierarxiyasi)ni topish, ya’ni ko‘nikma va 
malakalarni shakllantirish/nazorat yo‘llarini rejalashtirib qo‘yish; darsda 
ishlatiladigan jihozlarni tanlash; muallim amal qiladigan ta’limiy harakatlarni va 
o‘quvchilar ko‘nikma hamda malakalar egallashida kutiladigan xatti-harakatlarni 
oldindan ko‘ra olish; dars turini belgilash; darsning va mavzu rejalarini ishlab 
chiqish
52

Darsga qo‘yiladigan zamonaviy talablar: 1) chet til haqida qoidalar 
(mavhumotlar)ni bayon etish emas, ko‘nikma va malaka hosil qilish darsning 
asosiy maqsadidir; 2) nutq amaliyoti (mashqlar)da kommunikativ yo‘nalishdagi 
nutq jarayoniga taqlid qilinadi; 3) darsda chet til materialini metodik tashkil qilish 
bir butunlik shaklida ro‘yobga chiqadi (nutq namunasi barcha mashqlarda asosiy 
birlik hisoblanadi); 4) har qaysi nutq faoliyati turi o‘ziga mos mashqlar tizimi 
yordamida o‘rgatiladi; 5) darsning yagona yetakchi maqsadi va yordamchi 
maqsadlari bo‘ladi; 6) dars samaradorligi o‘quvchilar faolligi bilan o‘lchanadi; 7) 
darsda nazorat ta’limiy ruhda bo‘ladi; 8) imkon boricha dars chet tilda olib 
boriladi; 9) o‘quv materialining mazmuni, puxta ishlab chiqilgan metodik usullar 
va ko‘rgazmalilik yordamida o‘quvchilarda qiziqish va bilishga intilish 
uyg‘otiladi; 10) dars tarbiyaviy va umumta’limiy vazifa o‘tab, o‘quvchilar 
saviyasini ko‘tarish, bilish maylini kuchaytirish va tarbiyalash ishlariga ulush 
qo‘shadigan tadbirdir; 11) dars jarayonida o‘quvchilarning yoshi va ta’lim 
52
МихайловА. М.. Методические указания по организации стажёрской практики учителя иностранного языка 
общеобразовательной школы.— Ленинабад, 1988, 21- бет; Научно-методическяя деятельность учителя иностранного 
языка и подготовка к ней студентов в педвузе (Методические разработки). Выпуски1 и 2 //Под ред. проф. Г. В. 
Роговой,— М., 1984. 


146 
bosqichi e’tiborga olinadi; 12) chet til darsi nutq faoliyatini egallashda ma’lum til 
materialini qo‘llashning bir pog‘onasidir. 
Mashqlarketma-ketligini ta’minlash. Hozirgacha shakllangan o‘quvchilar 
ko‘nikma va malakalarini hisobga olib, darsda bajariladigan mashqlar tartibotini 
belgilab chiqish yaxshi natija beradi. Taqdim etiladigan va ilgari o‘rganilgan 
o‘quv til materialini ko‘nikma va malaka tarkibiga kiritish niyatida uch bosqichli 
— shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi va takomillashtiruvchi mashqlar tavsiya 
etiladi. Darsning mashqlari talab va materialini muallim sinchiklab tahlil qiladi. 
Darslikdagi va o‘zi beradigan mashqlar bajarilishining eng samarali tartibi ishlab 
chiqiladi. 
Dars uchun jihozlar tanlash. Darsga tayyorgarlik chog‘ida o‘quv vositalarini 
tanlashga alohida e’tibor beriladi. (Ko‘rgazmalilik haqida 8-dars va o‘quv 
vositalarn to‘g‘risida 10, 11-darslarda tanishdik). Dars maqsadiga, yangi 
materialga, mashqlarga va o‘quqchilar saviyasiga qarab yetarli va kerakli jihoz 
tayyorlanadi. Texnikaviy va oddiy, o‘quv-metodik kompleks tarkibidagi va 
qo‘lda yasalgan audiovizual vositalarni ishlatish va ulardan foydalanish usullari 
o‘ylab qo‘yiladi. 
Rejani tuzishda muallif chet til darsiga qo‘yiladigan talablarni hisobga oladi. 
Dars rejasi loyiha tarzida tavsiya etilmoqda, shuning uchun uni “Muallim 
kitobi”dagi tartibot bilan uyg‘unlashtirish kerak bo‘ladi.”
53
Rejaning birinchi sahifasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
... – sinf 
(sana) 
Dars mavzusi ... 
Darsning maqsadi (maqsadlari) ... 
Qo‘shimcha maqsad (maqsadlar) ... 
Tarbiyaviy, ta’limiy, rivojlantiruvchi maqsad ... 
Jihozlash ... 
Darsning borishi:... 
Ko‘rinib turibdiki, dars rejasi ikki qism (kirish va darsning borishi)dan iborat. 
«Sinf» deganda, o‘quv predmetini egallashdagi ma’lum bosqich va 
o‘quvchilarning yoshi tushuniladi. Har ikkala omil o‘quv materiali me’yorini 
belgilash va uni o‘rgatish usullarini qo‘llash va tegishli vositalaridan 
foydalanishda hisobga olinadi. 
Dars o‘tkazish sanasi til ustida ishlash davrini ko‘rsatadi: chorak boshi, oxiri, 
yil oxiri kabilar. Bunga takrorlash, qo‘shimcha qilish, nazorat kabilar 
muvofiqlashtiriladi. Hatto haftaning qaysi kuni ekanligi ham dars rejasiga ta’sir 
qiladi. 
«Mavzu» qismida paragrafning dars-mashg‘uloti yoki nutqiy mavzu (mas. 
Maktab, Uy, Ko‘cha) ko‘rsatiladi. 
53
Jalolov J. Chettilio‘qitishmetodikasi.T.:O‘qituvchi. 2012.-B. 329 


147 
«Darsning maqsadi» bo‘limi odatda «Asosiy amaliy maqsad», ya’ni gapirish, 
tinglab tushunish, o‘qish, yozuv malakalarini o‘stirish tarzida idrok etiladi. 
Qo‘shimcha maqsad amaliy maqsad tarkibida berilsa ham bo‘ladi, unda ko‘nikma 
darajasida til materiali taqdim etiladi. 
Amaliy maqsaddan tashqari chet til o‘qitishning boshqa uchala maqsadi ham 
darsda ro‘yobga chiqariladi. Ularning barchasi har bir darsda ko‘rsatilmasligi ham 
mumkin, chunki hamma darsda bu uchala maqsad bo‘lishi shart emas. 
«Jihoz» masalasiga kelganda, darsning doimiy vositalari (mas. darslik, sinf 
doskasi) hamma vaqt ko‘rsatila bermaydi. Barcha darsda muntazam 
qo‘llanmaydigan, shu dars uchun zarur audiovizual vositalar ko‘rsatiladi, xolos. 
Kirish qismidan tashqari darsning metodik ishlanmasi (rus. razrabotka) sifatida 
«Darsning borishi» nomli asosiy masala yoritiladi. Har bir bajariladigan mashq 
yoki undagi ish turiga dars rejasida vaqt belgilab olinadi. Quyida boshlang‘ich 
sinflar uchun xitoy tilida dars rejasining taxminiy namunasini ko‘rib chiqamiz. 
Dars mavzusi: “Xitoy tilida iyerogliflarni interfaol usullari yordamida 
o‘rgatish”. 
Maqsad: interfaol o‘qitish usullaridan foydalangan holda o‘quvchilarda qiziqish 
va motivatsiyani rivojlantirish orqali xitoy tilini o‘qitish sifatini oshirish. 
Asosiy vazifalar: 
1. Iyeroglif yozuvi qoidalarini ta’minlash. 
2. Imlo chiziqlar, kalitlar, iyerogliflarni takrorlash. 
3. O‘rganilgan belgilarning og'zaki nutqda faollashtirish. 
Umumiy o‘quv vazifalari: 
1. O‘quvchilar e’tiborini, tafakkurini va xotirasini rivojlantirish. 
2. Kognitiv qobiliyat va umumiy ta’lim ko‘nikmalarini shakllantirish. 
3. Xitoy tilini o‘rganishda motivatsiyani saqlab qolish va rivojlantirish. 
Ta’lim vazifalari: 
1. O‘rganilayotgan til mamlakati madaniyatiga hurmatni tarbiyalash. 
2. Hozirgi bosqichda xitoy tilini o‘rganish bo‘yicha darajani oshirish. 
Darsda talabalarni tashkillashtirish: 
1. Individual (Yakka-yakka) ishlash. 
2. Guruhda ishlash. 
Vizual materiallar: 
1. Xususiyatlarga ega kartalar 
2. Iyerogliflarda yozilgan kartalar. 
3. Rangli va rasnli ko‘rgazmali vositalar. 

Download 2,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish